Olmosli silliqlash. Yuzani kichik gadir-budurligi va mustahkamligini olmosli silliqlash bilan olish mumkin. Usulning mohiyati shundan iboratki, kesib ishlov berishdan so‘ng qolgan notekisliklar yuza bo‘ylab harakat qiluvchi ishchi qismi silindr yoki konus shaklidagi olmosli asbob bilan silliqlanadi.
Buning oqibatida ishlov berilgan yuzani ekspluatasion xususiyatlari yaxsxilanadi, ingichka devorli va qiyin shaklli yuzalarga ishlov berish imkoni yaratiladi va hokazo.
Tayyorlamaga tokarli dastgohlarda ishlov beriladi. Olmosli asbob keskichushlagichda turadi. Tayyorlama va asbobni harakatlari tokarli ishlov berishga o‘xshash bo‘ladi. Ishlov berishda moy ishlatiladi va u olmosning yeyilishini 5 marta kamaytiradi. Olmosni ishlov berilayotgan yuzaga bosim kuchi 50-300 n atrofida bo‘ladi. Asbobni tayyorlamani ishlov berilayotgan yuzasi bo‘yicha yurishlar soni ikkidan ortmasligi kerak. Olmosli silliqlash bilan me’yorlashtirilgan va toblangan po‘latlar hamda rangli qotishmalarga ishlov beriladi.
Teshiklarni kalibrlash. Teshiklarni kalibrlashda ishlov berilgan teshik diametri ozgina ortadi, yuza sifati va qattiqligi yaxsxilanadi. Usulni unumdorligi yuqori (11.2-rasm).
Kalibrlash teshik bo‘ylab taranglikda qattiq asbobni siljitishga asoslangan. Asbobni ko‘ndalang kesimi o‘lchami teshik ko‘ndalang kesimi o‘lchamidan ozgina katta bo‘ladi.
Kalibrlash teshik diametri o‘lchamini aniqligini 30-35%ga orttiradi, shuningdek shakli xatoliklarini kamayishini notekisliklarni silliqlanishini kuzatish mumkin. Diqqatga sazovorligi yuza mustaxkamlanadi.
Kalibrlashni keng tarqalgan ishlov berish sxemalari 11.2-rasmda keltirilgan. Eng oddiy asbob bo‘lib sharik hisoblanadi, shuningdek asbob vazifasini, dorn deb ataluvchi asbob xam bajaradi. Tayyorlamalarga asbobni bir yoki bir necha o‘tishlarida ishlov beriladi.
Kalibrlash sifati birinchi navbatda ishlov berilayotgan yuzani sifatiga bogliq bo‘ladi, agarda teshiklarni toza yo‘nib kengaytirish yoki razvyortkalashdan so‘ng kalibrlansa etilsa 6- ba’zida 5-kvalitet o‘lcham aniqligini olish mumkin.
v)
b)
a)
11.2-rasm. Teshik kalibrlash sxemalari
Deformasiyalovchi elementni qattiq qotishma yoki yuqori qattiqlikgacha toblangan po‘latdan tayyorlanadi.
Moylovchi suyuqlik sifatida, po‘lat yoki bronza uchun-sulfofrezol, cho‘yan uchun esa- kerosin ishlatiladi, shuningdek maxsus moylovchi materiallar bor. Ular ishchi kuchini kamaytiradi, yuza sifatini oshiradi, ishlov berish aniqligi va asbobni chidamligini orttiradi.
Teshiklarni kalibrlash presslar yoki gorizontal – protyajkalash dastgohlarida bajariladi. Asbob va tayyorlamani o‘zaro to‘g’ri joylashishi uchun odatda o‘zi o‘rnatiluvchan shar tayanchli moslamalar ishlatiladi. Tayyorlamani maxkamlamaydilar.
Teshiklarni kalibrlashda 8-9 kvalitet,ba’zi xollarda 6-7 kvalitet o‘lcham aniqligiga erishish mumkin. Qalin devorli, birlamchi g’adir-budurligi R a=6,3-1,6mkm. bo‘lgan teshiklarga ishlov berishda, agar detal po‘latdan bo‘lsa R a=0,8-0,1mkm. bronzadan bo‘lsa R a= 0,4-0,1mkm. va cho‘yandan bo‘lsa R a=1,6-0,4mkm. g’adir-budurligidagi yuzalar olish mumkin.
Mavzu: Yig`ishni zamonaviy usullari
Mashinalarni yigish ishlab chiqarish jarayonining oxirgi bosqichidir. Yigish jarayonini aloxida detal va uzellardan tayyor maxsulot tayyorlanadi.
Maxsulot deb korxona ishlab chiqariladigan xar qanday buyumga aytiladi.
Detal-maxsulotning bir bo’lagi bo’lib, unda xech qanday birikma bo’lmaydi.
Uzel maxsulotning birnechta detallar birikmasidan tashkil topgan bo’lagidir. Uzel maxsulot (mashina)ning boshqa bo’laklariga bogliq bo’lmagan xolda yigilishi mumkin.
Har qanday uzel, uning tuzilishiga qarab, aloxida detallarning yigindisidan yoki kichik uzel va detallar yigindisidan tashkil topadi.
Yigish jarayonining sifati mashinaning ish jarayoniga-ish unumdorligiga, mustaxkamligiga va ishonchli ishlashiga ta'sir etadi.
Mashinalarni yigishda keraklik aniqlikka xar xil usullar bilan erishiladi.
Moslab o’rnatish.
To’la o’zaro almashinish.
To’liqmas /cheklangan /o’zaro almashinish.
Rostlash /regulirovka qilish /.
Mashinasozlikda o’zaro almashinish deb, buyumlarni shunday loyixalash va ishlab chiqarish printsipi tushuniladiki, bunda tayyorlangan detallarni tanlamasdan va maxsus to’grilab turmasdan yoki qo’shimcha ishlov bermasdan tegishli mashinaning uzellariga, yigilganda mashinaning unga qo’yilgan talablarga muvofiq ravishda ishlashini ta'minlaydigan bo’ladi.
o’zaro almashinadigan detallar o’lchamlari, shakli, qattiqligi, kimyoviy xossalari jixatidan bir xil bo’lishi shart.
To’la o’zaro almashinish detallarni shunday loyixalash va ularga ishlov berishni ko’zda tutadiki, bunda to’plamdan tanlamay olingan istalgan detalni to’grilab turmasdan mashinaning tegishli joyiga qo’yish mumkin bo’ladi. Bunday talab faqat texnologik ijozat maydon loyixadagi ijozat maydonidan kichik yoki teng bo’lgandagina bajarilishi mumkin.
To’la o’zaro almashininsh usuli ko’plab va katta seriyali ishlab chiqarishda qo’llaniladi.
Mashinasozlikda to’liqmas /cheklangan / o’zaro almashinish ham qo’llanaladi. Bunda ishlov berilgan detallar dastlab o’lchamlarga qarab turli gruppalarga ajratiladi, so’ngra biror mashinani yigishda shu nomli detallarning istalgan emas, balki ayrim gruppalarigina ishlatiladi.
o’zaro almashinish korxona va zavodlarda mashinalarni yigish ishlarini soddalashtiradi va yuqori ish sur'atini ta'minlaydi. Mashinalarni ishlatishda esa remont ishlari ancha soddalashadi, chunki yaroqlimas xolga kelgan detallar zapas qismlar xisobiga engilgina almashtiriladi.
Moslab o’rnatish va rostlash usullari kichik seriyalab yoki donalab ishlabchiqarishda qo’llaniladi.
Moslab o’rnatish usulida mashina detallari bir-biriga maxsus to’grilab yoki qo’shimcha ishlov berish yordamadi yigiladi.
Rostlash usulida uzelning keraklik aniqligiga yordamchi rostlagichlar (qistirma, vtulka, xalqa) ishlatish yo’li bilan erishiladi.
Yigish texnologik jarayonini tuzish uchun quyidagi ma'lumotlar bo’ladi:
Yiguvchi mashina yoki uzelning umumiy chizmasi.
Unga qo’yiladigan talablar.
Ishlab chiqariladigan detallar ro’yxati.
Yigishda ishlatiladigan detallar ro’yxati.
Yigish ishlab chiqarish programmasida yigiluvchi mashina va uzellarning nomlari, ularning ogirligi, bir yilda yigiladigan mashina va uzellar soni ko’rsatiladi.
Detallar ro’yxatida esa detalning nomi, uning tartib raqami va soni ko’rsatiladi.
Texnologik jarayonni tuzishdan oldin yigiluvchi mashinaning tuzilishini o’rganish va unga qo’yiladigan talablar bilan tanishish zarur. Shundan so’nggini detallarning qanday ketma-ket joylashishini ko’rsatuvchi yigish texnologik jarayonini tuziladi.
Jarayonda detallarning nomi, tartib raqami va yigilayotgan detalning soni shartli chizma yordamida yoziladi.
Yigish jarayonini asos detaldan boshlanadi va oxirida tayyor maxsulot olinadi 15-rasm.
Do'stlaringiz bilan baham: |