Do’rmon mushoirasi



Download 19,79 Kb.
Sana21.04.2022
Hajmi19,79 Kb.
#569290
Bog'liq
E.Vohidov


Erkin Vohidovning "Do’rmon mushoirasi" da shoirlarga dil soʻzlari
Annotatsiya: Mazkur maqolada O’zbekiston xalq yozuvchisi Erkin Vohidov, uning ijodi hamda "Do’rmon mushoirasi" da shoirlarga dil soʻzlari haqida yoritilgan.
Kalit so’zlar: Erkin Vohidov, Do’rmon mushoirasi, Iqbol Mirzo, Sirojiddin Said, Azim Suyun, Tursunboy Adashboyev va Tursun Ali, Anvar Obidjon, Mahmud Toir, Xurshid Do’stmuhammad va Murod Muhammaddo’st.

She'rni shoir tanlamaydi, sheʼr shoirni tanlaydi. Shoirga soʻzlar quyilib kelar ekan uni albatta oqqa koʻchiradi, oqqa koʻchirilgan sheʼrlarni esa ulashish uchun uni tushuna oladigan davra, shoirlar davrasida oʻrtaga tashlanadi, uni maqtovlar bilan birga tanqid qarshi oladi. Haqiqiy ijodkor tanqidga toʻgʻri munosabat bildirishi, undan kerakli saboqlarni olishi kerak.


Erkin Vohidov ham tanqid bilan birga tahlilni ham oʻz oʻrnida qoʻllagan shoirdir. Shoirlar koʻngil yaqinligi boʻlgan ijodkorlar davrasida hazil-mutoyiba bilan ham jiddiylik bilan ham chiroyli fikrlar berib, ijodkor doʻstlari shogirdlariga yoʻl-yoʻriq koʻrsatib keldi. Hatto sheʼr orqali oʻz soʻzlarini yetkaza oldi. Ustoz oʻzining kamtarin shoirligini sheʼrlari orqali yumshoqlik bilan aytib, “bor-yoʻgʻi shundayman, xalos” deb qoʻyaqoldi. "Imzo" sheʼrida (muallifning oʻziga)
U sheʼr yozib bir zamin
Koʻp xatoga yoʻl qoʻydi.
Oʻzi boʻlib pushaymon,
"E, voh" deya qoʻl qoʻydi.
Shoir bu bilan nima demoqchi? Shoir sheʼrlarini yomonlamaydi, kibrli boʻlmasligi uchun oʻziga bir nasihat qilmoqda. She’r yozib afsus qilishi mumkin emas, balki yozilmay qolib ketganlariga achinish bilan qaramoqda. Shoir doʻst va shogirdlariga ham samimiylik bilan tushuntirib keldi, joiz boʻlsa maqtab keragida tanbeh berdi…
"Doʻrmon mushoirasi" turkumida Iqbol Mirzo va Sirojiddin Saidga shunday deydi: “Ikkingni tugʻilganing bu yurtning omadi yana bir zamonda, bir zaminda tugʻilish qoʻshaloq omad”, - deb shoirlarni alqaydi. Umarali Normatovni “sakson yoshida ham ijodda tetik, uning ijodida yoshlikning joʻshqinligi bor” - deya baralla aytadi. "Otdoshlar" sheʼrida, Tursunboy Adashboyev va Tursun Alilarga chiroyli hazil qiladi:
Tursunboyga dedi Tursunboy:
- Adash
Shartmi ikkimizni Tursunboy atash?
Sheʼrxon adashmasin boʻlaylik endi-
Sen- Tursun Ali, men Tursunboy Adash.
Shoir hazil orqali doʻstona qalinlikni koʻrsatib beradi. Oʻziga yaqin olib, loʻnda-loʻnda qilib, qogʻozga tushiradi. "Nazm va bazm" nomli toʻrtlikda Azim Suyunga qarata: "Ey doʻst" - deb murojaat qilar ekan, yaqinlik darajasi biz bilganimizdan anchayin ustunligini isbotlaydi. "Sheʼr va qurol" sheʼrida Anvar Obidjonga yuksak baho beradi. Uning jiddiyligi she’rlarida aks etadi. U gapni aylantirmay bir satr bilan nishonga uradi-qoʻyadi. “U bilan hazillashib boʻlmaydi”, - deb oʻqirmonni shoir ijodiga qiziqtiradi. Mahmud Toirga "Yuksaklikda" nomli bir olamga teng, oʻzi qisqagina boʻlsada maʼnosini yetkaza olgan, bu sheʼrda shunday deydi,
Xalq tanigan xalq shoiri- Mahmud Toir
Shirin baytlar aytdi ona yurtga doir
U Parkentdan qaraganda poyidadir
Bu yon London, Parij, u yon Al-Jazoir.
Shoirni xalq ichida, xalq taniydi. U vatanini sevadi. Shuning uchun vatanini kuylaydi. Birgina Parkentni oʻzini ham Parij, Londonlarga alishmaydi. Erkin Vohidov ijodkorni nihoyatda qadrlaydi. Uni qadr-qimmatini oʻrniga qoʻyadi. "Yulduzlar bagʻrida" nomli sheʼrida Ulugʻbek Hamdamni "Sharq yulduzi" jurnalida yulduzdek porlab ijod qilayotganidan suyunadi: “Seni bu ishingga Bobur - madadkor, Navoiy - yor, Beruniy - hamnafas, ijod qilaver, toʻxtama.”, - deb ruhlantiradi. "Zavqli yigit" sheʼrida Nizom Komilga:
U sheʼr yozgan,
Barmoq- aruz farqlamagan.
Otganda ham kecha-kunduz farqlamagan.
Koʻp yellarki, gʻazal yozmas, otmaydi ham,
Lekin zavq bor, kayf to hanuz tarqamagan.
“Nizom Komil balki barmoq-aruzni tushunmasligi mumkin, farqlamasligi mumkin lekin ijod qilishdan toʻxtab qolmadi. U shunday shoir, ijodga tashna.” - deydi.
Erkin Vohidov ustozlari oʻrtasida ham oʻz shogirdlari singari yaqinlik, hazil-mutoyiba, samimiylik bir. Ozod Sharafiddinovga hazil bilan gapirishni oʻzi boʻlmagandir. Shuning uchun ustozining aytgan gaplarini shundoqqina qizga sheʼr qilib tushurib qoʻygan boʻlsalar kerak. "Ustoz, biz sizni juda qadrlaymiz" oʻzi ham samimiy kulib eslar ekan, ustozi Ozod domlani yuksak qadrlaydi.
Taniqli professor, shevashunos olim - Yoqub Gʻulomov Toshkent shevasida dars oʻtgani uchun:
Tilimizda "votti-votti"
Asta-sekin yoʻqolvotti.
- deb sheʼr yozganini eslaydi, hatto Yoqub ustoz shu jumlalar uchun imtihondan ham ozod qilganliklarini suyunib eslaydi.
Erkin Vohidov hatto xasta paytida ham hazil-mutoyibani oʻrnida qoʻllagan. Taniqli vrach Erkin Qosimov sheʼr soʻrab iltimos qilganlarida - yotgan holatida boʻlib turgan voqeyalar orqali ajoyib sheʼr dunyoga keladi.
Chumchuqlar derazada,
Chumchuqlarga maza-da
Ogʻriydigan boshi yoʻq,
Oʻt qopida toshi yoʻq.
Vrach bu sheʼrni shunchalik tez tarqatadiki, hatto bir necha bor chop etilgan sheʼrlaridan ham tez tarqalib ketadi.
Bir soʻz bilan aytganda Erkin Vohidov ustoz va shogirlikni yuksak darajada qadrlagan shogirdlikda ham ustozlikda ham alohida oʻchmas iz qoldirgan, ilmu salohiyatli, xalqning ichidan sayqallanib chiqgan oliy fazilatli bebaho shaxsdir.

Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. Erkin Vohidov Tanlangan asarlar "Sharq" Nashriyot-matbaa toshkent-2018. 650-664-b

  2. Erkin Vohidov “So’z chamani”. Toshkent Akademnashr 2020

Keldiyorov Amir Tirkash o’g’li
O'zMUning Jurnalistika fakulteti 2-bosqich talabasi
Download 19,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish