II BOB. 1. Tarix darslarida tafakkur, ko’nikma va malakalarni xosil
qilishda pedagogik tehnologiyalarning ahamiyati.
Bugungi o‘qishga qiziqishlari borasida turlicha yondoshishlarning bir xil
emasliklari yaqqol kunda mamlakatimizning bozor iqtisodiga o‘tish munosabati
bilan o‘quvchilarni ko‘zga tashlanmoqda. YOshlarning o‘rab turgan ijtimoiy muhit
o‘quvchilar dunyoqarashida o‘z tamg‘alari bilan iz qoldirmoqda. Bunday sharoitda
tarix o‘qituvchisining vazifasi sinfda mavjud bo‘lgan barcha o‘quvchilar diqqat
e’tiborlarini ularga nisbatan differensiatsiya usulini qo‘llab, bir vaqtda ularning
hammalari uchun maqbul bo‘lgan tarixiy materialni bayon qilish bilan, ikkinchi
tomondan har bir o‘quvchining qiziqishlarini hisobga olgan holda unga individual
yondoshishga harakat qilmog‘i kerak.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, tarix darsining zamonaviy talabi mustaqil
O‘zbekiston Respublikasining yoshlar orasida olib boriladigan mafko‘raviy ishlar
vazifalariga mos kelishi, tarix o‘rganishning turmush bilan aloqasini
bog‘langanligida, O‘zbekiston kelajagi buyuk davlat bo‘lishini nazariy va amaliy
ishlar bilan bog‘lab olib borishga yo‘naltirilgan bo‘lmog‘i kerak.
Inson bilimi cheksiz bo‘lmaganidek tarix o‘qitish uslubiyati, ayniqsa tarix
darslari turlari ham jamiyat taraqqiyoti va ilmiy-texnikaviy inqilob jarayonida
18
yangidan yangi tur variantlar bilan boyib borishi zarurligini, umuman ta’lim
nazariyasi va uslubiyati bir joyda tepsinib turmasdan dialektik harakatda bo‘lishini
unutmaslik kerak. Zamonaviy tarix darslarining turlari -seminar darsi, muammoli
darslar, ekskursiya darslari. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov
asarlarini o‘rganishga bag‘ishlangan maxsus darslar, kollokvium va teledarslar
didaktikaga faol kirib kelayotganligini va dars samaradorligini oshirish bilan birga
o‘quvchilar bilim doiralarini beqiyos rivojlantirib borishda munosib hissa
qo‘shayotganligini ham tabiiy bir hol deb qarash kerak. SHuni alohida qayd etib
o‘tish lozimki, O‘zbekiston Respublikasi tarix darsiga bo‘lgan umumiy pedagogik
va didaktik talablar asosida zamonaviy dars varianti ekprimental tajribalar asosida
ishlab chiqish shu kunga qadar biron tadqiqotchi olim yoki praktik o‘qituvchining
ilmiy izlanish ob’ekti bo‘lmagan. Endilikda, Respublikamiz tarixchi-metodik
olimlari vazifalari mavjud pedagogik merosdan tarixning bugungi davri talabi
asosidan ilmiy-uslubiy va didaktik yo‘llarini yuqori saviyada ishlab chiqishdan
iboratdir.
Ilmiy-uslubiy va didaktik jihatdan to‘g‘ri tashkil etilgan tarix ta’lim dars
jarayonida samara beradigan turli-tuman shakl va usullardan operativ ravishda
foydalanishni taqozo etadi. Tarix o‘qitish deganda faqatgina o‘quvchini voqealar
to‘g‘risidagi hikoyani tinglash - u, kelgusi darsda uni o‘quvchilardan so‘rashgina
emas, balki, tarix o‘qitish jarayonida biz o‘quvchilarimizni fikrlash va tarixiy
voqealarni tahlil etish o‘rganilayotgan tarixiy material asosida xulosalar chiqarish
va ularni umumlashtirish, aniq tarixiy pozitsiyada turib tafakkur etish,
o‘rganilayotgan hamma mavzular va kursning etakchi g‘oyalarini ongli ravishda
mustahkam o‘zlashtirib olish, ularni tarixiy hujjatlar va ayniqsa O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti Islom Karimov asarlari, nutqlari matni ustida mustaqil
ishlab rejalar va konspekt, xronologik va sinxronologik jadvallar to‘zishga, ularni
tahlil etishga, qisqacha ma’ruzalar tayyorlashga, tarixiy xaritalar bilan ishlash va
to‘g‘ri tarixiy mo‘ljal olishga qunt bilan o‘rgatish jarayoniga aytiladi. Zamonaviy
tarix darsiga bo‘lgan talab nima bilan belgilanadi?
19
Birinchidan: Prezident I. Karimovning O‘zbekiston Respublikasi XV
sessiyasida so‘zlagan nutqida «Bizning asosiy boyligimiz, rivojlangan davlat
to‘zishga olib boradigan yo‘ldagi asosiy tayanchimiz insondir». YUksak malakali
va yuksak ma’naviyatli insondir. SHuningdek «yangi demokratik ta’lim
konsepsiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish lozim bo‘ladi. Bunda o‘zbek
xalqining va respublika hududida yashovchi boshqa xalqlarni milliy, tarixiy va
madaniy an’analari, ma’naviy tajribasi ta’lim va tarbiya tizimimizga uzviy
ravishda kiritilishi zarur» degan konsepsiyalari pedagoglarimizni tarix ta’limni
davr talabi darajasiga ko‘tarish yo‘lidagi muhim vazifalari bo‘lmog‘i kerak.
4
Ikkinchidan: Tarix ta’limi davomida o‘quvchi yoshlarni tarixiy bilim va
ko‘nikmalar bilan qurollantirib, ularni o‘tmishda va bugungi kunimizda sodir
bo‘layotgan ijtimoiy hodisalarni to‘g‘ri baholash va xulosalar chiqarish, «har bir
insonning ayniqsa endigina hayotga qadam qo‘yib kelayotgan yoshlarni ongiga
shunday fikrni singdirish kerakki, ular o‘rtacha qo‘yilgan maqsadlarga erishish
o‘zlariga bog‘liq ekanligini, ya’ni bu narsa ularning sobitqadam g‘ayrat-shijoatiga,
to‘la-to‘kis fidokorligiga va cheksiz mehnatsevarligiga bog‘liq ekanligini anglab
etishlari kerak. Xuddi shu narsa davlatimiz va xalqimiz ravnoq topishining asosiy
shartidir»- degan qatiy xulosaga olib kelsin.
Uchinchidan: Prezident Islom Karimovning O‘zbekiston Oliy Majlisining
1995 yil 30 avgustda qayd etib o‘tilganidek, «Odamlarimiz, jamiyatimiz
mafko‘rasida Vatan, yurt g‘oyasi ustida bo‘lmog‘i kerak». YA’ni, «Vatan
ko‘nglimizda bo‘lsa, Alloh ishimizga hamisha madadkor bo‘lg‘ay» (I.
Karimovning chaqirig‘i O‘zb. Res. Oliy Kengashi 12 sessiyasida 1993 yil 6 mayda
so‘zlagan nutqidan). Bundan muqaddas g‘oyani yoshlar ongiga aniq tarixiy
voqe’liklar asosida singdirib borish har bir tarix darsi va uning o‘qitadigan
o‘qituvchining muqaddas va bir vaqtda sharafli burchdir.
To‘rtinchidan: Tarix o‘qituvchisi o‘zining pedagogik faoliyatida ilmiy
bilimlarni tez suratlarda o‘sib borayotganligini albatta hisobga olmog‘i kerak.
Ilmiy texnika inqilobi davrida o‘quvchi yoshlar ham o‘z bilimlarini mustaqil holda
4
I. A. Karimov. O‘zbekiston o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li. Toshkent. O‘zbekiston; 1992 yil, 23 - bet.
20
uzluksiz takomillashtirib borishlari, ilmiy va siyosiy axborotlar oqimida to‘g‘ri
xulosa chiqarishga erishmoqlari lozim.
5
Hozirgi vaqtda o‘quvchi yoshlarning akseleratsiyasi, ya’ni bolalar
rivojlanishining tez suratlar bilan borishi, bu jarayon ularning ham aqliy, ham
jismoniy jihatdan rivojlanishlarida yaqqol namoyon bo‘layotganligini alohida
ta’kidlash lozim. Mustaqil yurt talablari yoshligidanoq radio, televidenie,
ro‘znoma, oynoma va turli kitoblar, informatsiya kanallari orqali ko‘p zamonaviy
ilmiy-texnikaviy yangiliklardan boxabar bo‘lmoqdalar. Bularning hammasi
o‘quvchi yoshlarning dunyoqarashlari qo‘lamini kengayishiga olib kelmoqda.
O‘quvchi o‘z uyida televidenie orqali, yoki kino-teatrda tarixiy mavzusidagi asarni
tomosha qilib, uning mazmuni bilan chuqur tanishishga muvaffaq bo‘lgani holda,
o‘qituvchi dars jarayonida faqatgina darslik material bilangina chegaralanayotgan
bo‘lsa, u holda o‘quvchida mazkur dars uchun hech qanday qiziqish paydo
bo‘lmaydi. Ana shunday inqirozli sharoitdan chiqib ketish uchun o‘qituvchi tarixiy
ta’limida emotsional mahoratini oshirib borib, o‘quvchilarni mavzuning
mazmuniga bo‘lgan qiziqishlarini oshirib borib, uning har tomonlama
mustahkamlanishiga erishmog‘i kerak.
Tarix darslari o‘quvchi yoshlarda shunday qat’iy tushunchani mustahkam
shakllantirmog‘i kerak, Prezidentimiz I. Karimov O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Kengashi XV sessiyasida alohida qayd etib o‘tganidek «Kelajak o‘z-o‘zidan
kelmaydi. U bugungi mashaqqatli mehnat bilan yaratiladi. Bugun yaratgan
narsamiz kelajakka ham o‘tadi. Agar bugun shoshilib nimanidir unutsak, kelajak
avlodlar o‘sha narsadan mahrum bo‘ladilar. Jamiyat madaniyatimiz, ma’naviy-
axloqiy qadriyatlarsiz yashay olmaydi. ularni pisand qilmagan jamiyat piravardi-
oqibat tanazzulga yuz tutadi» degan konsepsiya bilan yo‘g‘rilgan bo‘lmog‘i kerak.
Tarix darslari samaradorligini oshirib borish uchun o‘qituvchi tarix fanining
rivojlanib borishini sistemali ravishda kuzatib bormog‘i kerak. Ayniqsa yuqori sinf
o‘quvchilarini tarixdan chop etilayotgan yangi asarlar mazmuni bilan tanishtirib
5
I. A. Karimov. O‘zbekiston o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li. Toshkent. O‘zbekiston; 1992 yil, 23 - bet.
21
borishlari o‘quvchi yoshlarda tarix o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlarini yanada
o‘sishga olib keladi.
Umuman tarix darslarida ta’limning texnika vositalaridan foydalanish
darsning samorodorligini oshiradi. Texnika vositalari o‘qitish va o‘rganish sifatini
ko‘tarishga o‘quvchilarning o‘quv materialini qiziqib o‘rganishga va puxta
o‘zlashtirishiga xizmat qiladi.
Ekran ko‘rsatmaliligining o‘qituvchi uchun eng qo‘laylisi bu-diafilm va
dipozitivlardir. Tarixiy vaqealarni qamrab olish, syujetlarning har xilligi bo‘yicha,
tasviriy materiallarga boyligi bilan boshqalaridan ustun turadi.
Diapozitivlarni ko‘rsatish izchilligini o‘qituvchining o‘zi aniqlab
beradi. Kadrlarga tayanib o‘qituvchi hikoya qilish, tushuntirish va suhbat utkazish
mumkin. Agar texnik imkoniyatlar bo‘lsa ekranda ikkita kadrni ko‘rsatish
mumkin. Bunda masalan taqqoslash uchun, o‘zgarishlarni aniqlash uchun kerak
bo‘ladi, aytaylik shaharlarning kurinishida, mehnat kurslaridagi har xil tarixiy
davrlardagi o‘zgarishlar va hokozolarni ko‘rsatish mumkin bo‘ladi.
Maktab amaliyotida kodoskoplar foydalaniladi. U ekranda yoki sinf
doskasida matnlarni, sxematik rasm, chizilma, diagramma va h-ni ko‘rsatishda
qo‘llaniladi. Shuningdek, kodoskop bilan ishlashda xonani qarong‘ilotmoq talab
qilinmaydi. Bu o‘quvchilarning materialni nafaqat ko‘rishlarini balki matnlardan
kerakli joylarini daftarlariga yozib olishlariga ham imkon beradi. O‘qituvchi ham
o‘quvchilar bilan kontaktni yo‘qotmaydi.
Teleeshitirishlar, kinofilmlar qisqa vaqt ichida keng ma’lumot bera oladi.
Ular orqali tarixiy voqealar qatnashchilarining (aktyorlar ijrosida) jonli ovozini
eshita oladi. Telekursatuvlar filmlarga nisbatan (aktual) dolzarblikga ega. Ular
orqali ayniqsa o‘quvchilar yaqin vaqtlardagi voqealar bilan tanishib boradi.
Bularga nisbatan filmlarni ishlashning o‘ziga ancha vaqt ketadi.
Kinofilmni o‘quvchilarga ko‘rsatishdan oldin, o‘qituvchining o‘zi uni
sinchiklab ko’rib chiqishi va o‘rganishi lozim. Tarix o‘qitish tajribasida o‘quv
filmlaridan foydalanishning bir qancha usullari bor:
22
a) o‘qituvchi o‘z bayonini o‘quv filmining eng muhim va yorqin sahifalarini
ko‘rsatish bilan bog‘lab olib boradi;
b) 10-14 minutda qisqa o‘quv filmlariga bag‘ishlab dars o‘tkaziladi;
v) massus kino darslari tashkil etiladi.
O‘qituvchi darsda kinoparcha yoki teleko‘rsatuvni kirgazganda, ularning
bilim berish jarayonidagi funksiyasini aniq bilish kerak bo‘ladi.
Murakkab va ma’suliyatlisi, bu kinofilm, teleko‘rsatuvlarni mavzu bo‘yicha
asosiy bilim manbai sifatida qabul qilish ya’ni amalda buni tele ya’ni kinodars deb
atashadi. Bunga o‘qituvchi ham o‘quvchilar ham e’tiborsiz qaramasligi kerak va u
katta tayyorgarlikni talab qiladi. Dars oldidan o‘quvchilarni ekrandan qanday
ma’lumot olishlari kerakligini aytib, tushuntirilib, tayyorlanish ham yaxshi usul.
Unda film (ko’rsatuv) ko‘rish paytida bajarishlari lozim bo’lgan topshiriqlar berish
mumkin. Bunga film bo‘yicha savollar, reja tuzish (ular doskaga yozib qo‘yiladi)
kiradi. O‘quvchilar javob izlashi kerak. Ko’rish paytida bunday topshiriqlar
ko‘pincha yuqori sinf o‘quvchilariga beriladi.
Shuningdek, teleekran tarix o‘qitishda ko‘rsatmalilikning samaradorligini
yanada oshiradi. Tarix o‘qitish tajribasi teledars g‘oyaviy-tarbiyaviy va didaktik
jihatdan boshqa ko’rsatmali vositalardan ko‘ra ancha qulay va afzal ekanligini
isbotladi.
Shunday qilib o`quvchilar xotirasida saqlab qolishi kerak bo`lgan tarixiy materiallar
tarixiy bilimning ikkinchi muhim tarkibiy qismini tashkil etadi.O’qitish usuli deganda
ta’lim jarayonida o’qituvchi va o’quvchilarning ma‘lum maqsadga erishishga qaratilgan
birgalikdagi faoliyat usullari tushuniladi. Boshqacha qilib aytganda, o’qitish usullari har
ikkala faoliyatning ya’ni o’qituvchi tomonidan o’quvchilarni bilim, ko’nikma va
malakalar bilan qurollantirish, g’oyaviy axloqiy jihatdan tarbiyalash, ularda ilmiy
dunyoqarashning shakllantirish hamda o’quvchilar tomonidan o’sha nazarda tutilgan
ilmiy bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirish faoliyatida qo’llaniladigan usullarni
o’z ichiga oladi.
6
6
T.Toshpo’latov, Y.G’afforov – Tarix o’qitish metodikasi Toshkent 2002 30-48-bet
23
Tarix o’qitishning ko’rsatmali bo’lishining ta‘limiy va tarbiyaviy ahamiyati ham
katta. Avvalo, ko’rsatmali qurol o’quvchilarning bilim olishda muhim manba bo’lib
xizmat qiladi. Ko’rsatmali tasvirlar tarixiy fakt va hodisalarning tashqi
ko’rinishinigina emas, balki ularning ichki mohiyatini ham ochib beradi.Ko’rsatmali
qurollar o’quvchilarning murakkab tarixiy hodisalarini, tarixiy tushunchalarning
ma‘nosini osonroq tushunib olishlariga yordam beradi. Ko’rsatmali qurollar tarixiy
tushunchalarni shakllantirishga, ularning nazariy xulosalar va umumlashgan
yakunlarni, ijtimoiy rivojlanishning ob’yektiv qonuniyatlarini o’zaro aloqalarni
yaxshiroq tushunib olishlariga yordam beradi, shuningdek o’quvchilarni estetik
jihatdan tarbiyalashning muhim vositasi bo’lib ham xizmat qiladi.
Tarixni bilish jarayoni tarixiy faktlarni o‘zlashtirishdan boshlanadi.Tarixiy
faktlarni o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, ular hech qachon aynan
takrorlanmaydi. SHu bilan birga o‘quvchilar tomonidan alohida tarixiy faktlarni
bilib olish-tarixni o‘zlashtirdi degan tushunchani ifoda etmaydi. Faktlar orasida
mantiqiy aloqadorlik bo‘lmasa, u holda faktlarning oddiy majmuasi bilimlarni
formallashtiradi va tarixiy materiallarni ongli ravishda o‘zlashtirilishiga halaqit
beradi. SHunday qilib tarixni o‘rganish jarayonida faktlar shunchaki
o‘rganilmasdan, balki ular orasidagi zarur aloqalarni taqqoslash, aniqlash va
ma’lum darajada sistemalashtirib o‘zlashtirishni ta’min etmog‘i kerak.
Tarixiy faktlar ikki xil xarakterda bo‘lishi mumkin. Birinchidan, ayrim
tarixiy faktlar yagona voqeani aks ettirib, tarixda faqat ma’lum sharoitda bir
marotaba, ma’lum davrdagi shaxslarning ishtirokida, qat’iy chegaralangan makon
va zamonda sodir bo‘ladi.
Ikkinchidan tarixiy faktlar o‘zlarida ma’lum tarixiy davr yoki zamon
xususiyatlarini aks ettiradi.
2. Tarixiy bilimlarni izlashtirib borish jarayonida o‘quvchilar tafakkuri
konkretlikdan umumlashtirilgan jarayonga, yana qaytadan umumlashtirilgan
birmuncha yuqori darajadagi bilim asoslariga tayangan holda konkretlikka qarab
harakat qiladi. SHuning asosida o‘quvchiga ilgaridan ma’lum bo‘lgan faktlar va
ularga yondoshish, shuningdek, tarix ilmi taraqqiyoti munosabati bilan kashf
24
etilgan yangi faktlar, ashyoviy dalillarga yondoshish munosabatlari yangicha
tafakkur etiladi, asta-sekin takomillashib boradi. Bu jarayon o‘zbek xalqining o‘z
istiqloliga erishgan bugungi kunida, ayniqsa, katta ta’limiy va tarbiyaviy ahamiyat
kasb etadi.
Tarix
ta’limida konkretlikdan umumiylikka o‘tish va aksincha
umumiylikdan konkretlikka o‘tish oddiy aylanishgina bo‘lib qolmasdan, balki
o‘quvchilarni tarixiy bilimlarni hamda aqliy kamolotlarini oddiydan murakkabga
qarab muttasil rivojlanib borish jarayonidir.
O‘quvchilarda tarixiy bilimlarni shakllantirishda o‘quvchilarning o‘quv
faoliyatlariga o‘qituvchi tomonidan mohirlik bilan rahbarlik qilish alohida
ahamiyat kasb etadi.
Tarix o‘rganish samaradorligini oshirish asosan o‘quv jarayoniga to‘g‘ri
rahbarlik qilishdan iborat bo‘lib, bu jarayon asosan quyidagi holatlarni o‘z ichiga
oladi:
1.O‘quvchilarni bilish faoliyatlarini tarixiy bilim manbalari bilan ta’minlash.
O‘quvchilarga tarixiy bilim manbalarining asosiy poydevori va muhim tomonlarini
ilmiy asosda shakllantirish birinchi galda tarix o‘qituvchisining o‘zini ana shunday
bilimlarni nazariy va amaliy jihatdan egallashlarini, shuningdek, ana shu bilimlarni
o‘quvchilar ongiga etkaza bilishning optimal uslublari bilan qo‘rollangan
bo‘lmog‘i kerak.
2.O‘quvchilarni o‘rganiladigan tarixiy materialga nisbatan ruhiy holatlarini
yo‘naltira bilish, ularda tarixiy bilimlarga bo‘lgan qiziqishlarni faol uyg‘otib
borish, dars jarayonida o‘quvchilarni mustahkam, barqaror diqqat-e’tiborlarini
tashkil eta bilish, nihoyat ularda mustaqil tafakkur etish ko‘nikmalarini
shakllantirish kasb-hunar bilim yurti o‘quvchisining pedagogik faoliyatida asosiy
o‘rinni egallamog‘i kerak. Tarix o‘rganish jarayonidagi bu vazifalar
o‘rganilayotgan mavzuga turli vositalar yordamida yondoshishni taqozo etadi.
Darslik matndan tashqari mavzuga oid materiallarni tanlash, kurslararo va
predmetlararo aloqa bog‘lash, badiiy adabiyot va davriy matbuot asarlaridan
25
maqsadga muvofiq foydalanish o‘quvchilarning mavzu yuzasidan mustaqil
ishlarini faol tashkil etib borish shular jumlasidandir.
3. Dars jarayonida o‘quvchilar tomonidan tarixiy bilimlarni o‘zlashtirishga,
idrok etishga o‘qituvchining bevosita va sistemali rahbarlik qilishi mazkur
muammoni ijobiy hal etishning asosiy shartlaridan hisoblanadi. Mazkur o‘rinda
o‘qituvchidan o‘quvchilarni dars jarayonida o‘rganilayotgan mavzudagi asosiy
(yo‘naltiruvchi g‘oya, tayanch bilim) masalani, ya’ni bilishlari shart bo‘lgan tarixiy
masalani alohida qayd etishi, darslikda bo‘lsa turilicha yozuvlarda bayon etilgan
materialni, og‘zaki bayon etilgan bo‘lsa intonatsiyani, mavzuni bayon etish rejasini
to‘zishni, xaritada u yoki bu yo‘nalishlarini aniq ko‘rsatib berishni taqazo etadi.
Eng asosiysi o‘qituvchi bu jarayonda o‘quvchilarning darslik matni ustida ishlashi
bo‘lmasin, tarixiy hujjatlar, davriy matbuot, va badiiy adabiyot asarlarini mustaqil
tahlil etishni mustaqil faollashtirmog‘i lozim.
4. O‘qituvchi o‘quvchilarni tarixiy materialni bilish jarayonini hamma
bosqichlaridagi tafakkurlariga mohirlik bilan rahbarlik qilib bormog‘i lozim. Bu
rahbarlik birinchi galda yangi materialni bayon etishda, uni mustahkamlashda, uy
vazifasini bajarish va umumiy takrorlash darslarida o‘qituvchining diqqat
markazida bo‘lmog‘i kerak. Ayniqsa, o‘quvchilarning bilish tafakkurlarini idora
etish va boshqarish ular tomonidan nazariy masalalarni o‘zlashtirishda katta
ahamiyat kasb etadi. Mazkur o‘rinda kuzatilgan maqsad o‘quvchilar tarixiy
faktlardan olgan bilimlari majmuasidan aniq nazariy xulosa chiqarishga erishsinlar,
tarixiy faktlarning nazariy ifodasini mustaqil sharhlash imkoniyatiga ega
bo‘lsinlar.
5. O‘quvchilar bilimini mustahkamlash uchun ularni darsda va uy
vazifalarini bajarishdagi faoliyatlariga rahbarlik qilishni tashkil etish va ularda
tarixiy bilimlarni shakllantirishda alohida o‘rinni egallaydi.
6. O‘quvchilarni o‘quv faoliyatini tekshirish va ularga ma’lum
o‘zgarishlarni kiritib borish va ular olgan bilimlarnigina o‘z ichiga olmasdan, balki
ularning
tarixiy
bilimlarni
tafakkur
etish
qobiliyatlarini,
shuningdek,
dunyoqarashga doir tushunchalarini qanchalik o‘zlashtirib borish darajasini, tarixiy
26
materiallar bilan mustaqil ishlash qobiliyatlari, tarixdan olgan bilimlarini o‘qish
jarayonida va ayniqsa, kundalik ijtimoiy hayotlarida amaliy jihatdan operativ
ravishda qo‘llashlarini idrok etish va boshqarishda o‘z ifodasini topmog‘i lozim.
Tarix o‘rganish jarayonida tarixiy bilimlarni egallab borishda tarix darslarini
tematik rejalashtirish, o‘quv dasturi va qo‘llanmalari, darsliklarni rolini alohida
qayd etish lozim.
Xulosa qilib aytish mumkinkim, tarixiy fakt va bilimlarni aniq va o‘z
o‘rnida zarur bo‘lgan formada va usullarda qo‘llay bilish nihoyatda dolzarb
vazifasidir.
O‘zbekistonning o‘z istiqloliga erishganligi, tarixchi, tarixchi-metodist
olimlarimiz va tajribali maktab o‘qituvchilari oldida O‘zbekiston va Jahon tarixi
fanlaridan davrimiz talabi darajasidagi darsliklarni eksperiment yo‘li bilan
tajribasida sinab ko‘rgan, maktab yoshlarini ma’naviy jihatdan kamolotgi etishini
ta’minlaydigan, ilmiy-uslubiy va didaktik jihatdan to‘laqonli darsliklar yaratishni
taqazo etmoqd
Do'stlaringiz bilan baham: |