Mavzu: tafakkur to’G’risida umumiy tasavvurlar reja


Умумлаштириш Мазмунига кўра



Download 63,49 Kb.
bet8/12
Sana29.04.2022
Hajmi63,49 Kb.
#594304
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
1-mavzu

Умумлаштириш



Мазмунига кўра



Фикрнинг йўналишига кўра



Хусусийдан умумийга

Элементар





Умумийдан хусусийга

Эмпирик





Тушунчали





Яккадан умумийга ва ундан хусусийга





Умумийдан хусусийга ва ўша умумийдан янада умумийга

Назарий





Камроқ умумийдан янада умумийга





Ягона умумий ҳолатдан янада умумийроққа

Umumlashtirishni mazmuniga ko’ra tushunchali umumlashtirish va yaqqol-ko’rgazmali yoki elementar umumlashtirish turiga ajratish qabul qilingan. Tushunchali umumlashtirish orqali obyektiv qonuniyatlarni muhim belgilari bo’yicha birlashtirish amalga oshiriladi. Bunda muhim belgilar umumlashtirilib, obyektiv qonuniyatlarni ochish mumkin bo’ladi. Yaqqol-ko’rgazmali umumlashtirishda narsa va hodisalar tashqi hamda yaqqol belgilari bo’yicha umumlashtiriladi.


Biz tajribamizda umumlashtirishning yo’nalishi bo’yicha farqlanuvchi usullarga ahamiyat berganmiz. Tajribalarda ushbu umumlashtirish usullari o’rganilgan edi: umumiydan xususiyga (1-usuli), xususiydan umumiyga (2-usuli), yagonadan umumiyga, so’ng xususiy hollarga (3-usuli), umumiydan xususiyga va o’sha umumiydan yanada umumiyga (4-usuli), kamroq umumiy holdan ko’proq umumiy holatga (5-usuli), yagona umumiy qonuniyatdan yanada umumiy qonuniyatga o’tish (6-usuli) va boshqalar.
Sinaluvchilarni umumlashtirish usulining birinchi turiga o’rgatish eksperimentatorning tushuntirish faoliyatidan va mustaqil topshiriqdan tashkil topdi. Eksperimentatorning tushuntirishida va mustaqil topshiriqda sinaluvchilar geografik qonuniyat bilan tanishadilar. Tushuntirishda eksperimentator kartadan sinaluvchilarga Drakon tog’lari va uning sharqiy etagini ko’rsatib, ularni obyekt bilan tanishtiradi. Obyektni tahlil qilish jarayonida eksperimentator asta-sekin qonuniyatni aniqlovchi to’rt sharoitni ochadi va tog’ning yog’ingarchilik miqdoriga ta’siri to’g’risidagi umumiy qonuniyatni ifodalab beradi.
Qonuniyat bo’yicha mustaqil topshiriqda tibiiy geografiya kartasidan ikkita obyekt topish, ularda o’zlashtirilgan qonuniyatni illyustrasiya qilib berish topshirilgan. Masalan, Himolay va uning janubiy etagi, Suram tog’ tizimi va unga yondoshgan Kolxida pasttekisligi. Ular har bir obyektni alohida analiz qilib undan eksperimentator tomonidan ochilgan sharoitlarni topadilar. So’ngra mazkur obyektdagi umumiy qonuniyatni aniqlovchi sharoitlar to’g’risida xulosa chiqaradilar Bunday holatda umumlashtirish umumiy qonuniyatni «tayyor holda» olib, uni boshqa obyektlarga «yoyish» bilan tugallanadi.
Sinaluvchilarga umumlashtirishning xususiydan umumiyga o’tish usuliga (2-son) o’rgatilishida kartadan And, Himolay, Suram obyektlari ko’rsatiladi va obyektlarni mustaqil taqqoslash, yog’ingarchilikka ta’sir qiluvchi umumiy sharoitlarni topish, tog’ning yog’ingarchilikka ta’siri qonuniyatini ta’riflash vazifasi beriladi. Sinaluvchilar obyektlarni taqqoslab, ularning har biridan qonuniyatni aniqlovchi to’rttadan sharoitni topadilar. So’ng xuddi shu sharoitlarga binoan obyektlarni fikran birlashtirib, umumiy qonuniyatni ifodalaydilar. Jumladan, tog’ tizmasining balandligi, nam shamollarning bu joylarga esishi, namlik manbaining uzoq emasligi, tog’ tizmalarining ko’ndalang holda joylashib, nam shamollarni o’tkazmasligi va boshqalar. Ular muhim shart-sharoitga tayanib, umumiy qonuniyatni bunday ta’riflaydilar: « Tog’ tizmalarining o’ziga yondosh joylar yog’ingarchiligiga ta’sir etishi natijasida, u yerlarga ko’p miqdorda yog’in yog’ishi mumkin. Chunki tog’lar bunga yordam beradi».
Mazkur gruppa sinaluvchilari xususiydan umumiyga o’tishdan iborat umumlashtirish usulini o’zlashtiradilar. Topshiriq ulardan mustaqil yechimni talab qiladi. Berilgan obyektlar o’zaro taqqoslanib, umumiy sharoitlar topilib, so’ngra umumiy qonuniyatga ta’rif berildi.
Sinaluvchilarni umumlashtirishning yakkadan umumiyga, so’ng umumiydan yakkaga o’tish usuliga (3-son) o’rgatishda ularga Himolay va uning janubiy etagidagi joy ko’rsatiladi. Tog’ning yog’in miqdoriga ta’siri haqidagi qonuniyatni shu obyektdan topish taklif qilinadi. Ular mazkur obyektni analiz qilib, undagi mavjud to’rt sharoitni aniqlaydilar. Avval bu qonuniyatning berilgan obyektga taalluqliligi yuzasidan fikr yuritadilar, so’ngra xulosa chiqaradilar. Bundan so’ng ular shu zahotiyoq unga aniqlik kiritib, ushbu qonuniyat umumiy hisoblanib, Himolaydan tashqari boshqa tog’larga ham aloqadordir, degan xulosaga keladilar. Sinaluvchilar umumiylikni barcha analogik obyektlarga «yoyish»ga muvaffaq bo’ladilar.
So’ngra ulardan qonuniyatni ikkita boshqa obyektda ko’rsatib berish so’raladi. Bu holatda obyektlar umumlashtirilganda sinaluvchilar umumiy qonuniyatdan chiqib, ularni to’rtala sharoitga binoan birlashtiradilar. Mazkur jarayon umumiylikni xususiy hollarga «yoyish»ni bildirib keladi.
Sinaluvchilarga umumlashtirishning umumiydan xususiyga va o’sha umumiydan yanada umumiyga o’tish usulini (4-son) o’rgatishda ikkita topshiriqdan foydalanildi. Birinchi topshiriqda umumlashtirishning «umumiy qonuniyatdan xususiy hollarga» o’tish qismi o’rgatildi. Eksperimentator rahbarligida sinaluvchilar kartadan bir obyektni analiz qilib, qonuniyatni aniqlovchi to’rt sharoitni sanab o’tadilar. So’ngra bir necha obyektlarga ushbu qonuniyatni «yoyadi»lar. To’rtinchi umumlashtirish usulini o’zlashtirishning ikkinchi qismida «umumiy qonuniyatdan yanada umumiyroq qonuniyatga» o’tish tarkib toptiriladi. Usul avval qator fanlarda o’zlashtirilgan qonuniyat materiallari asosida shakllantiriladi. Bu qonuniyatlar holatlarning o’zgarishi, tog’larning dengiz sathidan balandligiga bog’liqligi, haroratga geografik kenglikning ta’siri, o’simliklarning yashash sharoitlariga moslashishi hamda jonivorlarning rang xususiyatlariga taalluqlidir.
Shundan so’ng eksperimentator sinaluvchilarga o’zlariga tanish bo’lgan jonivorlarning muhitga moslashishiga oid bir necha faktorlarni esga keltirishni taklif qiladi va umumzoologik qonuniyatga ta’rif beriladi: «Hayvonlar rangining o’zgarib turishi ularni o’z dushmanlaridan mudofaa qilish uchun xizmat qiladi, chunki ular o’zlarini qurshab olgan muhitga moslashadilar». Sinaluvchilar to’rtta umumiy qonuniyatni qayta idrok qiladilar, so’ngra xuddi shu umumiylikka ko’ra biologik umumlashgan qonuniyatga ta’rif beradilar: «Tabiatda o’simliklar va jonivorlar o’zlarini qurshab olgan muhit sharoitiga moslashadilar». Ana shunday qilib umumlashtirishning «qator umumiy qonuniyatlardan yanada umumiy qonuniyatga» o’tish qismi tajribada o’zaro bog’liq bo’lgan, lekin yo’nalishi bo’yicha farqlanuvchi «umumiy qonuniyatdan xususiy hollarga va o’sha umumiy qonuniyatdan taqqoslash orqali yanada umumiyroq qonuniyatga» o’tish usulini o’zlashtiradilar.
Umumlashtirishning beshinchi usulini shakllantirishda zoologik qonuniyatdan foydalaniladi: «Hayvonlar rangining o’zgarib turishi ularni dushmanlardan mudofaa qilish uchun xizmat qiladi. Chunki ular o’zlarini qurshab olgan muhitga moslashadilar». Ular hayvonlarni o’zaro taqqoslab, himoya rang belgisiga binoan birlashtiradilar hamda uchta qonuniyatni ifodalaydilar: «hayvonlarning mavsumiy rangi ularni dushmandan himoya qilish funksiyasini bajaradi. Ular muhit rangiga moslashadilar», «hayvonlarning doimiy yoki o’zgarmas rangi dushmandan niqoblaydi. Ular muhit rangini qabul qiladi» va hokazo. Binobarin, sinaluvchilar topshiriqni taqqoslab, kamroq umumiy qonuniyatdan yanada umumiyroq qonuniyatga o’tish imkoniyatiga ega bo’ladilar.
Umumlashtirishning oltinchi usulini tarkib toptirishda ushbu teoremadan foydalaniladi: «Uchburchak ichki burchaklari yig’indisi 2d ga teng. Ko’pburchak ichki burchaklarning yig’indisi (2d (n-2)) ga tengligini isbotlab berish talab qilinadi». «Uchburchak ichki burchaklarining yig’indisi 2d ga teng, -deydi sinaluvchi. Ko’pburchakning ichki burchaklari yig’indisini topish uchun uning bir uchidan diagonallarni o’tkazamiz. Bu diagonallar ko’pburchakni bir necha uchburchakka bo’ladi. Keyin nechta uchburchakka bo’ladi. Keyin nechta uchburchak hosil bo’lganligini hisoblab chiqamiz va 2d ga ko’paytiramiz. 2d (n-2) formulasidagi «n» o’rniga izlanuvchi ko’pburchak tomonini qo’yib, uning nimaga teng ekanligini topamiz».
Protokolning ko’rsatishiga qaraganda, sinaluvchi umumiy formuladan (uchburchakka taalluqli) chiqqan holda, ko’pburchakni uchburchakni bo’lish yo’lini topib, so’ng barcha ko’pburchaklarga aloqador umumiy formulaga o’tadi. Boshqacha so’z bilan aytganda, «umumlashmani umumlashtirish» hodisasi 6-usul bilan amalga oshiriladi. Shunday qilib, topshiriq yagona umumiy holatdan yanada umumiy holatga o’tishdan iborat fikrning yo’nalishi vositasi bilan hal qilinadi.
O’quvchi va talabalarni umulashtirish usullariga o’rgatish bilimlarni o’zlashtirishni osonlashtiradi va o’quv faoliyatini boshqarish imkoniyatini yaratadi.

Download 63,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish