Tafakkur operasiyasi
Analiz va sintez operasiyalari. Analiz-shunday bir tafakkur operasiyasidirki, uning yordami bilan biz narsa va hodisalarni fikran yoki amaliy xususiyatlarini tahlil qilamiz. Allomalarning aytishicha, maymunning yong’oqni chaqishining o’ziyoq boshlang’ich oddiy analizdir. O’quvchi va talaba yoshlar turmushda va dars jarayonida analiz yordami bilan ko’pgina ishlarni amalga oshiradilar, topshiriqlar misol va masalalarni yechadilar. Demak, tabiat va jamiyatdagi bilim va tajribalarni inson tomonidan o’zlashtirib olish analizdan boshlanar ekan. Darsda biz kimyoviy birikmalarni (N2 SO4-vodorod, kislorod va oltingugurtga) parchalaymiz. Ma’ruzalarda gaplarni grammatik tahlil qilish asosida turli gap bo’laklariga, morfema va fonemalarga ajratiladi. Agarda inson oldiga avtomashina motorining tuzilishini bilish vazifasi qo’yilsa, u holda bu topshiriqni hal qilish uchun u motorni ayrim qismlarga ajratib, har bir qismni o’z navbatida alohida olib tekshirish lozim bo’ladi va hokazo.
Ma’ruza va dars jarayonlarida tafakkurning analiz qilish operasiyasi juda muhim rol o’ynaydi. Insonga savod o’rgatish bola nutqini analiz qilishdan boshlanadi. So’ng bu holat matnni gaplarga, gaplarni so’zlarga, so’zlarni o’z navbatida bo’g’inlarga, fonemalarga ularni esa tovushlarga bo’lish singari aqliy faoliyat bilan asta-sekin almashtiriladi. Arifmetika, algebra, geometriya, trigonometriya, fizika yoinki O’zbekiston tarixi, falsafa, iqtisod, politologiya, psixologiya va boshqa fan asoslarini o’rganish muammoli topshiriqlarni, masalalarni yechish ham analiz qilishdan boshlanadi.
Yuqorida aytib o’tilgan motor yoki boshqa qismlarning rolini chuqur tushunish uchun yolg’iz analizning o’zi kifoya qilmaydi. Chunki tarkibiy qimlarni birlashtirilgan holda bir-biriga ta’sir qilib turgan motor va mashinani butunligicha olib tekshirgandagina, uning motor yoki mashina ekanligini anglash mumkin.
Sintez-shunday bir tafakkur operasiyasidirki, biz narsa va hodisalarning analizda bo’lingan, ajratilgan ayrim qismlarni, bo’laklarini sintez yordami bilan fikran yoki amaliy ravishda birlashtirib, butun holiga keltiramiz. Sintez elementlarning, narsa va hodisalarning qismlari va bo’laklarini bir butun qilib qo’shishdan iborat aqliy faoliyat ekanligi ta’rifdan ham ko’rinib turibdi. Analiz amaliy bo’lgani kabi sintez ham amaliy xarakter kasb etadi. Masalan, motor yoki dvigatelning qismlarini, detallarini yig’ishtirib o’rni-o’rniga joylashtirilganda, ya’ni sintez qilinganda motor yoki dvigatel hosil bo’ladi. Avtomashinaning kuzovini, kabinasini, motor va hokazo qismlari sintez qilingan mahaldagina bir butun avtomashinani bunyod etish mumkin. Turli psixologik mavzularni o’rganish orqali psixologiya fani to’g’risida yaxlit tushuncha paydo bo’ladi. Kimyoviy elementni reaksiyaga kiritish yo’li bilangina istalgan birikma hosil qilish imkoniyati tug’iladi. Rassomlar ko’z, qosh, burun va kishining boshqa organlarini mutanosib ravishda chiziq orqali bir butun inson shaklini yasash, yaratish imkoniyatiga ega bo’ladilar va hokazo.
Birinchi sinf bolasi o’z harf xaltasidagi kesilgan harflardan foydalanib bo’g’in, bo’g’inlardan so’z, so’zlardan gap, gaplardan qisqa informasiya, undan esa hikoya tuzadi. Talabalar O’zbekiston tarixi fanidan xalqimiz, davlatchiligimiz, madaniyatimiz, san’atimiz hamda bugungi kunimiz to’g’risida ma’lumot oladilar.
Ish-harakatlarni yaxlitlash tufayli bir butun moddiy narsa hosil bo’ladi, ish-harakatlarda ham sintez operasiyasini qo’llasa bo’lar ekan. Tarixiy qahramonlar, buyuk sarkardalar, arboblar to’g’risida ham xuddi shunday fikr va mulohazalar yuritish mumkin.
Xalq orasida Afandi, Aldar ko’sa, Rustambek, Alpomish, Zulqarnay, suv parisi ajdarholar, jinlar, alvastilar, devlar, Semurg’, oltin baliq va boshqa narsalar ham ayrim organlarni-hayvon va inson tuzilishini, his va hayajonlarni, xarakter va irodani birlashtirib, yagona afsonaviy obrazlar yaratishga muvaffaq bo’lingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |