III.Izoxorik jarayon (V=const). Izoxorik (V=0) jarayonda A=p∆V=0 bo’ladi, ya’ni ish bajarilmaydi. Bunday holat uchun termodinamikaning birinchi qonuni quyidagicha bo’ladi:
Q=∆U [4]
Ta’rif. Izoxorik jarayonda sistemaga berilgan issiqlikning hammasi sistemaning ichki energiyasini oshirishga sarflanadi.
Agar issiqlik sig’imi C bo’lsa, berilayotgan issiqlik miqdori Q=C(T2-T1)=C∆T bo’ladi. U holda (4) formuladan ichki energiyaning o’zgarishi quyidagicha bo’ladi:
∆U=C∆T [5]
Agar gaz isitilganda (Q>0) ichki energiyasi ortadi (∆U>0), sovitilganda (Q<0) esa ichki energiya kamayadi (∆U<0).
IV.Adiabatik jarayon (Q=0).
Ta’rif. Adiabatik jarayon deb, shunday jarayonga aytiladiki, bunda sistema issiqlik ko’rinishida energiya olmaydi ham, energiya bermaydi ham. Issiqlik almashmaydigan qilib izolatsiyalangan sistemadagi jarayon adiabatik jarayon deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |