Guruh (Group) va yakka holda (FIT) ga xorijiy turizm. Turistik biznesda
professional (kasb mutaxassis)lar bir-birlarini yarim so‘zda tushunadigan bir qator atamalar mavjud. «FIT» va “Group” atamalari ko‘proq ishlatiladigan atamalar hisoblanadi.
FIT abbreviaturasi Foreiqn Independent Traveler ma’nosini anglatadi.
Tom ma’noda – xorijiy mustaqil sayohatchi, ruschada – yakka turist deb ataladi. U sayohat marshruti va grafigini o‘z xohishiga qarab, o‘zi belgilaydi.
Kompleks xizmat ko‘rsatish (Packaqe tour) guruh turizmi uchun taklif qilingan
qiymatiga qo‘shilgan xizmatlar to‘plami qayd etilgan.
Odatda, turpaket qiymati turpaketga kirgan ayrim xizmatlar qiymati summasidan pastroq. Guruh turpaketi guruh vaucheri bilan rasmiylashtiriladi. Guruh turistlari uning evaziga kompleks xizmat ko‘rsatishlarni oladi. Bunga aviatashish, mehmonxonaga joylashish, restoranda ovqatlanish, ekskursiya xizmatlari va boshqa xizmatlar qo‘shilgan.
Sport turizmi. Sport safarlarining bosh maqsadi – tanlangan sport turi bilan shug‘ullanish. Bunday safarlar faol va passiv holatga bo‘linadi. Faolda qaysidir sport turi bilan shug‘ullanish asosiy o‘rin tutadi. Passivda esa sportga qiziqish masalan musobaqalarga tashrif buyurish-tomosha asosiy maqsaddir.
Sport turizmi. Sport safarlarining bosh maqsadi – tanlangan sport turi bilan shug‘ullanish. Bunday safarlar faol va passiv holatga bo‘linadi. Faolda qaysidir sport turi bilan shug‘ullanish asosiy o‘rin tutadi. Passivda esa sportga qiziqish masalan musobaqalarga tashrif buyurish-tomosha asosiy maqsaddir.
Ekzotik turizm.Bu turizm turi ekzotik mamlakatlarga, Tinch va Atlantika okeanlari orollariga, sayohat bilan yoki g‘ayrioddiy transport vositasida sayohatqilish bilan bog‘liq. Keyingi yillarda o‘zining g‘ayrioddiyligi bilan hayron qoldiruvchi safarlar paydo bo‘ldi. Hozircha eng hayratlisi va o‘ta qimmatligi kosmosga uchishdir. Rossiya kosmik kemasida kosmosga birinchi uchgan turist Denis Titodan so‘ng fazoga sayohat amalga oshadigan orzuga aylandi. Rossiyaning «Bo‘ron» kosmik kemasida bu ekzotik sayohat uchun 100 000 AQSH dollari to‘lab, yaqin yillarda fazoga parvoz qilishi ishtiyoqini bildirganlar ruyxati allaqachon tuzilgan
Ekzotik turizm. Bu turizm turi ekzotik mamlakatlarga, Tinch va Atlantika okeanlari orollariga, sayohat bilan yoki g‘ayrioddiy transport vositasida sayohatqilish bilan bog‘liq. Keyingi yillarda o‘zining g‘ayrioddiyligi bilan hayron qoldiruvchi safarlar paydo bo‘ldi. Hozircha eng hayratlisi va o‘ta qimmatligi kosmosga uchishdir. Rossiya kosmik kemasida kosmosga birinchi uchgan turist Denis Titodan so‘ng fazoga sayohat amalga oshadigan orzuga aylandi. Rossiyaning «Bo‘ron» kosmik kemasida bu ekzotik sayohat uchun 100 000 AQSH dollari to‘lab, yaqin yillarda fazoga parvoz qilishi ishtiyoqini bildirganlar ruyxati allaqachon tuzilgan