5) Yassaviya tariqati
Bu tariqat ulug‘ mutasavvif Xoja Axmad Yassaviy raxmatulloxi alayxning nomi bilan atalgan. U kishi 562 xijriy sanada vafot etganlar. Xoja Axmad Yassaviy raxmatulloxi alayx shayx Yusuf Xamadoniyning xalifalaridan bo‘lganlar. U kishi Buxoroda taxsili ilm qilganlar. Yassaviylik tariqati silsila jixatidan naqshbandlikka aloqadordir. Bu tariqatda zikr jaxriy bo‘ladi.[3]
6) Kubroviya tariqati
XII asrda Markaziy Osiyoda vujudga kelgan yana bir yirik tasavvufiy tariqat “Kubroviya” musulmon olamidagi eng zabardast mutasavvif donishmandlardan biri Shayx Najmiddin Kubro nomi bilan bog‘liqdir. Uning to‘liq ismi Axmad ibn Umar Abdul Jannob Najmiddin al-Kubro al-Xivaqiy al-xorazmiy bo‘lib 1145-1146 yilda Xivaq shaxrida dunyoga kelgan. Najmiddin Kubro o‘z davrida “Shayxi va litarosh”, ya’ni “valilar tarbiyalaydigan shayx” nomi Bilan xam mashxur bo‘lgan.
Najmiddin bolalik paytidayoq ilm istab Misr o‘lkasiga ravona bo‘ladi. Misrda u Ruzbexon Vazon al-Misriy (1188y vafot etgan) ismli olim dargoxida ta’lim oladi. Al-Misriy esa mashxur mutasavvif donishmand Abu Najib as Suxravardiydan ta’lim olgan va uning qo‘lidan xirqapush bo‘lgan Ismoil Qasriy (1198y vaf.etgan) kabi ulkan mutasavvif donishmandlardar tasavvufga oid ko‘pgina zoxiriy va botiniy ilmlarni egallaydi.
Unga Misrdagi Shayx Ibroxim “Najmiddin” degan nom bergan bo‘lsa, Tabrizdagi Shayx Ismoil Qasriy “Kubro” ya’ni “ulug‘” laqabini beradi. So‘ngra u vatani –Xorazmga qaytib kelib xonaqox quradi, shogirdlar tarbiyasiga kirishadi. “Kubroviya” yoki “Zaxobiya” tariqatiga asos soladi. Bu tariqat xadis va shariatga tayangan bo‘lib, o‘z davrida Xuroson, Mavorounnaxr, Hindiston va boshqa musulmon mamlakatlari xalqlari orasida keng tarqaladi.
Mazkur tariqat soliqlari (A’zolari) orasidaZikrning ovoz chiqarmasdan (xufiya) ijro qilish usuli joriy bqlgan.
Najmiddin Kubroning keyingi xayoti o‘ta og‘ir, shiddatli va murakkab sharoitda kechadi. Bu davrda mo‘g‘ullarning Markaziy Osiyoga qilayotgan xamlalari kuchayib Chingizxon lashkarboshilari Mavorounnaxrdagi yirik shaxarlarni birin-ketin befyov bosib olayotgan edilar.
1221 yilning iyul oyida Chingizxonning lashkarbrshilaridan biri Xulaguxonga qarshi 76 yoshlik keksa Shayx Najmiddin Kubro xalq orasidan lashkar to‘playdi, qo‘liga nayza ushlab,duoyi fotixalar o‘qib, ajoyib-g‘aroyib mo‘’jizalar ko‘rsatadi. Urganch qal’asini bir necha kun dushman xamlasidan saqlab turadi. Ushbu shiddatli jang paytida (1221 yilda) Shayx Najmiddin Kubro mo‘g‘ul bosqinchilari tomonidan vaxshiyona qatl qilinadi.
Najmiddin Kubro arab va fors tillarida “Risolat min muallifot ash – Shayx –ul – millat va ad-din al - Kubro” “Sharxi risolayi odob-ul-Zokiriyn”
“Risolayi Shayx Najmiddin ”kabi qimmatbaxo asarlar yozib qoldirgan bo‘lib,mazkur asarlar O‘z FA Abu Rayxon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutining qo‘lyozmalar xazinasida saqlanmoqda. Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra Kubro asarlarining soni 8 yoki 10 tadan oshadi.Ular dunyoning turli yurtlaridagi kutubxonalarda saqlanmoqda.Shayx Kubroning Vatanparvarlik xaqidagi fikrlari xam g‘oyatda muxim dolzarb va ibratomuzdir. U “Vatan deb, uning ximoyasi yo‘lida shaxid bo‘lmoq,shaxodat jomini no‘sh aylamoq-Xudo vasliga noil bo‘lmoqdur!” deb yozgan va Urganch qal’asini dushmanlardan ximoya qilayotib,jasurona shaxid bo‘lgan. O‘z ona tuprog‘ini ximoya qilib, bir qo‘lida qilich, ikkinchi qo‘lida tasbex ushlab,xaloyiqni Vatan dushmanlariga qarshi xaet-mamot kurashiga ilxomlantirgan buzrukvor, otashnafas Shayximiz biz uchun g‘oyatdda qimmatli va azizdur.[4]Yassaviy va Xojagon (Naqshbandiya) xamda boshqa yirik tasavvufiy tariqatlarda va ko‘rinishlarda ifodalangan xalollik, poklik, mexr-shafqat, muruvvat, futuvvat, mexnatsevarlik, faollik, xudojo‘ylik, xurfikrlilik kabi muxim umuminsoniy axloqiy qadriyatlar Shayx Kubro ta’limotida xam yaqqol ko‘zga tashlanadi. Ayniqsa Kubroviya ta’limotidagi muruvvat, futuvvat, javonmardlik, vatanparvarlik, va inson kamoloti kabi ezgu qimmatbaxo axloqiy qadriyatlar bizning zamonimizda xam o‘z qiymatini yo‘qotmaydi deb o‘ylaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |