Yangi mavzu bayoni : Sinf doskasini yangi mavzuga oid ko’rgazmali rasmlar bilan jixozlanadi.
Reja:
Tasviriy san’atda ramziy belgi va geraldika haqida ma’lumot berish.
O’zbek grafik rassomlari haqida ma’lumot berish
O’zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasvirining muallifi A.Mamajonov haqida ma’lumot berish.
Har qanday davlat suverenlik(mustaqillik) maqomiga ega bo’lishi uchun uning muyqaddas timsollari- bayrog’i, madhiyasi, gerbi va milliy valytasi bo’lishilozim
GERALDIKA(лот.jarchi, gerold) – gerbshunoslik. 19-a. ning 2-yarmidan gerblarni o’rganuvchi yordamchi tarix fani; Dastlab 13-19-a. nin 1-yarmigacha dvoryan, sex va yer mulklarining gerblarini tuzish bilan geroldlar shug’ullanganlar (G. atamasi shunan olingan).
14-a. dan boshlab gerbchilar ustaxonasi tashkil topgan, unda murakkab va rangli gerblar yaratilgan. Bora-bora uylar, tarixir yodgorliklar, davlat bayroqlari, pullar va harbiy qurollarga gerb suratlarini tushurish odat tusiga kirgan. Geraldika moddiy madaniyat yodgorliklarini hamda gerbil va ramzli yozma manbalarni o’rganadi, milliy ananalar, ijtimoiy xususiyatlar, mamlakatlararo iqtisodiy va madaniy aloqalarni o’rganishda yordam beradi va b. Arxeologik qazishlar O’zbekistonda ham qadimdan muxirlar, tangalar va buyumlarga shahar, davlatlar,urug yoki hunarmandchilik uyushmalarining gerb suratlarini tushurish keng tarqalganini ko’rsatadi. Ular ajdodlarimizning iqtisodiy va ijtimoiy hayotini, turmush madaniyati va san’atini o’rganishga, davlatlar va sulolalar tarixini oydinlashtirishga hizmat qiluvchi manbalardan biridir. Geraldika genealogiya, numizmatika, paleografiya va sfragistika kabilar bilan aloqador. Geraldika malumotlari tarix fanining boshqa sohalarida ham qo’llaniladi (yana q.Davlat gerbi).
O’zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi 1992-yil 2-iyulda O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida tasdiqangan. Gerbning yaratilish jarayonida respublikamizning bir qator taniqli musavvirlari ishtirok etganlar. Ular orasida rassom Anvar Mamajonov tomonida taqdim etilgan variant g’olip deb topilgan. Demak, O’zbekiston Respublikasi Davlat Gerbi tasvirining muallifi taniqli grafik rassom Anvar Mamajonovdir (14-rasm).
O’zbek grafik rassomi Anvar Mamajonov 1950-yil 22-mayda Toshkent shahrida tug’ulgan. Musavvirlikga 1968-1973-yillarda Toshkent Teatr va rassomlik san’ati institutining rassomlik fakultetida (hozirgi Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti) E.liyepene va B.P.Shupaklarning ustaxonasida o’qidi. O’zining ijodiy faoliyati davomida Alisher Navoiy asarlarining antologiyasi, Pirimqul Qodirov, Muhammad Ali, Azim Suyun, Xurshid Davron, Yamin Qurbon, Muxtor Xudoyqulov kabi shoir va yozuvchilarning asarlari, shuningdek, xalq dostonlari, Afandi latifalariga oid kitoblarni bezagan. Uning shaxsiy ko’rgazmalari Amerika Qo’shma Shtatlari, Bahreyn, Belgiya, Liviya, Marokash, Tunis, Hindiston, kabi mamlakatlarda bo’lib o’tgan. U 20dan ortiq xalqaro ko’rgazmalar ishtirokchisi. Rassom keyingi yillarda ma’naviy qadriyatimizni tiklash borasida o’tkazilayotgan tadbirlarning ramziy emblemalarining ham muallifidir. Alpomish, kamoliddin Behzod, Jaloliddin Manguberdilarning yubileylariga ishlangan emblemalar shular jumlasidandir.
Yangi mavzu yuzasidan ma’lumot berilgandan so’ng o’quvchilarga dam olish daqiqasi o’rnida psixologik mashqlar haqida ma’lumot beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |