Mavzu: Termodinamikaning birinchi qonuni.
Darsning texnologik xaritasi
Darsning maqsadi:
|
Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga termodinamikaning birinchi qonuni va uni izojarayonlarga tatbiq qilish hamda ichki energiyaning o’zgarishi haqida ma’lumotlar berish hamda o’quvchilarda fangaoid kompetentsiya elementlarini shakllantirish.
Tarbiyaviy maqsad: olimlar va kashfiyotchilarning ibratomuz hayotlarini o’rganish orqali o’quvchilarda mehnatsevarlik, ijodkorlik, o’ziga ishonch, jamoaga hurmat, o’zaro yordam hissiyotlarini tarbiyalash. Ona tabiatni sevishni o’rganish.
Rivojlantiruvchi maqsad: Mantiqiy va tanqidiy tafakkurni rivojlantirish,umumlashtirish va xulosalar chiqara olish, hodisaning mohiyatini anglab yetish, kuzatuvchanlik, diqqatni to’plash, solishtira olish kabi xislatlarini rivojlantirish.
|
Vazifalari
|
Barcha o’quvchilarni dars jarayonida faol ishtirokini tahminlash, maqsadga erishishning samarali metod va usullaridan foydalanish hamda kasbga yo’naltirish, tabiatda energiyadan foydalanish ko’nikmasini shakllantirish.
|
O’quv jarayonining mazmuni;
|
O’quvchilar mavzuning mazmun-mohiyatini tushunib yetishlari amaliy ishlashlari, Termodinamikaning birinchi qonuni haqida (analitik, grafik ko’rinishda) bo’yicha bilim, ko’nikma , malaka va kompetentsiyalarga ega bo’lish.
|
O’quv jarayonning amalga oshirish texnologiyasi
|
Dars texnologiyasi: Rivojlantiruvchi texnologiya.
Darsning turi:Yangi bilim berish. Amaliy mashg’ulot.
Dars metodi: “Klaster” interfaol metodi.
Dars materiallari va jihozlari: 9-sinf fizika darsligi. Fizik olimlarning portretlari. Tarqatma materiallar. .
O’tkaziladigan tajribalar: termodinamikaning birinchi qonunini ifodalaydigan tajriba o’tkazish.
Asosiy atamalar va tushunchalar:.Izotermik jarayon,.Izobarik jarayon,.Izoxorik jarayon, .Adiabatik jarayon.
Baholash: Rag’batlantirish.
|
Kutilayotgan natijalar:
|
O’qituvchi:
O’quvchilarda tayanch va fanga oid umumiy kompetentsiya elementlarini shakllantiradi va fanga bo’lgan qiziqishlarini orttiradi. O’quvchilar o’rtasida do’stona muhitni yaratadi. O’z oldiga qo’ygan maqsadlariga erishadi. O’quvchilarni mustaqillikka va ijodkorlikka o’rgatadi.
|
O’quvchi:
O’quvchilar erkin va mustaqil fikrlaydilar. Mavzu yuzasidan tajribalar o’tkazish orqali fanga oid umumiy kompetentsiya elementlari shakllanadi. Kommunikativ, axborot bilan ishlash, umummadaniy, matematik savodxonlik kabi tayanch kompetentsiyalari rivojlanadi.
|
I.Tashkiliy qism.
1. Salomlashish.
2. Davomotni aniqlash va kun yangiliklari bilan tanishtirish (Siyosiy va ma`naviy daqiqani o’tkazish).
Dars shiori aytiladi, bu o`quvchilar diqqatini jamlashga yordam beradi
3. O’tilgan mavzuni takrorlash.
4. O’quvchilarni darsga tayyorgarliklarini va uy vazifalarini tekshirib olish.
1.Ideal gaz holat tenglamasini keltirib chiqaring.
2.Izojarayonlarga ta’rif bering.
3.p, V, T diagrammalarni chizing.
Do'stlaringiz bilan baham: |