XOJA UBAYDULLOH AHROR
Bu zot Toshkent shahrining Bog‘iston nomli dahasida 806 hijriy sana -1404 milodiy sanada dunyoga kelganlar. 893 hijriy sana -1490 milodiy sanada vafot etganlar.
Xoja Ubaydulloh Ahror rahmatulloh alayh bo‘ulari uzun, ranglari qoramtir va soqollari katta hamda oppoq zot edi. U kishi soqollarinng orasida ba’zi qora tolalar ham bor edi. U kishining suhbatlariga to‘yilmasdi. Shogirdlari darslarini baxt va saodatga g‘arq bo‘lgan holda o‘tkazar edilar. U kishi hozir va botin ilmlarni puxta egallagan edilar.
Xoja Ubaydulloh Ahror rahmatulloh alayhning nurli yuzlarini ko‘rgan kishi u kishining haqlariga duo qilar va maqtovlar aytar edilar. U kishining so‘zlari va she’rlari tariqatga hujjat edi.
Xoja Ubaydulloh Ahror rahmatulloh alayh hazratlari Umar roziallohu anhuning nasabidan edi.
Xoja Ubaydulloh Ahror rahmatulloh alayhning muborak hayotlarini o‘rgangan tarixchilarning ta’kidlashicha, u kishi tug‘ilganlaridan keyin to onalari nifosdan pok bo‘lib g‘usl qilmagunlaricha emmaganlar.
Xoja Ubaydulloh Ahror rahmatulloh alayh yoshlik chog‘laridan boshlab shariat va tariqat ilmlarini puxta egallay boshladilar. Bu borada ko‘pchilik u kishiga havas qilar edi. U kishining bobolari o‘z zamonasining qutblaridan edi. Xoja Ubaydulloh Ahror rahmatulloh alayh 22 yoshlarida tahsili ilmni tamomlash maqsadida Samarqandga bordilar. U zot mazkur shaharda ikki yil davomida zo‘r ishtiyoq bilan tahsili ilm qildilar.
Xoja Ubaydulloh Ahror rahmatulloh alayh 24 yoshlarida o‘sha vaqtning ulug‘ mashoyixi Sayyid Qosim Anvar, Mavlono Sharofuddin Xomush, Xoja Sirjiddin Piri Chishtiy, Mavlono Shoshiy, Xoja Alouddin G‘ijduvoniy va Mavlono Hisomiddin Porso kabilarning majdlislari va suhbatlarida bo‘lib ulardan fayz oldilar.
Keyinroq Xoja Ubaydulloh Ahror rahmatulloh alayh Xoja Alouddin Attor hazratlarining marqadlarini ziyorat qilish uchun G‘ijduvonga bordilar. So‘ngra Xoja Yaqub Charxiy rahmatulloh alayhning huzurlariga borib u kishiga qo‘l berdi. U kishining xizmatlarida uch oy bardavom bo‘ldilar. O‘sha erda sayri suluk ilmini tamom egalladilar. Keyin Mavlono Charxiy rahmatulloh alayhning iznlari ila Shoh Naqshband hazratlarining Buxoro va boshqa yurtlardagi barcha halifalarni ziyorat qildilar. Xoja Ubaydulloh Ahror rahmatulloh alayh ul azizlarning suhbatlarida bo‘lib, fayzlarga sherik bo‘ldi.
Xoja Ubaydulloh Ahror rahmatulloh alayh 29 yoshlarida Toshkentga qaytib, olgan ilm va tajribalarini boshqalarga ulasha boshladi. U kishi halol rizq topshi maqsadida ziroatchilik bilan mashg‘ul bo‘ldilar.
Xoja Ubaydulloh Ahror rahmatulloh alayh Samarqand shahrida, 893 hijriy sananing Rabi’ul avval oyida vafot etdilar. Hozir u zotning qabrlari yaqinida ismlari bilan ataluvchi jome’ masjidi ham ishlab turibdi.
Xoja Ubaydulloh Ahror rahmatulloh alayh silsila omonatini mavlono Ya’qub Rarxiy hazratlaridan olgan. Shuningdek, Abdulxoliq G‘ijduvoniy, Shoh Naqshband va Alouddin Attor rahmatullohi alaylardan ma’naviy ozuqa olganlar.
Islom dini ilmi va madaniyati ravnaqiga o‘lkan hissa qo‘shgan muhaddislar Imom Buxoriy, Imom Termiziy, kalom ilmining yirik namoyandasi Abu Mansur Motrudiy, faqihlar Burhoniddin Marg‘inoniy va Abul Barokat Nasafiy, tasavvuf ilmining buyuk mutafakkirlari Abduxoliq G‘ijduvoniy, Ahmad Yassaviy, Bahouddin Naqshband kabilar «Ruh», «dil-qalb». «iymon», «e’tiqod» tushunchalarini islomning o‘zak negizi deb bilib, ularning mohiyati ochib berishga urindilar.
Quroni karimning «Al-Isro» surasining 85-oyatida ham Ruh inson zotiga ato etilgan ilohiy xislat ekanligi bayon etiladi: «Ey Muhammad, sendin Ruh haqida so‘raydilar, aytgil va ul zot bu ilmdan istagan bandasiga ozgina ato qiladi».
Do'stlaringiz bilan baham: |