Destinatsiya - «Destinatsiya» lotincha so‘zdan kelib chiqqan bo‘lib, turar joy (o‘rin, manzil, makon) ma’nosini anglatadi. Bu atama XX asrning 90-yillarida turizm sohasida keng qo‘llanila boshladi. Xorijiy adabiyotlarda «destinatsiya» tushunchasini aniqlashtirish uchun ikki xil yondoshuv mavjud.
- Birinchi yondoshuvda destinatsiya ma’lum (prof. Leyper tabricha) geografik
- chegaraga ega territoriya sifatida talqin etiladi. Boshqa nuqtai nazardan
- «destinatsiya» - bu turistlar uchun jalb etuvchi geografik territoriya bo‘lib
- hisoblanadi. Ya’ni jalb etuvchi kategoriya birinchi o‘ringa chiqadi. U turli turistik
- guruhlar uchun bir xil bo‘lmasligi mumkin. Misol uchun, turistlar turli yoshda, puli, qiziqishi, chegaralangan bir hududda dam olishi (kemping, otel) sayohat
- maqsadlariga mutlaqo mos kelmasligi mumkin.
- Shunday qilib, destinatsiya (boriladigan manzil) sayohatchilarni vaqtincha
- bo‘lishga jalb qiladi. Chunki u ular yashaydigan mamlakatda bo‘lmagan harakterli
- xususiyatlarga egadir. Bu joylar turizm industriyasi turistlarni joylashtirish,
- ovqatlanishini tashkil qilish, sayr – tomosha va dam olish, sayohlik ehtiyoj tovarlari va suvenirlarni chakana savdosini tashkil qilishga mo‘ljallangan.
- Shunga qaramasdan, har qanday joyni destinatsiyaga kiritib, bo‘lmaydi. Joy
- (hudud) destinatsiya deb atalishi uchun quyidagi asosiy talablarga javob berishi
- kerak.
- Birinchidan turistlarni qabul qilish uchun zarur ma’lum xizmatlar to‘plami
- mavjudligi, bu shunday xizmatlar to‘plami bo‘lishi kerakki, turistga mahsulot taklif qilinganda aytilganidan ziyoda xuddi turist kutayotganiday bo‘lsin. Bunday
- to‘plamga birinchi navbatda quyidagilar kiradi:
- destinatsiya (manzil)ga olib borish va qaytib kelish hozirgi paytda
- tashishda qulay va sifatli transport xizmatiga talab oshmoqda, tashish ko‘paymoqda
- va ularning bajarilishi shart;
- etarli darajada xizmat ko‘rsatiladigan tunash (otellar, kempinglar, dala
- hovlilar va boshqalar mavjudligi) va ovqatlanish (restoranlar, kafe, barlar va boshq.).
- Uchinchidan turistik bozorda mahsulot harakatlanishida zarur vosita
- hisoblangan axborot tizimining mavjudligidir. Bu eng avvalo rezervlashtirish va
- bronlashtirish axborot tizimiga kirish imkoniyatidir.
- Destinatsiya birlamchi va ikkilamchi bo‘lishi mumkin. Birlamchi
- destinatsiyaga o‘zining jalb qilish xususiyatlari bilan mijozni tashrif buyurishga
- chorlaydi. Bundan ko‘zda tutilgan asosiy maqsad – bu qiziqishni ma’lum yetarli uzoq vaqt oraliqda (masalan, bir haftaga) qondirishdan iborat.
- Ikkilamchi destinatsiya (yoki yo‘lda to‘xtash) birinchi destinatsiyaga borish
- yo‘lida to‘xtalmasa bo‘lmaydigan joyni bildiradi. Ikkilamchi destinatsiyani asosiy
- vazifasi turistlarni bir – ikki kunga istaklarini qondirishdan iborat. U bir tomondan
- birinchi destinatsiyaga borishda yo‘lda to‘xtash zarurati, ikkinchi tomondan turist
- uchun diqqatga sazovar joylarni tomosha qilish uchun bir-ikki kunlik sayrtomoshadir.
- Shuning uchun ham ikkilamchi destinatsiya qisqa muddatga turistlarni
- ko‘proq jalb qilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |