Tarbiya jarayonida pedagogik talab
Pedagogik talab tarbiya jarayonida boshlang‘ich usul bo‘lib,
tarbiyalanuvchining muayyan faoliyatini rag‘batlantirishni yoki
to‘xtatishni va aniq amaliy hamda insoniy sifatlarni namoyon qilishni ta’minlaydi.
Talab qilish usuli o‘quvchilarning ko‘pgina axloqiy sifatlarini
shakllantirishga yordam beradi, shu bilan birga tarbiyalanuvchilarda o‘ziga nisbatan mas’uliyat va talabchanlikni rivojlantirishda alohida vazifani bajaradi. Yagona pedagogik talablarni qarab chiqar ekanmiz, faqat bizning
jamiyatimizdagina xalqning ma’naviy-siyosiy birligini
mustahkamlashda pedagogik talab tarbiya jarayonining ta’sirchan usuliga aylanishi mumkin.
0 ‘qituvchi o‘quvchilar bilan ishlar ekan, ularni faoliyatini tashkil etar ekan, o ‘z ko‘rsatmalari bilan o ‘quvchilarning ayrim harakatlarini rag‘batlantiradi. 0 ‘quv va tarbiyaviy ishlar jarayonida ularga muayyan mulohazalar bildiradi, tanbeh beradi yoki rag‘batlantiradi, yakun yasaydi. Uning ayrim buyruqlari qisqa va lo‘nda bo‘lib, sezilar-sezilmas majbur qilishga o ‘xshab ketsa-da boshqalari ancha keng tushintirish yo‘l-yo‘riqlar shakliga ega bo‘ladi. Ba’zilari o'quvchilarni faqat ishga jalb qilish zaruriyati tufayli, boshqalari bolalarning ayrim ko‘nikma va malakalarini o ‘zlashtirishga tuzatish kiritish ehtiyoji bilan vujudga kelgan; ayrimlari o ‘quvchilarning keraksiz vanoto‘g‘ri harakatlarini to‘xtatsa, boshqalari muvaffaqiyatli harakatlarni mustahkamlaydi va qo‘llab quwatlaydi. Pedagogning talabisiz o ‘quvchilarning o ‘quv va ijtimoiy foydali faoliyatini tashkil
etishni tasawur etib bo‘lmaydi.
Tajribali pedagog bolalar huzuriga keng harakatlar dasturi
bilan birga boradi, o ‘z tarbiyalanuvchilaridan har biri qachon nima qilishini muayyan tarzda biladi. Zero, talablar ana shu dasturni ularning ishlari va xatti-harakatlarida amalga oshirish vositasidir, xolos. Tarbiya jarayonida pedagogik talablarning asosiy turlari va shakllarini qarab chiqamiz.
Pedagogning talablari vositasiz talablar bo‘lishi mumkin, bunda
tarbiyachi ulardan muayyan harakatlarga erishishni kutadi.
Pedagogning talablari vositali talablar boMadi, bunda o ‘qituvchi o ‘z talablari bilan bolalarda o‘z do‘stlariga nisbatan navbatdagi talablarni keltirib chiqaradi. Talablarning asosiy shakllari, ikki omilda vujudga keladi. Birinchi omil - kimdan talab qilinsa, o‘shaning talab qiluvchiga munosabatidir.
Ikkinchi omil - bu tarbiyalanuvchining pedagog rag‘batlantiradigan faoliyatiga munosabatidir. Umuman olganda, bu munosabatlarni biz ijobiy, betaraf va salbiy munosabatlar deb ta’riflaymiz, holbuki amalda bu munosabatlaming turli xil ko‘rinishlari ham bo‘lishi mumkin.
Endi talab shakllariga to‘xtalib o‘tamiz.
Talab to‘g ‘ridan-to‘g ‘ri boMishi mumkin, bunda o‘qituvchining murojaati qat’iy, dadil ohangda ifodalangan aniq ko‘rsatmaga ega boMishi mumkin.
To‘g ‘ridan-to‘g‘ri talab o ‘quvchilar bilan ishlashning dastlabki
kunlarida ayniqsa ta’sirchan boMadi. Samimiy, oshkora, ishonarli, qizgMn va qat’iy talab boMmasa, tarbiyaviy jarayonni boshlab boMmaydi. Shuni ham ta’kidlash yoizki, bu talab ko‘pincha o‘quvchining pedagogga yoki uning faoliyatiga betaraf munosabatda boMgan sharoitda ishlatiladi. Bunday vaziyatda, vositasiz talabning quyidagi qoidalariga amal qilish ayniqsa muhimdir.
Birinchi qoida: odatda talab, ijobiy boMishi, ya’ni mutlaqo
muayyan xatti-harakatni keltirib chiqarish, bolalarning u yoki bu
harakalarini shunchaki ta’qiqlamasligi, to‘xtatmasligi lozim.
Albatta, o‘qituvchining ta’qiqlashlaridan ayniqsa o ‘quvchilar
belgilangan xulq-atvor qoidalarini har xil tarzda buzgan hollarda
foydalaniladi. Biroq pedagoglar talablaming asosiy mazmunini
ta’qiqlashlar tashkil etmaydi.
Ikkinchi qoida: to‘g ‘ridan-to‘g ‘ri talab yoM-yo‘riq tarzida, ya’ni bir xil ma’noli, aniq va tushinarli boMishi lozim. Dastlabki paytlarda o‘quvchilaming yangi harakatlarini rag‘batlantirganda talab yoMyo‘ riq berish bilan qo‘shilib ketganday boMadi, ularni aniq ta’riflab beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |