Mavzu: Tashqi tuzilishi, skeleti, suzgich pufagi Maqsad: Ta'limiy


Mavzu: 3-laboratoriya mashg'uloti



Download 0,55 Mb.
bet70/76
Sana18.03.2022
Hajmi0,55 Mb.
#500485
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   76
Bog'liq
7 konspekt zoologiya 2-qism

Mavzu: 3-laboratoriya mashg'uloti: Hasharotlarning tashqi tuzilishini yashil bronza qo'ng'izi misolida o'rganish.
Maqsad: Ta'limiy: qo'ng'iz, chigirtka, tut ipak kurti misolida hasharotlarning va ular g'umbaklarining tashqi tuzilishini kuzatish, ko'payish va rivojlanishi bilan tanishish, mustaqil ish bajarish ko'nikmalarini rivojlantirish.
Tarbiyaviy: O'quvchilarning ilmiy dunyo qarashini kengaytirish, ekologik va iqtisodiy tarbiya berish.
Rivojlantiruvchi: o`quvchilarning botanika fani haqidagi bilim va tasavvurlrini kengaytirish.
O'tish usuli: Tushuntirish, suhbat, ko'rsatmalilik.
Dars jihozi: hasharotlar turkumi vakillari kolleksiyasi, Tut ipak qurti rivojlanishi kolleksiyasi, preparoval to'plam (qaychi, pinsetlar, preparoval nina), lupa.
Darsning borishi:

I

Tashkiliy qism

2 daqiqa

II

Yangi mavzu bayoni

30 daqiqa

III

Darsni mustahkamlash va yakunlash

10 daqiqa

IV

Uyga vazifa

3 daqiqa



I. 1. Salomlashish. 2.Davomatni aniqlash. 3.O'quvchilarni darsga tayyorlash.
II. Ishni bajarish tartibi

  1. Tilla qo'ng'iz qo'lga olinib, tuzilishi kuzatiladi, tanasi ehtiyotkorlik bilan silab ko'riladi. Tanasining qalin, mustahkam, tashqi qoplagichining himoya vositasi ekanligi kuzatiladi.

  2. Tilla qo'ng'iz tanasining o'lchami chizg'ich yordamida aniqlanadi.

  3. Qo'ng'iz tanasi bo'limlari o'rganiladi.

  4. Tilla qo'ng'izning bosh qismida qanday organlari borligiga e'tibor beriladi.

  5. Lupa yordamida uning mo'ylovlari ko'rib chiqiladi; ular soni, vazifasi va shakli o'rganiladi.

  6. Tilla qo'ng'izning bosh qismida ikki yon tomonlaridagi ko'zlarini topib, uning tuzilishiga e'tibor beriladi.

  7. Lupada og'iz va sezgi mo'ylovlari ko'rib chiqiladi. Bosh qismining oldingi
    tomonidagi ko'ndalang plastinkasimon yuqorigi labi va uning orqa qismida og'iz teshigining ikki yoni va pastki tomonidan o'rab turgan ikki juft (yuqorigi va pastki) jag'lari va pastki lablarini ko'rib o'rganiladi.

  8. Pastki jag va pastki lablaridagi bir juft o'simtalarini topib, ularning nomi, vazifasi va tuzilishi o'rganiladi.

  9. Tilla qo'ng'izning ko'krak qismi tuzilishi aniqlanib; oldingi, o'rta va orqa ko'krakdagi juft oyoqlarini topib, ularning soni hisoblanadi, oyoqlari tuzilishi o'rganiladi.

  10. Tilla qo'ng'izning ko'krak qismi ustki tomonidan faqat birinchi juft ko'krak qismiga, qolgan qismlari qattiq qanot ustligi bilan qoplanganligiga etibor beriladi. Qalin qanot ustligini pinset yordamida ko'tarib, ikkinchi juft - yupqa pardasimon qanoti ko'rib chiqiladi.

  11. Tilla qo'ng'iz tanasining qorin qismi ko'rib chiqiladi. Qorin qismida segmentlar topilib, ularning soni aniqlanadi.

  12. Qorin segmentlari har birining chetida uncha katta bo'lmagan teshikcha (stigma)lar borligi aniqlanadi, ularning hasharotlar hayotida qanday ahamiyatga egaligi tushuntiriladi.

  13. Tilla qo'ng'izning tashqi tuzilishini kuzatib, tahlil qilinadi, xulosalar daftarga
    yozib olinadi.

  14. Tut ipak qurtining rivojlanish bosqichlari "Tut ipak qurtining rivojlanishi"
    kollektsiyasi orqali tuxum - lichinka - g'umbak - kapalaklik davirlari o'rganiladi.




Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish