Q=0, ∆U+A=0 yoki U1=U2+A [6]
Bunda, U1, U2 – boshlang’ich va oxirgi ichki energiya.
Gaz adiabatik kengayganda ichki energiyasi kamayadi (∆U<0) va ish bajaradi (A>0). Bunda ish gazning ichki energiyasi hisobiga bajariladi (4-a,rasm). Daz adiabatik siqilganda ichki energiyasi ortadi (∆U>0) va gaz ustida ish bajariladi (A<0). Bunda tashqi kuchlar gazni siqishi tufayli bajarilgan ish hisobiga gazning ichki energiyasi ortadi (4-b,rasm).
Gazning kengayishida sovishi yoki adiabatik siqilishida isishi atrofda ko’p kuzatiladi. Masalan, atmosferadagi havo yuqoriga ko’tarilib, kengayadi va soviydi. Havoning sovishi natijasida undagi suv bug’lari kondensatsiyalanib, bulutni hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |