Malika Qurbonova 1-2-laboratoriya ishi mavzu: Tizimli dt bo’yicha dars tashkil qilish



Download 499,24 Kb.
Pdf ko'rish
Sana18.04.2020
Hajmi499,24 Kb.
#45710
Bog'liq
1-2-Laboratoriya


Malika Qurbonova 

 

1-2-LABORATORIYA ISHI 

Mavzu: Tizimli DT bo’yicha dars tashkil qilish 

 

Ishdan  maqsad:  ”Tizimli  dasturiy  ta’minot”  mavzusi  bo’yicha  dars  tashkil  etish 

metodikasi,  uning  tarkibiy  qismlarini,  darsning  maqsad  va  vazifalarini 

shakllantirish. 



 

”Tizimli dasturiy ta’minot” mavzusi bo’yicha 

DARS ISHLANMA 

I. Dars mavzusi: Tizimli dasturiy ta’minot 

Darsning maqsadi: 

 a)ta’limiy:  Talabalarga  tizimli  dasturiy  ta’minoti  va  uning  turlari  haqida  to’liq 

ma’lumot  berish  va  ularni  axborot  texnologiyalarga  bo’lgan  qiziqishini  yanada 

oshirish.  Berilayotgan  bilimlarni    chuqurlashturish  va  amaliy  ko’nikmalarni 

mustahkamlash. 



b)tarbiyaviy: Yosh avlodga AKT savodxonligini oshirish. 

c)rivojlantiruvchi: Tizimli dasturiy ta’minot va uning turlarini  o’rgatish. 

Dars turi: Nazariy. 

Darsda foydalaniladigan metod: Aqliy hujum,  

O’qitish  vositalari:  O’quv  qo’llanma,  proyektor,  kompyuter,  o’quv  topshirig’i, 

doska, bo’r, slayd. 



II. Tashkiliy qism: (5 minut) 

 a) Salomlashish. 

b) Tozalikga e’tibor berish. 

c)  Davomat. 

Malika Qurbonova 

 

III. O’tilgan mavzuni so’rash: ( 5 minut) 

 

1.  IV. Yangi mavzu bayoni: (30 minut) 



Tizimli dasturiy ta’minot tushunchasi va dasturiy mahsulotning sinflari 

Hisoblash  mashinasining  dasturiy  ta’minoti  (DT)  deb  masalalarni  echish 

uchun  hisoblash  mashinasidan  foydalanishga  imkon  beruvchi  dasturlar  va  ular 

bilan  birga  keluvchi  hujjatlar  majmuasiga  aytiladi.  Dasturiy  mahsulotlarni  har  xil 

alomatlari  bo’yicha  tasniflash  mumkin.  Dasturiy  mahsulotlardan  foydalanish 

sohasi asosiy alomat bo’lgan tasnifni ko’rib chiqamiz: 

Avtonom kompyuterlar va EHM tarmoqlarining apparatli qismi; 

Turli tuman predmetli sohalarning xizmat vazifalari

Dasturlarni ishlab chiqish texnologiyalari. 

Bu  sohalardagi  axborot  texnologiyalarini  qo’llab  quvvatlash  dasturiy 

mahsulotlarning uchta sinfini ajratamiz: 

  tizimli dasturiy ta’minot; 



  amaliy dasturlar paketi; 

  dasturlash texnologiyalarining qurollari. 



Tizimli dasturiy ta’minot quyidagilarga qaratilgan: 

  boshqa dasturlarni faoliyat yuritishning operatsion muhitini yaratishga; 



 

kompyuterning o’zi va hisoblash markazini ishonchli va samarali ishlashini 



ta’minlashga; 

  kompyuter 



va 

hisoblash 

markazi 

jihozlarining 

diagnostikasi 

va 


profilaktikasini o’tkazishga; 

 



yordamchi  texnologik  jarayonlar  (dasturlar  va  ma’lumotlar  bazalari 

fayllardan  nusxa  ko’chirish,  arxivga  joylashtirish,  tiklash  va  h.k.)ni 

bajarishga. 

Dasturiy  mahsulotlarning  ushbu  sinfi  kompyuterning  turi  bilan  yaqindan 

bog’langan  va  uning  ajralmas  qismidir.  Dasturiy  mahsulotlar  asosan  malakali 

foydalanuvchilar kompyuter soxasidagi kasb egalari: tizim dasturchisi, tarmoqning 

administratori,  amaliy  dasturchi,  operatorga  mo’ljallangan.  Ammo  shaxsiy 

komppyuterlarning  yakuniy  foydalanuvchilariga  xam  dasturiy  mahsulotlarning  bu 



Malika Qurbonova 

 

sinfi  bilan  ishlashning  asosiy  texnologiyalarini  bilim  talab  qilinadi,  ular  nafaqat 

o’zlarining  dasturlari  bilan  ishlaydilar,  balki  kompyuter  dasturlari  va 

ma’lumotlarga xizmat ko’rsatishni bajaradilar. 

Ushbu  sinfdagi  dasturiy  mahsulotlardan  predmet  soxasining  o’ziga  xosligidan 

qat’iy  nazardan  umumiy  xarakatiga  egalar.  Ularga  ishning  ishonchligi  va 

texnologligi  foydalanishning  qulayligi  va  samaradorligi  bo’yicha  yuqori  talablar 

qo’yiladi.  Amaliy  dasturlar  paketlari  (ADP)vazifaviy  masalalarni  echishning 

dasturiy  qurollari  bo’lib  xizmavt  qiladilar  va  dasturiy  mahsulotlarning  eng  ko’p 

sonli  sinfi  bo’ladilar.  Ushbu  sinfga  turli  predmetli  soxadagi  axborotlarni  ishlab 

chiqishni  bajaruvchi  dasturiy  mahsulotlar  kiradilar.  Dasturiy  mahsulotlarni 

kompyuterga  o’rnatishni  malakali  foydalanuvchi  bajaradi,  bevosita  undan 

foydalanishni 

esa,qoidaga 

ko’ra, 

yakuniy 


foydalanuvchilar-axborotdan 

foydalanuvchilar  amalga  oshiradilar,ko’p  xollarda,ularning  faoliyati  kompyuter 

soxasida  g’oyatda  uzoqdir.  Dasturiy  mahsulotlarning  ushbu  sinfi  ayrim  predmetli 

sohalar uchun g’oyatda o’ziga xos bo’lishi mumkin. 

Dasturiy ta’minlash texnologiyalarining qurollari dasturlarni ishlab chiqarish 

jarayonini  ta’minlaydilar  va  o’z  ichiga  ishlab  chiquvchining  qurolliy  vositalari 

bo’lgan  ixtisoslangan  dasturiy  mahsulotlarni  oladilar.  Boshqa  sinfdagi  dasturiy 

mahsulotlar  loyihalashtirish,  dasturlash  (kodlashtirish),  sozlash  va  yaratilayotgan 

dasturlarni  testdan  o’tkazishning  barcha  texnologik  bosqichlarini  qo’llab 

quvvatlaydilar.  Tizimli  va  amaliy  dasturchilar  dasturlash  texnologiyasining 

foydalanuvchilari bo’ladilar. 

Dasturlash 

texnologiyalarining 

qurollari 

yaratilayotgan 



dasturiy 

mahsulotlarni  ishlab  chiqish,  sozlash  va  tatbiq  etish  texnologiyasini  ta’minlovchi 

dasturlar va dasturiy majmualar bo’ladilar. 

Tizimli dasturiy ta’minot 

Bazaviy  dasturiy  ta’minlanish  (base  software)-kompyuterini  ishlashini 

ta’minlovchi dasturiy vositalarning eng kichik majmuasidir. 

Servisli  dasturiy  ta’minlanish  -  bazaviy  dasturiy  ta’minlanishning  imkoniyatlarini 

oshiruvchi  va  foydalanuvchiga  qulayroq  ish muhitini  tashkil  qiluvchi  dasturlar  va 

dasturiy majmualardir. 



                           Shaxsiy kompyuterlarning dasturiy ta`minoti 

Malika Qurbonova 

 

Shaxsiy kompyutеr ikkita tashkiliy qismlardan iborat. Bo’lar apparat ta'minot 

(hardware) va dasturiy ta'minot (software)lardir. 

Apparat  ta'minoti  —  bu,  birinchi  navbatda  kompyutеrning  asosiy  tеxnik 

qismlari va qo’shimcha (atrof) qurilmalaridir. 



Dasturiy  ta'minot  kompyutеrning  ikkinchi  muhim  qismi  bo’lib,  u 

ma'lumotlarga  ishlov  bеruvchi  dasturlar  majmuasini  va  kompyutеrni  ishlatish 

uchun zarur bo’lgan hujjatlarni o’z ichiga oladi.  Dasturiy ta'minotsiz Har qanday 

kompyutеr bamisoli bir parcha tеmirga aylanib qoladi. 

Kompyutеrning apparat va dasturiy ta'minoti orasida bog’lanish qanday amalga 

oshiriladi? 

Avvalo ular orasidagi bog’lanish intеrfеys dеb atalishini bilib olishimiz lozim. 

Kompyutеrning  turli  tеxnik  qismlari  orasidagi  o’zaro  bog’lanish  —  bu,  apparat 

intеrfеysi,  dasturlar  orasidagi  o’zaro  bog’lanish  esa  —  dasturiy  intеrfеys,  apparat 

qismlari va dasturlar orasidagi o’zaro bog’lanish — apparat — dasturiy intеrfеys 

dеyiladi. 

Shaxsiy  kompyutеrlar  haqida  gap  kеtganda  kompyutеr  tizimi  bilan  ishlashda 

uchinchi  ishtirokchini,  ya'ni insonni  (foydalanuvchini)  ham  nazarda  to’tish lozim. 

Inson    kompyutеrning  ham    apparat,  ham    dasturiy  vositalari  bilan  muloqotda 

bo’ladi.  Insonning  dastur  bilan  va  dasturni  inson  bilan  o’zaro  muloqoti  — 

foydalanuvchi intеrfеysi dеyiladi.  

            Shaxsiy kompyuterlarning dasturiy ta`minotlarining turlari 

Endi kompyutеrning dasturiy ta'minoti bilan tanishib chiqaylik. Barcha dasturiy 

ta'minotlarni uchta katеgoriya bo’yicha tasniflash mumkin : 

— sistеmaviy dasturiy ta'minot; 

— amaliy dasturiy ta'minot; 

— dasturlash tеxnologiyasining uskunaviy vositalari. 

1.  Sistеmaviy  dasturiy  ta'minot  (Sistem  software)  —  kompyutеrning  va 

kompyutеr tarmoqlarining ishini ta'minlovchi dasturlar majmuasidir. 


Malika Qurbonova 

 

2.  Amaliy  dasturiy  ta'minot  (Aplication  program  paskage)  —  bu  aniq  bir 

prеdmеt sohasi bo’yicha ma'lum bir masalalar sinfini еchishga mo’ljallangan 

dasturlar majmuasidir. 

3.  Dasturlash  tеxnologiyasining  uskunaviy  vositalari  —  yangi  dasturlarni 

ishlab  chiqish  jarayonida  qo’llaniladigan  maxsus  dasturlar  majmuasidan 

iborat  vositalardir.  Bu  vositalar  dasturchining  uskunaviy  vositalari  bo’lib 

xizmat  qiladi,  ya'ni  ular  dasturlarni  ishlab  chiqish(shu  jumladan,  avtomatik 

ravishda ham ), saqlash va joriy etishga mo’ljallangan. 

Dasturiy  ta’minot  sifati-dasturiy  ta’minotning  afzalliklari  va  kamchiliklarini 

belgilaydigan  alomatlar,  xossalar,  fazilatlar  majmui.  Yaratilayotgan  dasturiy 

ta’minot sifatini baholash miqdoriy usullarni ishlatib amalga oshiriladi. Bu tadbir 

dasturlash  jarayonida  amalga  oshadi.  Bu  masalaning  dolzarbligini  oshishiga 

munosib  ravishda,  bozorda  yaratilayotgan  dasturlarning  sifatini  aniqlashni 

ta’minlaydigan  dasturlar  paydo  bo`ldi.  Ammo,  bu  sifatni  aniqlashga  doir  xalqaro 

standartlar hozircha yo`q. 

Dasturiy  ta’minot  umri-kompyuter  dasturiy  ta’minotini  loyihalashtirish 

boshlangan daqiqadan to uning ishlatilishi to`xtashigacha o`tgan vaqt. 



 Dasturiy  ta’minotni  elektron  tarqatish.  Kommunikatsiya  tarmoqlari  orqali 

dasturiy  ta’minot  tarqatish  texnologiyasi.  Bu  maqsadlarda  ESD  maxsus  tizimlari 

yaratiladi,  ular  foydalanuvchilarga  dasturlarni  ochib-ko`chirib  olish  va  ularning 

haqini to`lash imkonini beradi. Bunday tizimlar Internet tarmog`i xamda modemli 

ulanish  orqali  faoliyat  ko`rsatadilar.  ESD  tizimlari,  foydalanuvchilarga  dasturiy 

ta’minotdan  ma’lum  vaqt  davriga  sinab  foydalanish  uchun  yozib  olish  imkonini 

ham beradi. 

Operasion tizim. Kompyutеrni yoqilishi bilan ishga tushuvchi ushbu dastur 

kompyutеrni  va  uning  rеsurslarini  (tеzkor  xotira,  diskdagi  o’rinlar  va  hokazo) 



Malika Qurbonova 

 

boshqaradi,  foydalanuvchi  bilan  muloqotni  tashkil  etadi,  bajarish  uchun  boshqa 

dasturlarni (amaliy dasturlarni) ishga tushiradi. 

Bajaradigan vazifasiga ko’ra OT ni 3 guruhga bo’lish mumkin: 

  bir vazifali (bir kishi foydalanuvchi); 

  ko’p vazifali (ko’p kishi foydalanuvchi); 

  tarmoqli. 

Bir  vazifali  OT  bir  foydalanuvchining  har  bir  aniq  paytda  aniq  bir  vazifani 

bajarishi uchun mo’ljallangan. Bunday OT larning tipik vakili MS DOS dir. 



Ko’p vazifali OT vaqtni multidastur rejimida taqsimlashda EHM dan jamoa 

bo’lib foydalanishni ta’minlaydi.  



Tarmoq  OT.  Local  va  global  tarmoqlarning  paydo  bo’lishi  bilan  bog’liq  va 

foydalanuvchining  hisoblash  tarmoqlari  barcha  resurslariga  kirishini  ta’minlash 

uchun  mo’ljallangan.  Tarmoqli  OT  larning  tipik  vakillari:  Novell  NetWare, 

Microsoft  Windows  NT,  Banyan  Vines,  Solaris  va  boshqalar.  Tarmoqqa  ulangan 

kompyutеrlarni  yakkahol  va  birgalikda  ishlashini  ta’minlovchi  maxsus  dasturlar 

majmuasidan  iborat  OT-  tarmoq  opеratsion  tizimi  dеb  ataladi.  Ushbu  OT, 

jumladan, tarmoq ichra ma’lumotlarni ayriboshlash, saqlash, qayta ishlash, uzatish  

kabi hizmatlarni ko’rsatadi.  

Bajaradigan vazifalaridan qatiy nazar operatsion sistema quyidagi sifatlarga 

ega bo’ladi:  

 

1.  Ishonchlilik.  Sistema  o’zi  boshqatayotgan  kompyuter  qurilmalari  kabi 



ishonchli  bo’lishi  kerak.  Agar  dasturda  yoki  qurilmada  biror  xatolik  uchrasa,  uni 

sistema  topa  olishi  va  bu  holatni  tuzatishga  harakat  qilishi,  hech  bo’lmasa  shu 

xatolik tufayli foydalanuvchi dasturiga yetkaziladigan zararning oldini olishi kerak. 

 

2. 



Himoyalash

Ixtiyoriy 

foydalanuvchi 

o’z 


ishiga 

boshqa 


foydalanuvchilarning  ta’sir  qilishini  hohlamaydi.  Shu  sababli  sistema 

Malika Qurbonova 

 

foydalanuvchilarni  dastur  va  ma’lumotlarini  o’zgalar  hatoliklari  ta’siridan  hamda 

aralashuvidan himoya qilishi lozim.  

 

3.    Samaradorlik.  Odatda  operatsion  sistemaning  o’zi  EHM  ning  katta 



resursini  egallaydi.  Bu  resurslar  foydalanuvchi  ixtiyoriga  berilmaydi.  Demak 

sistemaning  o’zi  ancha  ihcham  bo’lishi    va  EHM  ning  resurslarini  samarali 

boshqarishi lozim.  

 

4.  Qulaylik.  Operatsion  sistemada  ko’p  hollarda  bir  paytda  ikki  va  undan 



ortiq foydalanuvchi ishlaydi. Ular operatsion sistema orqali turli maqsadli va turli 

algoritmli  masalalarni  hal  qiladilar.  Ravshanki,  bunday  holda  har  bir 

foydalanuvchiga  keng  qulayliklar  yaratilishi  talab  etiladi.  Shu  bois,  mazkur 

hususiyat operatsion sistemaning muhim hususiyati hisoblanadi.  

 

5.  Bashorat.  Operatsion  sistema  foydalanuvchi  so’roviga  bashoratchilik 



bilan  javob  berishi  kerak.  Foydalanuvchi  buyruqlari  sistemada  qabul  qilingan 

qoidalar asosida yozilgan bo’lsa, ularning ketma-ketligi qanday bo’lishidan qat’iy 

nazar natija bir xil bo’lishi kerak. 

 

6.  Moslashuvchanlik.  Sistema  amallari  foydalanuvchiga  qarab  sozlanishi 



mumkin.  Resurslar  majmuasi  operatsion  sistemasamaradorligini  oshirish 

maqsadida ko’paytirilishi yoki kamaytirilishi mumkin. 

 

7.  Kengaytiruvchanlik.  Evolyusiya  jarayonida  operatsion  sistemaga  yangi 



texnik va dasturiy resurslar qo’shilishi mumkin.  

 

8.  Aniqlik.  Foydalanuvchi  sistema  interfeys  darajasidan  pastda  sodir 



bo’ladigan  jarayondan  bexabar  qolishi  mumkin.  Shu  bilan  birga  foydalanuvchi 

sistema  haqida  qancha  bilgisi  kelsa,  shuncha  bilish  imkoniyatiga  ega  bo’lishi 

kerak.  

OS  foydalanuvchi  va  amaliy  dasturlar  uchun  kompyutеr  qurilmalari  bilan 

qulay  muloqotni(intеrfеysni)  ta’minlaydi.  Asosiy  dasturiy  ta’minotni  qo’shimcha 


Malika Qurbonova 

 

ravishda  o’rnatiladigan  xizmat  ko’rsatuvchi  dasturlar  to’plami  to’ldirib  turadi. 

Bunday dasturlarni ko’pincha utilitlar va drayverlar dеb atashadi. 

Hozirda  operatsion  tizimlarning  juda  ko’p  turlari  mavjud  bo’lib  ulardan 

quyidagilarni misol keltirishimiz mumkin:- UNIX, MS DOS, PS DOS, DRD DOS, 

OS/2, WARP, LINUX, WINDOWS, MACINTOSH va boshqalar. 

MS-DOS  operatsion  sistemasi  bir  topshiriqli  bo’lib,  nihoyatda  sodda 

interfeysga  ega.  MS-DOSda  foydalanuvchining  kompyuter  bilan  muloqoti 

buyruqlar  protsessori  yordamida  amalga  oshirilib,  foydalanuvchi  matnli  rejimda 

kiritgan  buyruq  buyruqlar  protsessori  tomonidan  bajariladi.  Bu  usulning 

noqulayligi  shundaki  operatsion  sistema  imkoniyatlari  kengayishi  bilan  buyruqlar 

murakkablashib,  foydalanuvchi  uchun  noqulay  bo’lib  boradi.  Tabiiyki,  bu 

noqulayliklarni  hal  etish  maqsadida  bir  qancha  maxsus  dasturlar-operatsion 

qobiqlar  yaratilgan.  Jumladan  keng  tarqalgan  Norton  Commanderni  misol  qilib 

keltirish  mumkin.  Operatsion  qobiqlardan  foydalanish  operatsion  sistema  bilan, 

ayniqsa  fayllar  sistemasi  bilan  ishlashni  ancha  soddalashtiradi.  Lekin  bu  qobiq 

dasturlar faqat nisbatan sodda interfeysdan boshqa qulaylik taklif etmaydi.  

                                       Qobiq dasturlar. 



Qobiq  dasturlar    –bu  dasturlar  operatsion  tizim  dasturlariga  nisbatan 

kompyuter bilan qulayroq va ko’rgazmali  muloqot o’rnatish imkoniyatini beradi.  

MS  DOS  operatsion  sistemasi  bir  vaqtlar  inson  bilan  kompyuter  o’rtasida 

vositachi  rolini  o’ynab,  kompyutеr  resurslaridan  foydalanishni  osonlashtirgandi. 

Lekin o’zi rivojlanish natijasida haddan ziyod ko’p buyruqlar bilan toshib ketdiki, 

bu  foydalanuvchi  ishini  sustlashtirishga  olib  keldi.  Shunday  qilib  foydalanuvchi 

bilan  kompyuter  o’rtasida  yangi  vositachi  ishlab  chiqish  extiyoji  tug’ildi  va 

natijada operatsion sistemaning qobiq dasturlari yuzaga keldi.  

Qobiq  dastur  operatsion  sistema  boshqaruvida  ishga  tushiriladigan  va  shu 

operatsion sistema bilan ishlashga ko’maklashadigan dasturdir. Eng birinchi qobiq 



Malika Qurbonova 

 

dasturlaridan  biri  Norton  Commander  deb  nomlanadi.  Bu  qobiq  dasturmashhur 

amaerikalik  dasturchi  Piter  Norton  tomonidan  yaratildi  va  kompyuterdan 

foydalanuvchilar  uchun  katta  qulayliklar  yaratdi.  Hozirgi  kunda  keng  tarqalgan 

Windows  Commander,  Total  Commander,  Far  Manager  qobiq  dasturlari  Norton 

Commander dasturining asosiy ishlash tamoyillarini saqlab qolgan.  

Qobiq dasturlar asosan quyidagi imkoniyatlarni beradi: 

 



Diskdan kataloglar ro’yhatini to’liq ekranga chiqarish

 



Faylllarni qayata nomlash; 

 



Fayllarni o’chirish; 

 



Katalog (papka)larning pog’onalik strukturasini ko’rish; 

 



Bir kataloglardan boshqa kataloglarga o’tish; 

 



Kataloglar hosil qilish; 

 



Katalogni qayta nomlash va o’chirish; 

 



Matnli fayllarni taxrir qilish va boshqalar. 

                            Nazorat uchun savollar 

1.Dasturiy ta’minotlat nechta sinfga bo’linadi? 

2.Shaxsiy kompyuterlarning dasturiy ta`minoti haqida tushuncha bering. 

3.Shaxsiy  kompyuterlarning  dasturiy  ta`minotlarining  turlari  haqida  tushuncha 

bering. 

4.Tizimli dasturiy ta’minot nimalarga qaratilgan? 



V.O’tilgan mavzuni mustahkamlash: (20 minut) 

1.Tizimli dasturiy ta’minot haqida ma’lumot bering. 

2.Dasturiy ta’minot haqida ma’lumot bering. 

VI.Yakuniy:Blits- so’rov metodi (20 minut) 


Malika Qurbonova 

 

VII.Uyga vazifa:O’tilgan mavzuni o’qish va amalda sinab ko’rish. 

 

 



 

 

 

 

 

 

 

 

DARSNING TEXNOLOGIK  XARITASI 

Dars 

bosqichlari 

     Vaqt 

Dars mazmuni 

Metod 

Vosita 

Tashkiliy 

 

Davomat olinadi, 



tozalikga e’tibor 

beriladi 



        - 

 Jurnal, ruchka       

Kirish 

daqiqa 

 O’tgan  darsni  takrorlab 

olinadi  va  o’quvchilarni 

yangi 


mavzu 

bilan 


tanishtiriladi  

 

 

Asosiy 

20 daqiqa 

Tizimli 


dasturiy 

ta’minot  haqida  to’liq 

  

Kompyuter, 



Malika Qurbonova 

 

ma’lumot berish 

doska,bo’r,slayd 

Mustahkamlash 

10-15 daqiqa 

Mavzu  bo’yicha  savol-

javob 

qilish, 


metod 

qo’llash 

va 

mustahkamlash 



“Aqliy 

hujum” 


metodi 

 Savollar 

bilan 

tayyorlangan 



kartochkalar 

Yakuniy 

daqiqa 

Mavzuga 


umumiy 

xulosa 


qilinadi, 

eng 


muhim  ma’lumotlarga 

o’quvchilar  diqqati jalb 

qilinadi 

 

 

 

 

 



Download 499,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish