Mavzu: tafakkur to’G’risida umumiy tasavvurlar reja



Download 63,49 Kb.
bet1/12
Sana29.04.2022
Hajmi63,49 Kb.
#594304
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
1-mavzu


MAVZU: TAFAKKUR TO’G’RISIDA UMUMIY TASAVVURLAR
Reja:

        1. Tafakkurni o’rganishning umumfalsafiy asoslari.

        2. Tafakkur fanlar tizimidagi tadqiqot obyekti sifatida - falsafada, logikada, informatikada, fiziologiyada, pedagogikada va tafakkur xususiyatlarining o’rganilishi.

        3. Tafakkurning nerv-fiziologik asoslari

Tafakkur psixologiyasi predmeti


Psixologiya fani nimadan bahs etadi, degan an’anaviy savol mavjuddir, biroq hozirgi davrda tafakkur psixologiyasi predmeti nima degan savol tug’ilmoqda. Ma’lumki, psixologiya fani tafakkurni o’rganadigan yagona fan emas, chunki uning ayrim jihatlarini logika, filosofiya, hatto kibernetika tadqiq qilmoqda. Shuning uchun tafakkur psixologiyasi predmetini aniqlash juda muhim masalalardan biriga aylanib qolmoqda.
Umumiy psixologiya darsliklarida tafakkurga berilgan ta’rif turlicha bo’lib, ikkita yoki uchta muhim xususiyati ta’kidlab o’tiladi, xolos. Jumladan, P. I. Ivanovning darsligida «tafakkur insonning shunday aqliy faoliyatidirki, bu faoliyat voqyelikni eng aniq (to’g’ri), to’liq, chuqur va umumlashtirib aks ettirishga (bilishga), insonning tag’in ham oqilona amaliy faoliyat bilan shug’ullanishiga imkon beradi» deb ta’riflanadi. Ushbu ta’rifda tafakkurning to’la, aniq va umumlashtirilgan holda aks ettirishi ta’kidlab o’tiladi, xolos, lekin uning xarakterli xususiyatlari bavosita, so’z yordami bilan ifodalanishi muallifning diqqat markazidan chetda qolgan.
M. V. Gamezo «tafakkur voqyelikning umumlashgan holda va so’z hamda o’tmish tajriba vositalarida aks ettirilishi» ekanligi bayon qiladi. U tafakkurning umumlashgan, so’z vositasida va vositali atrof-muhit hodisalarini aks ettira olishini ta’kidlaydi. Bizningcha, tafakkurga berilgan ushbu ta’rif uning predmetini to’la ochib berishga qurbi yetmaydi, shuning uchun boshqa manbalarga murojaat qilishga to’g’ri keladi.
A. V. Petrovskiy tahriri ostidagi darslikda tafakkurga ushbu shaklda ta’rif o’z ifodasini topgan: «Tafakkur-ijtimoiy-sababiy, nutq bilan chambarchas bog’liq muhim bir yangilik qidirish va ochishdan iborat psixik jarayondir, boshqacha qilib aytganda, tafakkur voqyelikni analiz va sintez qilishda uni bevosita va umumlashtirib aks ettirish jarayondir». Ta’rifdan ko’rinib turibdiki, yuqorida keltirib o’tilgan ta’riflardan bir muncha kengroq tafakkur xususiyatlarni ochib berish uchun xizmat qiladi, biroq uning jihatlari to’la kamrab olinmagan.
V. V. Bogoslovskiy tahriridagi darslikda ham tafakkurga berilgan ta’rif uning umumlashgan va bilvosita aks ettirish xususiyatlari yoritilgan xolos. Xuddi shunga o’xshash tafakkur xususiyatlari F. N. Gonobolin, K. K. Platonov darsliklarida ham uchraydi.
Bizningcha, tafakkur predmetini belgilash uchun to’laroq ta’rif O. K. Tixomirovning darsligida berilgan. Tafakkur predmetiga kiruvchi tarkibiy qismlar mana bunday ifodalanadi: «Tafakkur- bu o’z mahsuloti bilan voqyelikni umumlashtirib, bavosita aks ettirishni xarakterlaydigan, umumlashtirish darajasi va foydalanadigan vositalariga hamda o’sha umumlashmalar yangiligiga bog’liq ravishda turlarga ajratishdan iborat jarayon, bilish faoliyatidir". O. K. Tixomirov mazkur ta’rifda tafakkurning aksariyat jihatlari va xususiyatlarini ta’kidlab o’tgan. Lekin tafakkur muammosiga yangicha yondashishlarning paydo bo’lishi ta’rifni yanada takomillashtirishni taqozo qiladi.
Hozirgi davrda tafakkurning predmeti yuzasidan psixologiyada turli-tuman qarash va ta’riflar mavjuddir. Ularni ayrimlariga xarakteristika berib o’tamiz. S. L. Rubinshteyn nazariyasiga binoan, tafakkurni psixologik jihatdan o’rganishning asosiy predmeti- jarayon, faoliyat tariqasida namoyon bo’lishdir. Muallif tafakkur operasiyalari, shakllarini shakllantirishda-jarayon, muammoli vaziyatni hal qilishda esa-fikr yuritish faoliyati sifatida vujudga kelishini chuqur tahlil qilib beradi. S. L. Rubinshteyn tafakkur to’g’risidagi g’oyani rivojlantirib, uni subyekt faolligining paydo bo’lishi deb ataladi.
A. N. Leontyev tafakkur psixologiyasi predmeti yuzasidan mulohaza yuritib, tafakkurni turli ko’rinishlarga ajratadi, fikr yuritish faoliyati ekanligini tan oladi, lekin uni predmetli-amaliy faoliyat deb nomlaydi. Shuning bilan birga tafakkurning strukturasi, fikr yuritish motivasiyasi to’g’risida nazariy metodologik muammolarni o’rtaga tashlaydi.
P. Ya. Galperin fikriga ko’ra, tafakkur-bu oriyentirlash-tadqiqot faoliyati, oriyentirovka jarayondir, ya’ni oriyentirovka-jarayon, oriyentirovka faoliyat. Muallif psixologiya fani intellektual masalalarni yachishda subyektning tafakkurga oriyentirovka qilish jarayonini o’rganishdan iborat deb tushuntiriladi. P. Ya. Galperin tafakkurning boshqa jahatlarini o’zining aqliy harakatlarni bosqichli shakllantirish nazariyasidan kelib chiqqan holda yoritishga intiladi.
A. V. Brushlinskiy tadqiqotlarida tafakkurning muhim yangilikni qidirish va ochish, gipoteza va nazariyalarni bashorat qilish, oldindan payqash xususiyatlari alohida ta’kidlab o’tiladi. Yuqoridagi mualliflardan o’laroq, A. V. Brushlinskiy tafakkurning umumlashtirib, bilvosita aks ettirishdan tashqari muhim yangilikni izlash va ochish, oldindan bashorat qilish xususiyatlari mavjudligini dalillab ko’rsatadi.
Tafakkur psixologiyasi predmeti yuzasidan sho’ro psixologlari tomonidan bildirilgan mulohazalarga yakun yasab, umumiy ta’rif berishning mavridi keldi. Psixologiyada tafakkurga nisbatan berilgan qator tushunchalar mavjuddir, jumladan, jarayon, fikr yuritish faoliyati, bashorat qilish, anglashilgan bilimlar, aql mezoni, fahmlilik va boshqalar. Yuritilgan fikrlarga suyangan holda, tafakkurga quyidagi shartli ta’rifni berish mumkin: Tafakkur atrof-muhitdagi voqyelikni nutq yordami bilan bavosita, umumlashgan holda aks ettiruvchi psixik jarayon, ijtimoiy-sababiy bog’lanishlarni anglashga, yangilik ochishga va bashorat qilishga yo’naltirilgan aqliy faoliyatdir. Ta’rifda tafakkurning eng muhim xususiyatlari va funksiyasi sanab o’tilgan, ya’ni so’z (fikr) bilan, umumlashtirib, bavosita, ijtimoiy-sababiylik, yangilik ochish, bashorat qilish, jarayon, faoliyat va boshqalar. Bizningcha, berilgan ta’rifdan kelib chiqqan holda tafakkur predmetini aniqlashga harakat qilinsa, maqsadga muvofiq ish qilingan bo’lar edi. Tafakkur predmetini belgilash mashaqqati uning murakab bilish jarayoni ekanligini yana bir qirra tasdiqlab turibdi. quyidagi tafakkur strukturasini ilova qilamiz.

Download 63,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish