Ya’ni:
Q=∆U+A [1]
Bu ta’rif termodinamikaning birinchi qonuni ifodalaydi. Bu qonunni XIX asrning o’rtalarida nemis olimlari R.Mayer, G.Gelmgols va ingliz olimi J.Joul ta’riflagan.
2.Termodinamikaning birinchi qonuning izojarayonlarga tatbiqi.
I.Izotermik jarayon (T=const). Ideal gazning temperaturasi o’zgarmasa ichki energiyasi ham o’zgarmaydi va (1) formula quyidagicha bo’ladi:
Q=A [2]
Isbot:
∆U=NEk. ─ Ek=3/2kT
∆U=3/2NkT ─ T=const.
∆U=0. Q=A.
Ta’rif. Izotermik jarayonda ideal gazga berilgan issiqlik ish bajarishga sarflanadi.
Agar sistema issilik olayotgan bo’lsa (Q>0) bo’lsa, gaz ∆V hajmga kengayadi va musbat ish bajaradi (A>0) (2-a, rasm). Agar sistema tashqariga issiqlik chiqarayotgan bo’lsa (Q<0) bo’lsa, gaz manfiy ish (A<0) bajarayotgan bo’ladi (2-b, rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |