Mavzu: tnb-2 apparati Reja: I. Kirish: II. Asosiy qism



Download 4,48 Mb.
bet5/10
Sana01.07.2022
Hajmi4,48 Mb.
#724664
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
TNB-2 uskunasida pishirish

Texnologik sxema bayoni.
Davriy usulda xo'jalik sovuni asosini tayyorlash sxemasi (2-rasm). ly karbonat va kaustik soda eritmalari, osh tuzi va suv o'lchagichlar (7, 3, 4va 7)dan qozonlar (8, 9va 10)ga kelib tushadi. Bu eritmalar sig'imlar (24, 21va 18)da tayyorlanadi va nasoslar (23,20va 19)orqali tegishli o'lchagichlarga uzatiladi. Yog’ kislotalari, sintetik va neft kislotalari omborxonadan sig'imlar (2, 5 va6)ga kelib tushadi va o'z oqimi bilan

2-rasm. Davriy usulda xo'jalik sovuni asosini tayyorlashning texnologik sxemasi.

sovun pishirish qozoniga tushadi. Kanifol bilan Yog’ kislotalari aralashmasi aralashtirgich (15)da tayyorlanadi va nasos (16)yordamida qozonga yuboriladi. (8)va (9)sovun pishirish qozonlarida Yog’li chiqindilarning sifatini yaxshilash jarayoni olib boriladi. Tiniq yadro bu qozonlardan nasos (14)orqali sovun pishirish qozoni (10)ga uzatiladL Sovun osti yelimi va sovun osti ishqori nasos (12)orqali yordamchi qozon (8yoki 9)laming biridan ikkinchisiga uzatiladi. Ayni shu nasos bilan asosiy qozon (10)dagi sovun osti yelimi qayta ishlash uchun qozon (8va 9)ga


beriladi. Qozon (8va 9)lardagi sovun osti ishqori sig'im (13)ga tushadi, bu yerda sovun ajratilgandan keyin, u keyingi ishlov berishga yuboriladi.
Yog’, sintetik va neft kislotalarining karbonatli sovunlanishi va kaustik tugal sovunlanishi bo'sh qozon (10)da yoki tozalangan yadro ishtirokida qozon (9va 10)larda boradi. Tayyor bo'lgan sovun asosi qozon (9va 10)lardan filtr orqali nasos (17)yordamida sovun yig'gich (11)ga uzatiladi, ii yerdan nasos(22)bilan sovitish, quritish va mexanik ishlov berishga jo'natiladi.
Sovun pishirishning bevosita usuli bo‘yicha ikkita ketma-ketlikdagi jarayon o‘tkaziladi: natriy karbonat (Na2CO3) eritmasi bilan karbonatli sovunlash va neytral yog‘ni o‘yuvchi ishqor (NaOH) eritmasi bilan sovunlash (kaustik tugal sovunlash). Karbonatli sovunlashda qozonga, ishchi konsentratsiyasi 28-30% bo‘lgan, natriy
karbonat eritmasining hisoblangan miqdori solinadi, qaynaguncha ochiq bug‘ bilan qizdiriladi va avval qaynoq tabiiy yog‘ kislotalari va yog‘ o‘rnini bosuvchilar, keyin sintetik yog‘ kislotalari beriladi.
Karbonat angidridning ko‘p miqdorda hosil bo‘lishi natijasida, sovunli massani toshishini oldini olish maqsadida kislotalar asta-sekinlik bilan yaxshilab aralashtirib turgan holda beriladi. Teskari tartibda, ya’ni qozonga avval yog‘ kislotalari so‘ngra soda eritmalari solib bo‘lmaydi. Bunday holda nordon sovun hosil bo‘lib qolishi mumkin. Yog‘ kislotalarining neytrallash reaksiyasi issiqlik ajralishi bilan borganligi sababli, reaksiya ketayotgan massani faqatgina jarayonning boshlanishidagina isitiladi. Sovun massasini aralashtirish va karbonat angidridni oson ajralishi uchun qozonga davriy ravishda ochiq bug‘ yoki siqilgan havo berib turiladi. Yog‘li aralashmalar berib bo‘lingandan so‘ng, SO2 to‘liq ajralib chiqishi uchun bir qancha vaqt mobaynida massaga juda kam miqdorda bug‘ berib qaynatib turiladi. Sovunli massaga bug‘ berish to‘xtatilgandan so‘ng, uning hajmi o‘zgarmasligi va yuzasiga pufakchalar chiqmasligi karbonatli sovunlanish tugaganligini bildiradi. Massa tarkibidagi N2CO3 miqdori 0,5% dan ko‘p bo‘lmaganda karbonatli sovunlanish tugagan hisoblanadi. Natriy karbonat konsentratsiyasi ko‘payib ketgan taqdirda massaga (qozonga) hisoblangan holda yog‘ kislotalari qo‘shiladi yoki qo‘shimcha qaynatiladi. Karbonatli massada yog‘ kislot alar miqdori 67-70% bo‘lishi kerak.
Karbonatli sovunlanish tugagandan so‘ng, tugal sovunlash uchun, qozonga konsentratsiyasi 40-42% bo‘lgan natriy gidroksid (NaOH) eritmasi kam-kam miqdorda massani qaynatib, bug‘ bilan aralashtirib turgan holda beriladi. S ovunlash jarayonida nordon sovun hosil bo‘lishini oldini olish maqsadida massada ortiqcha ishqor miqdori bo‘lishi shart. Jarayon oxirida ishqor miqdori 0,1-0,2% dan ko‘p bo‘lmasligi kerak. Tugal sovunlanishda birinchi navbatda qozondagi yog‘ kislotalar neytrallanadi (shuningdek, nordon sovunlar va natriy bikarbonatlarni ham, agar ular bor bo‘lsa), keyin neytral yog‘ sovunlanadi. Sovunli massani 30 minut davomida qaynatilgandan so‘ng uning tarkibidagi erkin ishqor miqdori o‘zgarishsiz qolgan taqdirda, kaustik sovunlanish tugagan hisoblanadi. Shu usul bilan pishirilgan sovun yelimi quyiluvchan, bir xil tarkibli, yupqa qatlamda tiniq ko‘rinishga ega bo‘lishi, yog‘ kislotalari miqdori 60% dan kam bo‘lmasligi, o‘yuvchi natriy miqdori 0,2% dan ortiq bo‘lmasligi va erkin natriy karbonat miqdori 1% dan ortiq bo‘lmasligi kerak. Uni sovun uchun sig‘imga uzatiladi va sovitish quritish, mexanik ishlov berish uchun yuboriladi.
Bilvosita usul bilan sovun pishirish bilan olingan tayyor mahsulotga hid va ranggi bo‘yicha yuqori talablar qo‘yiladi.
Bilvosita usul bilan xo‘jalik sovuni pishirishning texnologik jarayoni quyidagi operatsiyalar ketma-ketligidan iborat: toza yog‘li xomashyo ishlatilganda, sovunlash, sovun yelimini yadro va sovun osti yelimiga ajratish bilan qisman tuzlash; tozalanmagan yog‘li xomashyo ishlatilganda, sovunlash, sovun yelimini yadro va sovun osti ishqoriga ajratish bilan to‘liq tuzlash, silliqlash. Sovunlash jarayoni bevosita usul bilan ham olib borilishi mumkin, ya’ni dastlab karbonatli sovunlash, keyin kaustik sovunlash orqali sovun yelimi olinadi. Olingan sovun yelimida sovun ko‘rinishida bo‘lgan yog‘ kislotalar miqdori 52% dan kam bo‘lmaydi.
Sovun yelimini qisman tuzlash elektrolitlar (osh tuzi yoki kaustik soda eritmalari) bilan olib boriladi. Buning uchun sovun yelimiga qaynayotgan va aralashtirilayotgan holda hisoblangan miqdorda elektrolit (20% li osh tuzi eritmasi) beriladi. Har bitta elektrolit porsiyasi berilganda sovunli massa, to elektrolit to‘liq yoyilib ketgunicha yaxshilab aralashtiriladi va qaynatiladi.
Sistemani yadro va sovun osti yelimiga ajralishini ta’minlovchi elektrolit konsentratsiyasi yog‘li aralashma retsepturasi va yog‘ kislotalar konsentratsiyasiga qarab belgilanadi. Odatdagi yog‘ retsepturasi bo‘yicha sovunni qisman tuzlash b ilan pishirishda ishlatiladigan elektrolitlarning me’yoriy konsentratsiyalari quyida ko‘rsatilgan.
1-jadval


Download 4,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish