Silindrik frezalash. Silindrik va diskli frezalar gorizntal frezalash dastgoxining asosiy asboblari hisoblanib, frezalarning eng universal turlari hisoblanadi. Shuning uchun ham donalab va kichik seriyadagi ishlab chiqarish turlarida ularni qo‘llanish soxasi muqobil hisoblanadi. Undan tashqari silindrik frezalashda , bir vaqtni o‘zida bir nechta tekisliklarga , xar xil balandliklardan joylashgan silindrik frezalar blokida ishlov berish qulay.
Silindrik frezalarning geometrik ko‘rsatkichlari quyidagicha (8.4-rasm).
Bosh oldingi burchak “ ” bosh kesuvchi qirraga nisbatan normal tekislikda qaraladi, u 5-300 oraliqda tyebranadi.
Bosh orqa burchak “ ” freza o‘qiga nisbatan normal tekislikda qaraladi u 15-300 oraliqda bo‘ladi.
Mavzu: Abraziv ishlov berishning zamonaviy usullari
Jilvirlash- bu kesuvchi elementlari abraziv material donachalaridan tashkil topgan asbob yordamida metallarni kesish jarayonidir. Jilvirlash doirasining ishchi qismi, birikmada betartib joylashgan va ma’lum shaklga ega bo‘lmagan, ko‘p sonli aloxida abraziv donalarining kesuvchi tiglaridan tashkil topadi.
Xar bir dona boshqa xar qanday kesuvchi asbob kabi oldingi va ketingi burchaklarga ega, bu holda abraziv donalarining asosiy farqi manfiy oldingi burchaklarni borligi hisoblanadi. Bundan kelib chiqib jilvirlashda abraziv donalar tayyorlamaga katta kuch ta’sirini ko‘rsatadi, ajratilayotgan materialning kuchli plastik deformatsiyalanishi qirindini yuqori xaroratgacha qizishini keltirib chiqaradi, shuningdek yuqori kesish tezligi (2400m/min. gacha) xam bunga sabab bo‘ladi. Qirindining xarorati 1000-12000 C ga yetadi, bir qismi uchqun xosil bo‘lishi orqali xavoda yonib ketadi. Issiqlik va kuch ta’sirida ishlov berilgan yuzaga tuzilmaviy, fizik-mexanik xossalarni o‘zgarishlari sodir bo‘ladi, masalan nosoz qatlam hosil bo‘ladi. Bunday ta’sirlarni kamaytirish uchun materialga ko‘p miqdorda moylovchi – sovutuvchi suyuqlik berish bilan ishlov beriladi.
Jilvirlashdagi qirindi xosil bo‘lish jarayonida xam freza tishlari amalga oshiradigan qirindi xosil bo‘lish jarayoni kabi xodisalar kuzatiladi, qirindilar sonini ko‘p, 1minutda 100 mln.gacha juda ingichka qirindi kesiladi.
Artish tutashuvchi ikki yuzani juda kichik g’adir-budirligiga va juda yuqori aniqligiga erishish uchun qo‘llaniladi. Masalan: klapanlarni, zolotniklarni, kranlarni, o‘z joylariga moslab artish, qoliplash, kesuvchi va kalibr asboblarini o‘z o‘lchamlariga yetkazish uchun ishlatiladi.
Artish va yetkazish quyidagicha amalga oshiriladi. Mayda donali abraziv kukun moy vositasi bilan artgich deb ataluvchi asbob yuzasiga surtilib ishlov berish doirasiga kiritiladi, u kichik tezlikda o‘zgaruvchan yunalishda ishchi xarakatini amalga oshiradi. (10.6a-rasm).
Artgich 1 ariqchalari bor vtulka ko‘rinishida bo‘ladi, bu ariqchalar artgichni ishlov berilayotgan 2 yuzaga P kuchi tasirida to‘liq yotishi uchun zarur bo‘ladi. Artgichga qaytma-aylanma, shu bilan birga ilgarilanma – qaytma harakatlar beriladi, xuddi shunday harakatlar teshiklar yuzasini artishda qo‘llaniladi (10.6b-rasm). Yassi yuzalarni o‘lchamlarga etkaszich usulida (10.6v-rasm) tayyorlamalar 4 ikkita cho‘yanli disklar 3orasida separator 5derazalarida joylashtiriladi. Disklar yassi yon yuzalarga ega va qarama-qarshi yonalishda aylanadilar. Separator 5 disklarga nisbatan ekssentrisitet bilan joylashgan va shuning uchun ishlov berilayotgan detallar sirpanish bilan murakkab harakatlarni amalga oshiriladi.
10.6-rasm. Artish sxemalari
Abraziv kukun sifatida elektrokurund, kryemniy karbidi, krukus (tyemir oksidi), xrom oksidi, vena oxagi va boshqalardan foydalaniladi.
Dastlab artish faqat qo‘lda amalga oshirilgan, xozirgi vaqtda artish dastgoxlarida mashinali artishdan keng foydalaniladi. Yuzalarining juda kichik va yuqori aniqlikdagi g’adir-budirligiga erishish uchun artgichga abraziv donalari o‘zining takroriy xarakatidan oldingi trayektoriyasini takrorlamaydigan nisbiy xarakat berish zarur, shuning uchun artish dastgoxida artgichga murakkab xarakat beriladi. Amaliy sharoitda artish bilan eng katta aniqlikka erisxiladi. Ishlab chikarish sharoitida artish 5 kvalityet va undan yuqori aniqlikni ta’minlashi mumkin, shuning uchun barcha kalibrlar va o‘lchash plitalari artish bilan oxirgi aniqlikkacha yetkaziladi.
Artishdan oldin detal yuzasiga yaxsxilab ishlov beriladi, chunki faqat bunda eng minimal qo‘yimni oladigan va juda xam syekin metallni chiqaruvchi ishlov berishning bu turi iqtisodiy jixatdan qulay bo‘ladi. Artishga qoldiriladigan qo‘yim diametriga 5-20 mkm oralig’ida bo‘ladi, bunday qo‘yimni va yaxsxilab ishlov berishni toza jivirlash, yupqa yo‘nish, razvyetkalash va boshqalar ta’minlashi mumkin.
Artishni quyidagi turlari mavjud:
-ishlash jarayonida artish yuzasiga botuvchi erkin abrazivlar bilan artish. Jarayon mexanizmi quyidagicha bo‘ladi: bosim ostida ishqalanishda abraziv donalari artish yuzasining yumshoqroq joylariga botib kiradi va unga maxkamlanib ishlov beriladigan materialdan juda yupqa qirindi olinadi. Bu xolda artishlar yumshoq materiallardan cho‘yan, bronza, qizil mis, yumshoq po‘lat, qo‘rg’oshin va xatto yogochdan tayorlanadi, bu yerda mayda donali elyektra korund kremniy karbidi abraziv kukunlari ishlatiladi.
Moylash suyuqliklaridan kerosin, mashina moyi va boshqalar ishlatiladi.
Artishning bu turi boshqalariga qaraganda eng keng tarqalganidir.
- oldindan abraziv donalari bor artishlar bilan artish. Artgich yuzasiga abraziv donalarini oldindan botkizish ishlari silindrik po‘lat o‘zak yordamida amalga oshiriladi. Nisbatan dag’alroq lekin unumliroq artish jarayoni uchun artgichlar qizil mis, surma va boshqalardan tayyorlanadi, chunki ular yirik abraziv donalarini ushlashi mumkin.
Mavzu: Qirindisiz ishlov berishni zamonaviy usullari
Do'stlaringiz bilan baham: |