Quyumlarning turlari. Tayyorlama olishning deyarli xamma usullari mashina detallarining keraklik aniqligi va yuza g’adir- Mexanik ishlov berish uchun quyum.budurligini ta`minlay olmaydi. Yuqori sifatli detallarga mexanik ishlov berish usuli bilan erisxiladi. Shunday ekan, mexanik ishlov berilishi kerak bo’lgan tayyorlama o’lchami tayyor detal o’lchamidan farq qilishi kerak .
Shunga muvofiq tayyorlamaning tashqi yuza o’lchamlari kattalashtirilgan va ichki o’lchamlari kichiklashtirilgan bo’lishi kerak . Mexanik ishlov berish jarayonida berilgan aniqlik va yuza g’adir-budurligini olish maqsadida kesib olinadigan metall qatlami quyum deb ataladi. Demak, tayyorlama va detal o’lchamlarining ayirmasi quyumni tashqil etadi.
Quyumlar oraliq va umumiy quyumlarga bo’linadi. Mexanik ishlov berishning berilgan operatsiyasini (o’tishini) bajarishda olib tashlanadigan metall qatlami oraliq quyum (Zi) deb ataladi. Bu quyum oldingi va bajarilayotgan operatsiyalar orasidagi tayyorlama o’lchamlari farqi bilan aniqlinadi. Oraliq quyumni ko’pincha operatsiyalararo quyum deb xam yuritiladi.
Berilgan yuzaga mexanik ishlov berishdagi xamma operatsiyalarni bajarishda (qora tayyorlamadan to tayyor detal olgungacha) olib tashlanadigan metall qatlami umumiy quyum (Z0) deb ataladi. Umumiy quyum miqdori tayyorlama va detalning ish jarayonidagi o’lchamlar farqi bilan aniqlanadi.
U yoki bu yuzaga mexanik ishlov berishdagi umumiy quyum miqdori xamma operatsiya (o’tish)lardagi oraliq quyumlar yig’indisiga teng bo’ladi:
bu yerda : m – texnologik operatsiya (o’tish)lar soni.
Quyumlar simmetrik va nosimmetrik bo’ladi. Simmetrik quyumlar ichki va tashqi aylanuvchi yuzalarda xamda qarama-qarshi joyulashgan yuzalarga paralyell ravishda bir payutda ishlov beriladigan yuzalarda bo’ladi.
Tashqi aylanuvchi yuzalar uchun: 2Z0 = da – dv Ichki aylanuvchi yuzalar uchun 2Z0 = d b – da Qarama-qarshi yuzalarga paralell ishlov berganda 2Z0 = la – lb Nosimmetrik quyumlar detallarning tomonlariga aloxida ishlov berilganda bo’ladi, ya’ni: Z0 = a – b
Bu yerda, a va b – mos ravishda tayyorlama va tayyor detall o’lchamlari
Quyumlar miqdori texnologik jarayonni ishlab chiqishda muxim texnika-iqtisodiyu axamiyatga ega. Oshirib yuborilgan quyum detal tayyorlashga sarflanuvchi material xajmini ko’payutirib, dastgox ish unumdorligini kamaytirib, detal sifatini yomonlashishiga olib keladi.
Quyum kamayuib kyetsa ishlov berishda keraklik o’lcham aniqligini va yuza silliqligini olib bo’lmaydi, bu esa nuqsonli detal tayyorlashga olib keladi. Shuning uchun muqobil quyum tayinlashga xarakat qilish kerak .
Quyumning miqdoriga asosan quyidagi omillar ta`sir etadi:
-tayyorlamaning shakli va o’lchamlari. Shaklning murakkabligi va tayyorlama o’lchamlarining kattaligi quyumning oshishiga olib keladi;
-tayyorlamaning turi va uni olish usuli. Tayyorlamalar ularni tayyorlash turiga (prokatlash, quyma bolgalash va xokazo) qarab xar-xil aniqlikda bo’ladi;
-tayyor detal dan talab qilinayetgan o’lcham aniqligi, yuza sifati va g’adir-budurligi, bu talablar qancha yuqori bo’lsa quyum xam shuncha katta bo’lmogi kerak , chunki bu talablarni bajarish uchun qo’shimcha operatsiyalar tayinlanmog’i zarur.