Kichik o‘lchamiga qaramasdan qirindli, metallarni kesib ishlov berish-bu Kichik o‘lchamiga qaramasdan qirindli, metallarni kesib ishlov berishning boshqa turlarida olinadigan qirindi turi va tuzilishiga ega, barcha donalari xam kesishda ishtirok etolmaganligi sababli meyorli qirindi bilan bir qatorda yuqori xaroratda kuygan metall changlari xam olinadi. Ishlov berilgan yuza abraziv donachalar mikroizlari yig’masi ko‘rinishida bo‘lib, kichik gadir – budurlikka ega bo‘ladi.
Ishlov berishning boshqa turlarida ro‘y beradigan umumiy xollar bilan bir qatorda jilvirlash jarayoni quyidagi o‘ziga xos xususiyatlarga ega:
-kesuvchi elementlar donalar sonining ko‘pligi ;
-noto‘g’ri shakldagi ko‘p tomonli shaklga ega bo‘lgan, turli gyeometrik shakldagi donalar mavjudligi;
-abraziv donalar juda yuqori qattiqlikka va yeyilishga bardoshlilik xususiyatiga egaligi;
-jilvirlash doiralari o‘zini-o‘zi charxlash xususiyatiga, ya’ni jilvirlash jarayonining o‘zida donalarni yangilash xususiyatiga ega.
Jilvirlash doiralari ishlashi natijasida donalarni kesuvchi qirralarni sekin-asta sinishi va uning o‘tmaslashishi yuzaga keladi. Ayrim donalar butunlay qo‘porilib birikishdan chiqib ketadi, yani bu ikki xodisadan biriga bog’liq xolda jilvirlash doirasi sekin-asta o‘tmaslashadi yoki o‘z-o‘zini charxlashi yuz beradi.
Tabiiyki jilvirlash doiralarining o‘tmaslashishi yoki o‘zini-o‘zi charzxlash xossalari nafaqat donalari xossalariga balki ularni boglovcxilariga xam bog’liq bo‘ladi. Agar boglovchining mustaxkamligi kuchsiz bo‘lsa dona to‘la o‘tmaslashgunga qadar chiqib ketadi va undan to‘la foydalanib bo‘lmaydi. Aksincha, bog’lovchi juda xam mustaxkam bo‘lsa donani to‘la o‘tmaslashgandan keyin xam o‘zida ushlab turadi va u kesmay qo‘yadi, uni to‘g’rilash zarur, ya’ni o‘tmaslashgan abraziv donalar qatlamini olmosli qalam bilan kesiladi.
Jilvirlash keng tarqalgan, uning yordami bilan detallarga yuqori aniqlikda toza va jilolab ishlov berish mumkin. Turli materiallarga, ayniqsa toblangan po‘latlarga ishlov berish keng tarqalgan. Ba’zi hollarda jilvirlash samaradorligi bo‘yicha frezalash va tokarlash bilan raqobatlashadi.
Xozirgi vaqtda jilvirlash turlarini soni ko‘p. Eng keng tarqalgani-doiraviy tashqi jilvirlash (markazda va markazsiz), ichki jilvirlash, yassi jilvirlash, maxsus jilvirlash(rezba va tish jilvirlash) va boshqalar
Mashina detallariga qirindisiz ishlov berish keng qo‘llanilmoqda. Bunga asosan usulning unumdorligini yuqoriligi, silliq va kerakli fizik-mexaniqaviy xususiyatga ega yuza olish mumkinligi sabab bo‘lmoqda. Yuzalarga plastik deformasiyalash bilan ishlov berish metallarni plastik xususiyatlarini, ya’ni metall tayyorlamalarni yaxlitligini (butunligini) buzmasdan turib qoldiq deformasiyani qabul qilishga asoslangan. Bunda ishlov berilayotgan yuza mikronotekisliklari mikrobalandliklarini ezish va mikrochuqurliklarini to‘ldirish orqali silliqlanadi. Usul toza ishlov berishda qo‘llaniladi va bunda ishlov berilgan yuzalarini mustahkamligi ortadi, korroziya va yeyilishga chidamliroq bo‘ladi. Tayyorlama yuzasidagi ba’zi xatoliklar yo‘qotiladi.
Ishlov berish doirasida temperatura yuqori bo‘lmaydi. Qirindisiz ishlov berish usuli ko‘pcxilik metal qirquvchi dastgohlarda, maxsus asbob ishlatgan holda amalga oshiriladi, qirindisiz plastik deformasiyalash bilan ishlov berish usuli plastik deformasiyalanadigan barcha metallar uchun qo‘llanishi mumkin. Eng yaxshi natijalar HB 280 gacha bo‘lgan metallarda kuzatiladi.