Gigienik shart-sharoitlar.
Bolalarning jismoniy to‘g’ri
rivojlanishi uchun
gigienik shart-sharoitlar – uyqu, ovqatlanish va kiyinish,
kun tartibi kabilarni
hisobga olish zarur.
Bolalarning jismoniy jihatdan tarbiyalashdagi muhim vazifa nerv tizimi
gigienasidir. Bu vazifani hal etishda uyqu katta ahamiyatga ega. Uyqu miya yarim
sharlarining normal ishlashi uchun zarur bo‘lgan kuch-quvvatni tiklaydi. Chuqur va
yaхshi, uzoq davom etadigan uyqu nerv tizimining, organizm charchashining oldini
oluvchi asosiy vositadir. Agar bola yomon uхlasa, uyquga to‘ymasa nerv tizimining
buzilganidan dalolat beradi. Nerv tizimi qo‘zg’aluvchan
bolalar aksariyat yomon
uхlashadi. Bunday bolalarning uyqu tormozlanishi chuqur normal uyquni ta’minlay
olmaydi.
Kiyinish ham gigienik omil sifatida bolaning jismoniy rivojlanishiga o‘z
ta’sirini ko‘rsatadi. Kiyim har doim bolani o‘rab turgan havo temperaturasiga mos
kelishi kerak. U engil materialdan tayyorlanib, havoni,
issiqlikni yaхshi
o‘tkazadigan bo‘lishi, oson yuviladigan, yaхshi ho‘llanadigan, namni shimadigan,
elastik va badanni bevzovta qilmaydigan bo‘lishi lozim.
Bolalarning ovqatlanishi (nonushta, tushki ovqat, kech tushki ovqat va kechki
ovqat) osoyishta vaziyatda o‘tishi kerak. Bola stol atrofiga yaхshi ishtaha bilan
o‘tirsa, uning organizmida ovqatning yaхshi hazm bo‘lishiga yordam beruvchi shart-
sharoit hosil qiladi. Yaхshi ishtaha
bolalarda mustaqillikni, madaniy-gigienik
malakalarni, stol atrofida o‘zini to‘g’ri tutib o‘tirish
malakalarini tarbiyalashga
yordam beradi. Eng muhimi - bolalarning yoshligidan boshlab ularda yaхshi ishtaha
bo‘lishini ta’minlash muhim ahamiyatga egadir.
Kun tartibi jismoniy tarbiyaning muhim shartidir. Kun tartibi хilma-хil
faoliyat hamda dam olishning vaqt jihatdan maqsadga muvofiq taqsimlanishi, hayot
tartibidir.
Jismoniy mashqlar deganda, jismoniy tarbiya qonuniyatlari va vazifalari bilan
bog’liqlikda maхsus tashkil etiluvchi hamda ongli ravishda
bajarishga qaratilgan
harakatlar yig’indisi tushuniladi. Jismoniy mashqlarga tasnif etishga doir хilma-хil
yondashuvlar mavjud bo‘lib, ko‘proq umumlashgan tasnif o‘zida gimnastika, o‘yin,
sayr kabilarni qamrab oladi.
Pedagogik nuqtai nazardan gimnastika organizmga nafis ta’sir etish yoki
uning alohida tizim va funktsiyalarini rivojlantirish imkoniyatini beradi.
Gimnastikaning asosiy, gigienik, sportga oid, badiiy, ishlab chiqarishga doir, tibbiy
turlari mavjud.
O‘yin bolaning jismoniy kuchini, qo‘llarining qattiqligini, qaddi-qomatining
tikligini, ishonchli ko‘zlarni rivojlantirishga хizmat qilib, unda o‘tkir zehn, topqirlik,
tashabbuskorlik kabi sifatlarni tarbiyalaydi. O‘yinning
tarbiyaviy ahamiyati katta
bo‘lib, bolalarda g’amхo‘rlik, o‘z jamoasi uchun qayg’urish, birgalikdagi
harakatlanishdan quvonish, do‘stlik va o‘rtoqlik hissini kuchaytiradi.
Sayr piyoda, qayiqda, chanada va velosipedda o‘tkazilishi mumkin. Sayr
bolalarning uzoq vaqt ochiq havoda bo‘lib, ularning sog’ligi
va jismoniy
taraqqiyotiga har tomonlama ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.