1
Andijon Davlat Universiteti
Tarix fakulteti 3-“A” guruh talabasi
Abdullayeva Durdananing
Tarix o’qitish metodikasi fanidan
bajargan mustaqil ishi.
Mavzu: Tarix darslarida tafakkur, malaka va
ko’nikmalarni hosil
qilish va uning ahamiyati
Bajardi : D.Abdullayeva
Tekshirdi : A.Alisherov
Andijon - 2016
2
Reja:
I. Kirish
II. Asosiy qism.
1. Tarix darslarida tafakkur, ko’nikma va
malakalarni hosil qilish va uning ahamiyati.
2. Tarix darslarida ko’nikma va malakalarni
hosil qilishda pedagogik texnologiyalarning
ahamiyati.
3.Tafakkurni shakllantirishda sinfdan tashqari
ishlarning roli,
III. Xulosa
IV. Adabiyotlar ro’yhati.
3
Kirish
Ma’lumki, 1997 yil 29 avgust kuni O’zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisining 1X sessiyasida O’zbekiston Respublikasi "Ta’lim to‘g‘risida"gi
Qonuni va Kadrlar tayerlash Milliy dasturi qabul qilindi. Bu ikki xujjat xar bir
o‘qituvchi, murabbiy va xalq ta’limi xodimining o’z vazifalarini bajarishda
dasturilamal bo‘lib qoldi.
Mustaqillik sharofati bilan biz xuquqiy demokratik davlat qurayotgan
ekanmiz, shu bosqichda tarix o‘qitishni yanada takomillashtirib borish, o‘qitish
jarayonini uning ob’ektiv ravishda amal qiluvchi qonuniyatlarini aniq va
mukammal bilib olish, bu qonuniyatlardan xuquqiy demokratik jmaiyatning faol va
ongli quruvchisi tayyorlab yetishtirish maqsadida to‘g‘ri foydalanish zarurdir.
Chunki o‘qituvchi jamiyatning yosh avlod ta’lim-tarbiyasiga qo’ygan ijtimoiy
buyurtmaning asosiy ijrochisidir.Aynan o’qituvchi murabbiylar inson qalbiga yo’l
topadi.
1
Respublikamiz prezidenti I.Karimov xozirgi paytda o‘qituvchilar oldiga
davlat va jamiyat qo’ygan talablarni quyidagicha bayon kilib berdi.
"Tarbiyachi - ustoz bo‘lish uchun, boshqalarninng aql idrokini o’stirish,
ma’rifat ziyosidan baxramand qilish, haqiqiy fuqaro etib yetishtirish uchun eng
avvalo tarbiyachining o‘zi aynan shunday yuksak talablarga javob berishi, ana
shunday buyuk fazilatlarga ega bo‘lishi kerak."
Mavzuning dolzarbligi. Tarix fan sifatida insoniyat jamiyati paydo bo’lganidan
hozirgi kungacha rivojlanib kelmoqda. Tarix fani insoniyatning o’tmish taraqqiyoti
to’grisidadi fan bo’lib, tarix o’qitish tizimi juda muxim sanaladi. Chunki tarix
shaxs va jamiyatning tarixiy xotirasi, ongi, tafakkurini shakllantirunchi asosuy
vosita xisoblanadi,
Prezidentimizning ’’Tarixiy xotirasiz kelajak
yo’q’’ asari xam buning yaqqol misolidir. Jamiyat shaxsning tarixiy tafakkurini va
malakasini shakllantiradi.
1
I.A.Karimov – “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” Toshkent “Ma’naviyat”
4
Tadqiqot maqsadi. Maktabda tarix fanini o’qitish metodikasini takomillashtirish
o’quvchilarda tafakkurni shakllantirish va ko’nikmalarini shaklantirishda muxim
ahamiyatga ega. O’quvchilarda tarixiy ong va tarixiy xotirani shakllantirish asosida
o’quvchilarda o’zlikni anglash amalga oshadi.
Tadqiqot vazifalari. Tafakkur va malakalarni tarixiy shakllarini tahlil qilish.
Tarix fanini yoritishda zamonaviy innavatsion texnologiyalarning ahamiyatini
yoritish.
Tarix fanini o’qitish va yoritishda ma’naviy tarbiyaviy uslublarning o’rni.
Ilmiy yangiligi. O’rta maktabning tarixni o’qitishni metodik muommolarni ilmiy
adabiyotlarda tadqiq etildi,
Tafakkur, malaka va ko’nikmalarni shakllantirishda tarix fanining ahamiyati ortib
bordi.
Tatqiqotning ilmiy va amaliy ahamiyati. Maktabda tarix fani o’qituvchilari tarix
darslarini o’tishda, tarix o’qituvchisini nazariy va amaliy bilimlarini
mustaxkamlashda o’quvchilarning tafakkurini shakllantirish va milliy g’oya ruxida
tarbiyalashda ; muloqat, davra suhbatlari, nazariy-metodik tarbiyalarning ahamiyati
juda katta.
Ushbu kurs ishi umumta’lim maktablarida tarix fanini o’qitishda dolzarb mavzu
hisoblanadi. Shu bilan birga o’qyvchilarni dunyoqarashini o’stirish, mantiqiy
fikrlashni muhim omili ekanligi, bilim , tushuncha va hukm chiqarish kabi
tafakkur komponentlarini o’rganadi.
5
II. 1. Tarix darslarida tafakkur, ko’nikma va malakalarni hosil qilish va