Mavzu: tafakkur to’G’risida umumiy tasavvurlar reja



Download 63,49 Kb.
bet7/12
Sana29.04.2022
Hajmi63,49 Kb.
#594304
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
1-mavzu

Umumlashtirish. Psixologiyada umumlashtirish muammosi bo’yicha yagona yo’nalishdagi nazariya yo’q Shuning uchun psixologlar bu jarayonni turlicha talqin qiladilar, goho uni gruppalarga bo’lib o’rganadilar. Shuningdek, maktab ta’limini qaysi umumlashtirish usuli asosida amalga oshirish to’g’risida olimlar turlicha fikrdadirlar. Ba’zi psixologlar ta’limda nazariy jihatdan umumlashtirish usulini qo’llab chiqsalar (S. L. Rubinshteyn, V. V. Davidov va boshqalar), ayrimlari ham nazariy, ham amaliy usulni qo’llashni tavsiya etmoqdalar (N. A. Menchinskaya, D. N. Bogoyavlenskiy). Ammo o’quv faoliyatining turli-tumanligi, bizningcha, dars jarayonida har xil umumlashtirish usullaridan foydalanish kerakligini taqozo qiladi.
Psixologiyada umumlashtirishning keng qo’llaniladigan ikki turi: tushunchali umumlashtirish va hissiy-konkret umumlashtirish yuzasidan ko’proq fikr yuritiladi. Tushunchali umumlashtirishda predmetlar obyektiv muhim belgi asosida umumlashtiradi. Hissiy-konkret umumlashtirishda esa predmetlar topshiriq talabiga binoan tashqi belgi bilan umumlashtiriladi. Psixologlar noto’g’ri umulashtirishning (N. A. Menchinskaya, Ye. N. Kabanova-Meller) hissiy-konkret umumlashtirishdan tafovuti borligini hamisha ta’kidlab kelmoqdalar. O’quvchi va talaba ba’zan predmetlarni muhim bo’lmagan belgisiga asoslanib noto’g’ri umumlashtiradilar, vaholanki topshiriq shartida bu talab ular oldiga mutlaqo qo’yilmaydi. Lekin bu nazariyaning himoyachilari noto’g’ri umumlashtirishni alohida tur deb hisoblamaydilar.
Umumlashtirish deganda psixologiyada narsa va hodisalardagi xossa, belgi, xususiyat, alomatlarni topish va shu umumiylik asosida ularni birlashtirish tushuniladi.
Masalan, temir, po’lat, latun, oltin va boshqalarda mavjud bo’lgan o’xshashlik va umumiy belgilarni yagona tushuncha ostida to’plab, uni «metall» degan ibora bilan nomlashimiz mumkin. Shuningdek, qish, bahor, yoz va kuz «fasl» degan tushuncha orqali ifodalanadi. Insonning yosh davrlari xususiyatdagi umumiy belgilar hisobga olinib, «o’smir», «o’spirin», «yetuk kishi», «keksa» singari terminlar ishlatiladi.
Umumlashtirish abstraksiyalash operasiyasidan ajralgan holda sodir bo’lmaydi, har qanday umumlashtirish asosida abstraksiyalash jarayoni yotadi. Umumlashtirish jarayoni abstraksiyasiz mavjud bo’lishi mumkin, lekin abstraksiyasiz umumlashtirishning yuzaga kelishi mumkin emas. Agar abstraksiyalash faoliyatida narsa va hodisalarning o’xshash hamda muhim belgilari tasodif belgilaridan fikran ajratib olinsa, umumlashtirishda esa ajratib olingan o’xshash, umumiy va muhim belgilarga suyangan holda narsa va hodisalar birlashtiriladi.
Boshqa fikr yuritish operasiyalari kabi umumlashtirish ham so’z, nutq yordamida ro’yobga chiqadi. Ta’kidlab o’tganidek, har qanday so’zning o’ziyoq umumlashtiradi. Jumladan, daraxt degan so’z qo’llaniladi, deb faraz qilaylik, unda biz turli daraxtlarga bevosita aloqador bo’lgan iborani aks ettirgan bo’lamiz. Yoinki talaba degan terminni ishlatish bilan turli kurs, har xil fakultet va barcha oliy maktabda taqsil olayotgan yoshlarni birlashtiramiz va hokazo.
Umumlashtirish jarayoni so’z ta’sirida vujudga kelgan ikkinchi signallar tizimiga asoslanadi. Akad. I. P. Pavlov fikricha, nutq signallari tufayli nerv faoliyatining yangi prisipi-abstraksiyalash va bu bilan birga, oldingi tizimning behisob signallarini umumlashtirish vujudga keladiki, bunda ham o’z navbatida ana shu umumlashtirilgan yangi signallar tag’in analiz va sintez qilinaveradi.
Fikr yuritishning umumlashtirish operasiyasi har xil asoslarga ko’ra turlarga bo’lib o’rganiladi.

Download 63,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish