Movarounnaxrlik buyuk tasavvuf vakillari.
Tasavvuf xarakati arab mamalakatlarida vujudga kelib, sungra boshka mamlakatlarda, jumladan Movarounnaxrda keng tarkalgan. Urta Osiyoda Yassaviya, Kubroviya, Nakshbandiya kabi sufiylik tarikatlari shakllandi va shu erdan boshka ulkalar xalklari orasida keng yoyilgan.
1. Xakikatan xam tasavvuf rivojida Turkiston farzandlarining xizmati bekiyos bulgan. Xoja Xakim at-Termiziy, Shayx Abu Mansur al-Motrudiy, Xoja Abduxolik Gijduvoniy, Xoja Axmad Yassaviy, Najmiddin Kubro, Sulaymon Bakirgoniy, Baxouddin Nakshband kabi siymolar iloxiy ma’rifat yulining raxnomolari bulganlar. Tasavvuf yulida riyozat chekkan buyuk shayxlarning Islom dunyosidagi soni 644 nafar bulib, shulardan 100 dan ortigi Turonzamindan chikkan. Ular yaratgan ta’limot va ilgari surgan ma’naviy-axlokiy, ma’rifiy goyalar xozirda xam uz axamiyatini yukotgan emas. Biz bu urinda Axmad Yassaviy, Najmiddin Kubro, Baxouddin Nakshbandlarning faoliyati va ta’limotlari xakida fikr yuritishni lozim topdik.
Axmad Yassaviy – Turkistonda shakllangan tasavvufning yirik nomoyondalaridan biri. Yassaviy donishmand, shoir, Yassaviylik tarikatining asoschisi. Sayramda Ibroxim ota oilasida dunyoga kelgan. Manbalarda 1105-1166G67 yillarda yashaganligi kayd etilgan. U Buxoroda Abduxolik Gijduvoniy bilan birgalikda mashxur shayx, tasavvufning yirik vakili Yusuf Xamadoniydan tasavvufdan sabok olgan. Sungra Turkistonga kaytib, mustakil Yassaviya tarikatiga asos solib, uz ta’limoti buyicha muridlar tarbiyalagan. Mazkur tarikatda murid amal kilishi shart bulgan unta koida, talab mavjud. Ular asosan shayx va murid urtasidagi munosabatlarga oid.
1. Yassaviy el orasida katta obru orttirib, avliyo deb uluglangan. «Madinada – Muxammad, Turkistonda - Axmad» degan ovozlar tarkalgan. U Yassida vafot etgan. Mozori mukaddas kadamjoga aylangan. 1395-1397 yillarda Amir Temur Yassaviyning kabri uzra maxobatli makbara kurdirgan. Axmad Yassaviy islom axkomlarini turkiy xalklar orasida yoyilishiga katta xissa kushdi. U uz xikmatlarida ishk, poklik, xalollik, yolgondan saklanish, kishi moliga xiyonat kilmaslik, tugrilik kabi insoniy fazilatlar xakida kuyladi. U turkiy tasavvuf adabiyotida uziga xos maktabga asos soldi. Turkiy dunyoda biror sufiy shoir yukki, unga ergashmagan, undan urganmagan bulsin. Axmad Yassaviyning tasavvufiy karashlari uning «Xikmatlar» she’riy tuplamida berilgan. Unda insoniy goyalar, axlokiy pand-nasixatlar, islom dini akidalari va xadislarda ilgari surilgan ma’naviy-ma’rifiy fikrlar sodda uslub bilan, xalkona ravon tilda bayon kilingan. Yassaviy – tasavvufning mashxur va otashin kuychisi. Uning xikmatlarida iloxiy ishk uluglanadi. Alloxni tanish, uning ishkini idrok kilish, Xak vasliga erishish, undan boshka narsaga kungil kuymaslik xakida fikr yuritiladi. Yassaviy inson xayotidagi katta kurash-nafs extiyojlarini taslim etish yulidagi kurash deb xisoblaydi. Nafs inson uchun katta yov, dushman deydi. Shu yovning boshini yanchgan, uni enggan, nafs extiyojlariga taslim bulmagan kishining gururi, insoniy kadr-kimmatini xech kim poymol kila olmaydi, deb bilgan.
Bu xakda uz xikmatlaridan birida shunday yozadi:
Nafs yuliga kirgan kishi rasvo bulur,
Yuldan ozib, toyib, tuzib gumrox bulur.
Yotsa-tursa shayton bilan xamrox bulur…
Nafsni tebgil, nafsni tebgil ey badkirdor, - deb xitob kiladi.
Yassaviy nafsni insondagi ichki katta dushman, u insondagi butunlikni, iymonni sindiradi deb kursatadi. «Xikmat» larda poklik, xalollik, tugrilik, etim-esir, beva-bechora, yuksil, gariblarga gamxur bulish lozimligini aytib, shunday deydi:
Gariblarni kurgan erda ogritmangiz,
Etimlarga achchiglanib suz kotmangiz.
Zaif kurib gariblarga tosh otmangiz,
Bu dunyoda gariblikdek balo bulmas.
Axmad Yassaviy nodonlikni xam keskin tankid etgan. Nodonlik shunchaki lokaydlik, befarklik, ilmsizlik, joxillikkina emas, balki riyokorlik, ilmga amal kilmaslik, Alloxni aldash, munofiklikdir. Nodon bilan duzaxda xam birga bulish mumkin emas. Undan duzox xam xazar kiladi, u xalkning kulfati, aklning jallodi, deb biladi.
Duo kiling nodonlarni yuzun kumay,
Xak taolo rafik bulsa bir dam turmay.
Bemor bulsa nodonlarni xolin surmay,
Nodonlardin yuz ming jafo kurdim mano.
Shunday kilib, Yassaviy «Xikmatlar» ida insonga xos bulgan barcha ijobiy xislatlar uluglanadi, salbiy illatlar koralanadi, mexr-muruvvat, ishk, sadokat, adolat tarannum etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |