Tayyorlamaning oraliq o’lchamlarini aniqlash. Operatsiyalararo quyimlarni hisobi asosida tayyor detaldan boshlang’ich tayyorlamagacha barcha o’tishlar bo’yicha tayyorlamani chekka o’lchamlari aniqlanadi.
4.2-rasmda tayyorlama tanasidagi val turidagi va teshikka ishlov berishdagi operatsiyalar aro quyimlar va joizliklarni joylashuv sxemasi keltirilgan.
Tashqi yuzalarga ishlov berishda minimal quyim:
Maksimal quyim:
Ichki yuzalarga ishlov berishda minimal quyim:
Maksimal quyim:
bu yerda: amax va amin –oldingi o’tishda olingan maksimal va minimal o’lchamlar; mm; bmax va bmin – bajarilayotgan o’tish uchun berilgan maksimal va minimal o’lchamlar, mm;
a) b)
4.2-rasm.
Ishlab berish va joizliklarga operatsiyalararo quyimni joylashuv sxemasi: a-val uchun; b-teshik uchun
Nominal o’tuvchan quyim Zmax va Zmin orasidagi, ya’ni maksimal va minimal o’tuvchi quyimlar farqiga teng:
yoki
bu yerda: δa =amax-amin; δb =bmax-Dmin
Detallarga mexanik ishlov berish uchun quyimlar va operasion joizliklarni to’g’ri hisoblash va tanlash texnologik jarayonni tuzishdagi asosiy vazifalardan hisoblanadi, chunki unga detalni tannarxi, sifati va ishlatish muddati bog’liq bo’ladi.
Ortiqcha oshirib belgilangan quyimlar metall sarfini, dastgohlar narxini va uni joylashtirish uchun ishlab chiqarish maydonlarini hamda elektr energiyasi va metallqirquvchi asboblarni xarajatlarini oshishiga olib keladi.
Tayyorlamani olish usulini tanlash. Konstruktor mavjud standartlar bo‘yicha tayyorlamaning materiali, uning markasini, shuningdek kerakli termik ishlov berishni tayinlaydi. Detallarni mashinadagi ishlash sharoitini hisobga olib, konstruktor dastlabki tayyorlama olishni maqbul usulini (quyma o‘rniga bolg’alash, prokat o‘rniga bolg’alash) ko‘rsatishi mumkin, bu ma’lumotlar asosida texnolog tayyorlama olishni aniq bir usulini tanlaydi. Usul tanlashda quyidagilarga e’tibor qilinadi:
-tayyorlama materialini texnologik tasnifi, ya’ni uning o‘yiluvchanlik xossasi va bosim ostida ishlov berishda plastik deformatsiyalana olish qobiliyati, qo‘llash natijasida olinadigan tayyorlama materialining tuzilmaviy o‘zgarishi (bolg’alashda tolalarni joylashishi, quymada donalarni kattaligi va boshqalar);
-tayyorlaman konsruktiv shakli va o‘lchamlari;
-tayyorlama tayyorlashda talab qilingan aniqlik, uning yuza sifati va g’adir-budirligi, ishlab chiqarish dasturi va u dasturni bajarilishi uchun berilgan muddat.
Tayyorlama tayyorlash usulini tanlashga shuningdek qo‘shimcha ravishda quyidagilar ta’sir qiladi:
-texnologik vositani tayyorlash vaqti (shtamplarni, modellarni, press qoliplarni va boshqalarni tayyorlash);
-tegishli texnologik jixozni mavjudligi va jarayonni xoxlagan darajada avtomatlashtirish.
Tanlangan usul detalni tayyorlashda eng kam tannarxni ta’minlashi kerak , ya’ni materialga, tayyorlama tayyorlashga va keyingi mexanik ishlov berishga sarflangan xarajat yuklama xarajatlar bilan birga minimal bo‘lishi kerak . Tayyorlamani tayyorlash aniqligini oshishi va uning shaklini tayyor detal konfiguratsiyasiga yaqinlashishi bilan mexanik ishlov berishni solishtirma salmog’i keskin pasayadi. Lekin tayyorlama olish uchun vositaga ketgan xarajat iqtisodiy qorejamaganligi sababli hamma usullar ham foyda keltiradigan bo‘lavermaydi.
Mavzu: Quyumni tog`ri belgilash ahamyati.
Do'stlaringiz bilan baham: |