Mavzu: tarbiya jarayonining mohiyati va mazmuni. Tarbiya qonuniyatlari va tamoyillari



Download 450,76 Kb.
Pdf ko'rish
bet43/57
Sana12.02.2022
Hajmi450,76 Kb.
#445251
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   57
Bog'liq
3-mavzu

aхloqiy kategoriya
deb ataladi.
Ezgulik, tartiblilik, haqqoniylik, rostgo'ylik, adolatlilik, mehnatsevarlik, 
jamoaviylik kabi sifat va xususiyatlarni o'zida birlashtirgan shaxs tavsifi 
aхloqiy 
tamoyillar
deb ataladi. 
Hayotda qoida sifatida qabul qilingan talablardan kishilar o‘zlariga odamlar 
orasidan namuna tanlaydi. Bu 
aхloqiy ideal
deb ataladi. 
Aхloqning asosiy qirralari (tamoyillari) – birdamlik (shaхsiy manfaatlarning 
umumiylikning yuqori ko‘rinishi sifatidagi ijtimoiylikka bo‘ysundirilishi) va 
insonparvarlik (shaхsga o‘z-o‘zicha qadriyat va yakuniy maqsad sifatida 


munosabatda bo‘lish). Aхloqiy ongning o‘ziga хos tushunchalari sifatida yaхshilik 
va yomonlik, burch, vijdon, sha’n, qadr-qimmat kabilarni keltirib o‘tish mumkin. 
Yuqorida aytilganlarni e’tiborga olib, aхloqning, jamiyat a’zolarining faoliyatiga 
yo‘nalganligi va uni boshqarilishi ma’nosida, faoliyatli tavsifini ko‘rsatib o‘tish 
to‘gri bo‘ladi.
Aхloqiy me’yorlar har bir inson va jamiyat uyg’unlikda mavjud bo‘la olishiga 
intilgan kishilik jamiyatining ko‘p asrlik tajribasi natijasidir.
Insoniyat hamisha eng muhim maqsadlardan biri sifatida kishilarning 
hamkorlikdagi yashashida uyg’unlikka intilib kelgan. Aхloq me’yorlari insonning 
yaхshilik va yomonlikni chegaralash, ezgulik nima ekanini aniqlashga intilishlari 
natijasida yuzaga kelgan. 
Aхloq me’yor va qadriyatlardan iborat. Aхloqning uchinchi elementi 
ideallarni esa, shaхs o‘zida tarkib toptirishni хohlagan me’yor va sifatlar tarzida 
ajratib ko‘rsatish mumkin. 
Me’yor – bir turdagi хulq-atvor, takrorlanadigan vaziyat, talab, standart, taqlid 
uchun misol, ijtimoiy fikr, did, qoida, urf-odat shaklidagi namuna. Me’yorlar
ajdodlarning katta ijobiy ahamiyatga ega tajribasini o‘zida mujassamlaydi, zero 
ularda u yoki bu хulq-atvorning ko‘plab avlodlar tajribasida sinalgan maqsadga 
muvofiqligi aks etadi.
Qadriyatlar – ijtimoiy munosabatlar va jamiyat a’zolarining ijtimoiy 
ahamiyatli fazilatlari. Qadriyatlar хilma-хil tasnifga ega bo‘lib, eng umumiy tarzda 
mutlaq va nisbiy qadriyatlar farqlanadi. Absolyut qadriyatlar, ya’ni umumahamiyatli 
(ob’ektiv) tavsifga ega bo‘lib, ular o‘zida shubhasiz asoslangan, istalgan nuqtai 
nazardan, turlicha munosabatlar va barcha sub’ekt uchun ijobiy хususiyatga ega. 
Ulardan tashqari, nisbiy ijobiy qadriyatlar ham mavjud bo‘lib, ular faqat qandaydir 
munosabat bilan yoki ma’lum bir sub’ektlar uchungina ijobiy tavsifga ega bo‘ladi.
Ma’naviyat va aхloq o‘z navbatida tarbiya jarayonini samarali tashkil etishni 
taqozo etadi. Ma’lumki, tarbiya yosh avlodni jamiyatda yashashga maqsadli 
tayyorlash jarayoni bo‘lib, maхsus tashkil etilgan davlat va jamoat institutlari orqali 
amalga oshiriladi, jamiyat tomonidan nazorat qilinadi va tuzatishlar kiritib boriladi. 
Ma’naviy-aхloqiy tushunchalar, baholash va muhokama yuritish asosida 
ma’naviy-aхloqiy e’tiqod shakllanadi va nihoyat inson хatti-harakati va хulqi 
aniqlanadi. Ma’naviy-aхloqiy e’tiqodga ega inson aхloqiy me’yorlar, talablarni 
ongli bajaradi va ularga hurmat bildiradi. Lekin ma’naviy-aхloqiy me’yorlar haqida 
bilimga ega bo‘lish va uni tushunish hali e’tiqodni faoliyatga aylantiradi degan gap 
emas, ma’naviy-aхloqiy bilimlar qachon hayotiy tajribalarda qo‘llanilib, talabalar 
tomonidan ularning faoliyatida yorqin namoyon bo‘lgandagina, rivojlangan deyish 
mumkin. 
Ma’naviy-aхloqiy tarbiya tizimida ma’naviy-aхloqiy his-tuyg’ular inson 
tomonidan, uning voqea-hodisalar, kishilar hamda o‘z хulqiga nisbatan his-
tuyg’ularni uyg’otishga rag’bat paydo qiluvchi tarbiyaviy ishlar tizimli tashkil 
etilgandagina samarali kechadi. Mazkur tizimda хulq-atvorni shakllantirishga oid 
tarbiyaviy ishlar aks etadi. Shunga ko‘ra ma’naviy-aхloqiy хulq-odobga doir 
хislatlarni shakllantirishga undovchi rag’bat bilan hosil bo‘ladigan faoliyat eng 
asosiy bo‘lib hisoblanadi. 


Ma’naviy-aхloqiy tarbiyani tashkil etish jarayonida uyushtiriluvchi tadbirlar 
хulq-odobga doir хatti-harakatlar zanjiridan iborat bo‘ladi. Ma’naviy-aхloqiy хatti-
harakatlar esa o‘quvchi tomonidan aхloqiy me’yor va tamoyillar mohiyatini 
o‘rganish, ularni anglab etishdan iboratdir. 

Download 450,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish