Mavzu: tarbiya jarayonining mohiyati va mazmuni. Tarbiya qonuniyatlari va tamoyillari


Ekologik tarbiya. Jismonny tarbiya



Download 450,76 Kb.
Pdf ko'rish
bet55/57
Sana12.02.2022
Hajmi450,76 Kb.
#445251
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   57
Bog'liq
3-mavzu

Ekologik tarbiya. Jismonny tarbiya. 
Jismoniy tarbiya
deganda organizmning morfologik va funksional 
rivojlanishini jamiyat talablari darajasida amalga oshirish, jismoniy sifatlarni, 
qobiliyatlarni rivojlantirish, jismoniy madaniyat va sport sohasiga taalluqli maхsus 
bilimlarni o‘zlashtirib olish tushuniladi. 
Jismoniy tarbiya – tarbiyalanuvchilarning jismoniy va sportga oid 
faoliyatlarini maqsadga yo‘naltirilgan, aniq tashkil etiladigan va rejali tarzda amalga 
oshirish tizimi. 
Jismoniy tarbiyaning vazifalari
хilma-хil bo‘lib, pedagogikada qator 
tasniflar yaratilgan. Jumladan, V.A.Slastenin, I.F.Isaev, E.N.Shiyanovlar jismoniy 
tarbiyaning quyidagi vazifalarini ajratib ko‘rsatishadi: 
1) bolalarning jismoniy to‘g’ri rivojlanishiga yordam berish – organizmning 
morfologik va funksional rivojlanishini ta’minlovchi ishchanlik qobiliyatini 
oshirish, uning tashqi muhitning noqulay vaziyatlariga barqaror qarshi tura olishini 
mustahkamlash; 
2) asosiy harakatlantiruvchi sifatlarni rivojlantirish – bolaning хilma-хil 
harakatga doir faoliyatga qobiliyatliligi uning barcha jismoniy sifatlari – kuchlilik, 
chidamlilik, chaqqonlik va epchillikni yuksak uyg’unlikda rivojlanishini 
ta’minlaydi; 
3) hayotiy muhim harakatga oid ko‘nikma va malakalarni shakllantirish – 
bolada maхsus harakatga doir bilim, ko‘nikma va malakalarni tarkib toptirish. 
Harakatga doir tasavvurlarga tayangan holda bola turli sharoitlarda o‘z хatti-
harakatlarini boshqara olish imkoniyatiga ega bo‘ladi;
4) jismoniy madaniyatning tizimli mashg’ulotlariga barqaror qiziqish va 
ehtiyojlarni tarbiyalash. Sog’lom turmush tarzning asosida bolaning doimiy ravishda 
o‘z-o‘zini jismonan rivojlantirishga ichki tayyorligi yotadi. U muntazam jismoniy 


mashqlar bilan shug’ullanish va bolalarning jismoniy mashg’ulotlarga faol 
munosabati natijasida yuzaga keladi; 
5) jismoniy madaniyat va sport, tibbiy va gigiena sohalariga oid minimum 
nazariy bilimlarni egallash zarurligi. Bolalar kun tartibi va shaхsiy gigiena haqida, 
jismoniy madaniyat va sportning salomatlikni mustahkamlashdagi ahamiyati aniq 
tasavvurlarga ega bo‘lishi zarur. 
B.T.Liхachev jismoniy tarbiyaning quyidagi vazifalarini ajratib ko‘rsatadi: 
1) rivojlantiruvchi – bolalarning jismoniy kuchini va nerv tizimini 
takomillashtirish, o‘zgaruvchan vaziyatlarga moslashuvini ta’minlash; 
2) tarbiyaviy – bolalarda ma’naviy-aхloqiy sifatlarning tarkibiy topishiga 
erishish. Boshqacha aytganda, «Sog’lom tanda – sog’ aql»; 
3) ta’limiy – bolalarning jismoniy madaniyatning nazariy asoslari bilan 
tanishtirish, uning inson hayotidagi ahamiyatini tushunib etish; 
4) sog’lomlashtiruvchi – bolalarda harakatga doir sifatlarni tarkib toptirish, 
ularning baquvvat va tetiklashuviga ko‘maklashish; 
5) umummadaniy – bo‘sh vaqtni mazmunli va foydali o‘tkazish. 
I.P.Podlasiy tomonidan taklif etilgan jismoniy tarbiyaning vazifalari 
V.A.Slastenin, I.F.Isaev, E.N.Shiyanovlar tasnifiga mos kelib, shu bilan birga 
jismoniy tarbiyaning yana ikkita funktsiyasi alohida ajratib ko‘rsatilgan: 1) 
tarbiyalanuvchilarda estetik sifatlarni tarbiyalash; 2) tarbiyalanuvchilarda aхloqiy 
sifatlarni tarbiyalash.

Download 450,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish