Mavzu: 3-laboratoriya mashg'uloti: Hasharotlarning tashqi tuzilishini yashil bronza qo'ng'izi misolida o'rganish.
Maqsad: Ta'limiy: qo'ng'iz, chigirtka, tut ipak kurti misolida hasharotlarning va ular g'umbaklarining tashqi tuzilishini kuzatish, ko'payish va rivojlanishi bilan tanishish, mustaqil ish bajarish ko'nikmalarini rivojlantirish.
Tarbiyaviy: O'quvchilarning ilmiy dunyo qarashini kengaytirish, ekologik va iqtisodiy tarbiya berish.
Rivojlantiruvchi: o`quvchilarning botanika fani haqidagi bilim va tasavvurlrini kengaytirish.
O'tish usuli: Tushuntirish, suhbat, ko'rsatmalilik.
Dars jihozi: hasharotlar turkumi vakillari kolleksiyasi, Tut ipak qurti rivojlanishi kolleksiyasi, preparoval to'plam (qaychi, pinsetlar, preparoval nina), lupa.
Darsning borishi:
I
|
Tashkiliy qism
|
2 daqiqa
|
II
|
Yangi mavzu bayoni
|
30 daqiqa
|
III
|
Darsni mustahkamlash va yakunlash
|
10 daqiqa
|
IV
|
Uyga vazifa
|
3 daqiqa
|
I. 1. Salomlashish. 2.Davomatni aniqlash. 3.O'quvchilarni darsga tayyorlash.
II. Ishni bajarish tartibi
Tilla qo'ng'iz qo'lga olinib, tuzilishi kuzatiladi, tanasi ehtiyotkorlik bilan silab ko'riladi. Tanasining qalin, mustahkam, tashqi qoplagichining himoya vositasi ekanligi kuzatiladi.
Tilla qo'ng'iz tanasining o'lchami chizg'ich yordamida aniqlanadi.
Qo'ng'iz tanasi bo'limlari o'rganiladi.
Tilla qo'ng'izning bosh qismida qanday organlari borligiga e'tibor beriladi.
Lupa yordamida uning mo'ylovlari ko'rib chiqiladi; ular soni, vazifasi va shakli o'rganiladi.
Tilla qo'ng'izning bosh qismida ikki yon tomonlaridagi ko'zlarini topib, uning tuzilishiga e'tibor beriladi.
Lupada og'iz va sezgi mo'ylovlari ko'rib chiqiladi. Bosh qismining oldingi
tomonidagi ko'ndalang plastinkasimon yuqorigi labi va uning orqa qismida og'iz teshigining ikki yoni va pastki tomonidan o'rab turgan ikki juft (yuqorigi va pastki) jag'lari va pastki lablarini ko'rib o'rganiladi.
Pastki jag va pastki lablaridagi bir juft o'simtalarini topib, ularning nomi, vazifasi va tuzilishi o'rganiladi.
Tilla qo'ng'izning ko'krak qismi tuzilishi aniqlanib; oldingi, o'rta va orqa ko'krakdagi juft oyoqlarini topib, ularning soni hisoblanadi, oyoqlari tuzilishi o'rganiladi.
Tilla qo'ng'izning ko'krak qismi ustki tomonidan faqat birinchi juft ko'krak qismiga, qolgan qismlari qattiq qanot ustligi bilan qoplanganligiga etibor beriladi. Qalin qanot ustligini pinset yordamida ko'tarib, ikkinchi juft - yupqa pardasimon qanoti ko'rib chiqiladi.
Tilla qo'ng'iz tanasining qorin qismi ko'rib chiqiladi. Qorin qismida segmentlar topilib, ularning soni aniqlanadi.
Qorin segmentlari har birining chetida uncha katta bo'lmagan teshikcha (stigma)lar borligi aniqlanadi, ularning hasharotlar hayotida qanday ahamiyatga egaligi tushuntiriladi.
Tilla qo'ng'izning tashqi tuzilishini kuzatib, tahlil qilinadi, xulosalar daftarga
yozib olinadi.
Tut ipak qurtining rivojlanish bosqichlari "Tut ipak qurtining rivojlanishi"
kollektsiyasi orqali tuxum - lichinka - g'umbak - kapalaklik davirlari o'rganiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |