Mamlakatimiz Asosiy Qonuni sud hokimiyati vakolatlariga kiradigan quyidagi masalalarni belgilab bergan:
Qonunlarni ro`yobga chiqarish va qonuniylikni himoya qilish sohasida mustaqillik sud hokimiyatining ustuvorligi;
Sudlarni tashkil qilish prinsplari va sudyalar maqomining asoslari;
Demokratik odil sudlovning asosiy g`oyalari;
Sudlar faoliyatining prinsplari;
Fuqarolar huquq va erkinliklarini odil sudlov sohasida kafolatlanganligi;
Konstitutsiya sudlari o`tkazishda sud ishlarini yuritishning quyidagi prinsplarini mustahkamlab qo`ygan:
Sudlarning mustaqilligi va sudyalarning daxlsizligi (106-108 modda)
Sudlarning mustaqilligi va ularning faqat qonunga bo`ysunishi (112-m)
Sudya lavozimining deputatlik mandati bilan birga olib borilmasligi (108, 112 m)
Hamma sudlarda ishlarning ochiq va oshkora ko`rilishi (ishlarni yopiq majlisda tinglashda qonunda belgilangan hollardagina yo`l qo`yiladi) (113 m)
Sud ishlarining o`zbek, qoraqalpoq tili yoki muayyan joylardagi ko`pchidik aholi so`zlashadigan tillarda olib borilishi (115 m)
Tergov va sud ishlarining har qanday bosqichda advokatlarning qatnashishi
Sud hokimiyati hujjatlarining barcha davlat organlari, korxonalar muassasalar tashkilotlar jamoat birlashmalari mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishining majburiyligi (109, 110, 114 – m)
Sud inson taraqqiyoti davomida yaratgan eng oliy yutuqlardan biridir.
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinishi (1992 y.) bilan sud va huquq islohotlariga keng yo`l ochildi. Bu islohotlarning bosh vazifasi sudning mustaqilligini ta`minlash va fuqarolarning erkinliklarini kengaytirishdir. Konstitutsiyada bunga asos yaratilgan.
O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 13-sessiyasida (1993 yil, 2-senyabr) “Sudlar to`g`risidagi qonun va xo`jalik protsessual kodeksi qabul qilindi, shuningdek “Harbiy sudlarning faoliyati to`g`risidagi, sudyalar malaka hay`ati to`g`risidagi, sudyalar malaka darajasi to`g`risidagi nizomlarni tasdiqladi. O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 16-sessiyasi (1994 yil 22 sentyabr) jinoyat protsessual kodeksi qabul qilindi. U dastlabki tergov bilan birgalikda butun sud faoliyatini tartibga solib turadi. Bu qonun 2000 yilning 14-dekabrida Oliy Majlisning sessiyasida qabul qilindi va hozirda amal qilmoqda”. Sudlar to`g`risidagi qonun’’da odil sudlov asoslari va respublika sud tizimi ularning muhim vazifalari va demokratik sudlovning asosiy prinsplari belgilab berilgan. Konstitutsiyadan so`ng “Sudlar to`g`risidagi qonun ilk bor aybsizlik prezumptsiyasini mustahkamlab qo`ydi. Bu prinsp shuni bildiradiki, tergovdagi yoki sudlanayotgan shaxs o`z aybsizligini isbot qilishi shart emas. “Ayblanuvchi uning aybi qonunda nazarda tutilgan tartibda isbotlanmaguncha va sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlanmaguncha, aybsiz hisoblanadi” – deyiladi ushbu qonunning 9-moddasida.
Qonunda sudyalar maqomiga maxsus bob bag`ishlangan.
Odil sudlovni amalga oshirish qonunlar tomonidan himoya qilinadi. Masalan, O`zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksida odil sudlovni qarshi qilingan jinoyatlar uchun (16 bob). Mamuriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksda esa odil sudlovga tajovuzlar uchun (14 bob) javobgarlik nazarda tutilgan.
Shunday qilib sud hokimiyatining amalda ta`minlanishi qonuniylik va huquq tartibotni mustahkamlashga shuningdek ma`lum ma`noda hayotimizning keng ma`noli o`zgarishlariga ham ko`p jihatdan ta`sir qiladi.
Konstitutsiyaning 107-moddasiga ko`ra, “O`zbekiston Respublikasining sud tizimi besh yil muddatga saylanadigan O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi O`zbekistn Respublikasi Oliy sudi, O`zbekistn Respublikasi oliy xo`jalik sudi, Qoraqalpog`iston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari bo`yicha oliy sudlari, Qoraqalpog`iston Respublikasining xo`jalik sudidan, shu muddatga tayinlanadigan fuqarolik va jinoyat ishlari bo`yicha viloyat va Toshkent shahar sudlari, fuqarolik va jinoyat ishlari bo`yicha tumanlararo, tuman shahar sudlari, harbiy va xo`jalik sudlaridan iborat – O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000 yil 14 avgustdagi Sud tizimini takomillashtirish to`g`risidagi farmoniga binoan 2001 yilning 1-avgustidan boshlab mavjud umumiy yurisdiksiya sudlari negizida Qoraqalpog`iston Respublikasi Fuqarolik ishlari bo`yicha oliy sudi, viloyatlar, Toshkent shahar va tumanlararo fuqarolik ishlari bo`yicha sudlar, Qoraqalpog`iston Respublikasi jinoyat ishlari bo`yicha oliy sudi, viloyatlar, Toshkent shahar va tuman jinoyat ishlari bo`yicha sudlarni tashkil qilindi”. Ushbu qoida “Sudlar to`g`risidagi qonunning 1-moddasida ham takrorlangan bo`lib, sud tizimiga boshqa biror jamoat yoki davlat organlari kirmaydi”24.
Sud tizimi uchun uning bo`g`inlari orasidagi aloqalar bilan birgalikda funktsional aloqalar ham katta ahamiyatga ega. Bu aloqalar shundan kelib chiqqanki sud sud faoliyati bilan bir necha faoliyatni ya`ni birinchi, ikkinchi, instansiyadagi funktsiyalarni amalga oshiriladi.
O`zbekiston Respublikasining sud tizimi ancha murakkab bo`lib, uch bo`g`indan iborat. Chunki mamlakatning tarkibiga Qoraqalpog`iston Respublikasi va 12 ta viloyat kiradi. Bundan tashqari Toshkent shahar sudi viloyat sudi mavqeiga ega va poytaxt hududidagi tuman sudlariga nisbatan yuqori turuvchi organ hisoblanadi. Shuningdek Toshkent shahar Fuqarolik ishlari bo`yicha sudi, Toshkent shahar Jinoyat ishlari bo`yicha sudi, viloyat jinoyat ishlari bo`yicha sudlari bilan teng huquqiy mavqega ega.
Sud tizimining birinchi bo`g`ini tuman va shahar sudlovidir. Ular barcha fuqarolik va mamuriy ishlarni jinoiy ishlarning ko`pini ko`rib chiqadi.
Ikkinchi bo`g`inni Qoraqalpog`iston Respublikasi Oliy sudi, viloyat sudlari va Toshkent shahar sudi tashkil etadi.
Uchinchi bo`g`in – O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi. Ularni shu tariqa uch bo`g`inga bo`lish yagona sud tizimining buzilishi emas. Chunki barcha sudlar bir xil prinsplar, bir xil qonunlar asosida faoliyat ko`rsatadi, yagona vazifani bajaradi.
Sud tizimining yana bir xususiyati shundaki, ularning barchasida oliy organ O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Konstitutsiyaning 110-moddasida: “O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi – fuqarolik, jinoiy va mamuriy sudlov ishlarini yurgizish borasida sud hokimiyatining oliy organi hisoblanadi. U tomonidan qabul qilingan hujjatlar qat`iy va Respublikaning barcha hududida bajarilishi majburiy. O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi – Qoraqalpog`iston Respublikasi Oliy sudi, viloyatlar, shahar va tuman sudlarining sudlov faoliyati ustidan nazorat olib borish huquqiga ega - deyilgan”.
O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi harbiy sudlar ustidan ham to`la nazoratni amalga oshiradi. Shu bilan birga, Konstitutsiyaning 107-moddasida “Favqulodda sudlar tuzishga yo`l qo`yilmaydi” – deb yozilgandi. Shu tariqa tarixda o`ta salbiy iz qoldirgan (alohida uchliklar, harbiy dala sudlari va h.k.) favqulodda sudlar yaratilishining oldi olingan.
Umumiy qoidaga ko`ra, ish birinchi va ikkinchi instantsiyalarda ko`rib chiqilishi mumkin. Nazorat tartibida ishni qayta ko`rib chiqish instantsiya hisoblanmaydi, chunki bunga istisno tariqasida yo`l qo`yiladi. Ikkinchi yoki nazorat instantsiyasida ishlarni ko`rib chiqilar ekanlar sudlar amalga turuvchi quyi turuvchi sudlarning ishlariga rahbarlik qiladilar. Bu birinchi instantsiyadagi sudlar ko`rib chiqadigan ishlarning ahamiyati ham yoki noto`g`ri degani emas. Instantsiyalar bo`yicha odil sudlovni amalga oshirishga kengroq to`xtalamiz.
Ishni birinchi instantsiyadagi sudning ko`rib chiqishning xususiyati shundaki, sud xalq maslahatchilarining ishtirokida yoki ishtirokisiz dalil isbotlarni tahlil qiladi va ish uchun zarur bo`lgan barcha faktlarni aniqlaydi. Bunda ishga aloqasi bo`lgan barcha shaxslar qatnashadilar. Sud hujjatlari barqarordir. Shuning uchun birinchi instantsiya sudi o`z qarori yoki hukmini o`zi o`zgartira olmaydi. Kassatsiya shikoyat yoki protest berilgan taqdirda ularning asoslangan-asoslanmaganligidan qat`iy nazar, ish ikkinchi instantsiyadagi sudda ko`rib chiqiladi
Shu bilan birga, ikkinchi instantsiyadagi sud FPK va JPKda ko`rsatilgan asoslarga binoan qaror yoki hukmni bekor qilish paytida ishni to`xtatishni, jinoiy ishni qayta tergovga yuborishi mumkin; shuningdek qaror yoki hukmni to`la bekor qilmay, ma`lum qismini o`zgartirishi mumkin. Bunda ikkinchi instantsiyadagi sud ajrim chiqaradi. U darhol kuchga kiradi va kassatsion tarzdagi shikoyatga ham, protestga ham o`rin qolmaydi. U faqat sud nazorati tartibida qayta ko`rib chiqilishi mumkin. Bu ko`rsatilgan sud hujjatlari noqonuniy va asoslanmagan bo`lishi mumkin emasligini kafolatlaydi Quyidagilar protest keltirish huquqiga ega:
a) O`zbekiston Respublikasi bosh prokurori; oliy sud raisi, ularning birinchi o`rinbosarlari va o`rinbosarlari, oliy sud pleniumi qaroridan tashqari O`zbekiston Respublikasi barcha sudlarining qarorlariga, hukmlariga, ajrimlariga va qarorlariga;
b) Qoraqalpog`iston Respublikasi prokurori, viloyat prokurorlari, Toshkent shahar prokurori, unga tenglashtirilgan prokurorlar, Qoraqalpog`iston Respublikasi fuqarolik ishlari bo`yicha oliy sudi raisi, viloyat fuqarolik ishlari bo`yicha sud raisi, Toshkent shahar fuqarolik ishlari bo`yicha sud raisi tegishlicha ishni ko`rib chiqqan tuman, tumanlararo yoki shahar fuqarolik ishlari bo`yicha sud qarori yoki ajrimlariga kassatsiya tartibida qaror chiqaradi.
Qoraqalpog`iston Respublikasi Jinoyat ishlari bo`yicha oliy sudi raisi, viloyat jinoyat ishlari bo`yicha sud raisi hukm va ajrimlarni Qoraqalpog`iston Respublikasi jinoyat ishlari bo`yicha sud raisi, Toshkent shahar jinoyat ishlari bo`yicha sudlarning qarorlariga tegishlicha kassatsiya tartibida qarorlar chiqaradi. Qoraqalpog`iston Respublikasi Oliy sudining raisi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining raislari tuman yoki shahar sudlarining qarorlari, hukmlari, va ajrimlariga, tegishlicha sud kollegiyalarining fuqarolik va jinoiy ishlar bo`yicha ajrimlariga kassatsiya tartibida qarorlar chiqaradi.
O`zbekiston Respublikasi Oliy sudida nazorat tartibida ko`rib chiqilgan ba`zi ishlar “Qonun nomi bilan” jurnalida (O`zbekiston Respublikasi axborotnomasi) yoki mamlakatimizda chiqarilayotgan boshqa yuridik jurnallarda e`lon qilinadi. Bu qonunlarning sudyalar tomonidan eng to`g`ri tushunilishi va ularning malakasi oshishiga xizmat qiladi.25
Sudlarni tashkil qilish va ular faoliyatining asosiy prinsplari – davlat faoliyati ushbu turining muhim tomonlarini belgilab beradigan umumiy rahbariy asosiy boshlang`ich qoidalaridir.
O`zbekiston Respublikasining 2000 yil 14 dekabrda yangi tahrirda qabul qilingan “Sudlar to`g`risidagi” qonuniga ko`ra, sudlarni tashkil etish va ular faoliyatining asosiy prinsplariga quyidagilarni kiritish mumkin: odil sudlovning faqat sudlar tomonidan amalga oshirilishi sud hokimiyatining mustaqilligi;
Sud hujjatlarining majburiyligi;
Fuqarolarning qonun va sud oldidagi tengligi;
Sudlovning oshkoraligi;
Sudlov olib boriladigan til;
Sudda himoyalanish huquqi;
Aybsizlik prezumptsiyasi;
Mamlakatimizda odil sudlovni faqat sud amalga oshiradi. Boshqa hech kimga insonlarni sud qilish huquqi berilmagan. Faqatgina sudgina sud hokimiyatini namoyon qiladi, qarorlar, hukmlar, ajrimlar chiqarishi mumkin. Sudyalar mustaqildirlar, faqat qonunga bo`ysunadilar. Sudyalarning odil sudlovni amalga oshirishi borasidagi faoliyatiga biron bir tarzda aralashishga yo`l qo`yilmaydi va bunday aralashuv qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo`ladi. Sud ularning birini boshqasidan ustun qo`ymaydi.
Barcha fuqarolar jinsi, irqi, millati, dini ijtimoiy kelib chiqishi, e`tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat`iy nazar qonun va sud oldida tengdirlar. Bu tenglik Konstitutsiya tomonidan kafolatlanadi va sud organlarining har kungi fadirsatlarida ta`minlanadi. Hamma sudlarda ishlar ochiq oshkora ko`rib chiqiladi.
O`zbekiston Respublikasida sud ishlari o`zbek tilida, qoraqalpog`iston tilida yoki muayyan joydagi ko`pchilik aholi so`zlashadigan tilda yuritiladi. Sudlov olib borilayotgan tilni bilmaydigan sudda qatnashuvchi shaxslarning tarjimon orqali ish materiallari bilan to`liq tanishish va sudlov harakatlarida ishtirok etish huquqi hamda sudda o`zining ona tilida so`zlashish huquqi ta`minlanadi.
Korxona, muassasa va tashkilotlar ham sud himoyasida bo`lishiga haqli, O`zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini hatti-harakatlar va qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish to`g`risida”gi 30-avgust qonuni 2-moddasiga ko`ra davlat organlari korxonalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari, fuqarolarning o`zini-o`zi boshqarish organlari va mansabdor shaxslarning sudga shikoyat qilishga loyiq kollegial yoki yakka tartibdagi hatti-harakatlari jumlasiga fuqaroning huquqlarini buzgan, ularning o`z huquqlari va erkinliklarining ro`yobga chiqarishga monelik tug`dirgan fuqaro zimmasiga qonunga xilof ravishda qandaydir majburiyat yuklatishga sabab bo`ladigan hatti-harakatlar kiradi. 26
Tuman (shahar) sudiga sud raisi rahbarlik qiladi. U:
1-sud majlislarida raislik qiladi, sudyalar o`rtasida sud ishlarini taqsimlaydi;
2-fuqarolarni shaxsan qabul qiladi, ularni qabul qilish, ariza va shikoyatlarni ko`rib chiqish ishini uyushtiradi;
3-sud apparati ishiga rahbarlik qiladi, sud xodimlari bilan mehnat shartnomalarini tuzadi va bekor qiladi;
4-qonun hujjatlarida o`ziga berilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Tuman sudining asosiy ishlovchi mansabdor shaxsi, xuddi yuqori turuvchi sudlardagi kabi sudya hisoblanadi. Muayyan ishlarni ko`rishda sudya hisobdor emas. Qonunni qo`llar ekan, u quyidagi prinsplarga amal qilishi kerak;
a) shaxs to o`z aybi qonuniy kuchga kirgan sud hukmi bilan tan olinmaguncha jinoyat qilganlikda aybdor hisoblanmaydi;
b) hech kim aynan bir huquqbuzarlik uchun takroran jinoiy yoki mamuriy javobgarlikka tortilishi mumkin emas;
d) hech kimga o`zining roziligisiz qonunda uning uchun belgilangan sudlanganlik almashtirilishi mumkin emas;
e) sudda har bir kishi so`z olish huquqiga ega;
f) shaxsning aybdorligi bo`yicha har qanday gumonlar ayblanuvchining foydasiga hal qilinadi;
2.2. O`ZBEKISTONDA SUDYA MAQOMINING MAZMUNI
Mamlakatimizda sudya huquq islohotlarining izchillik bilan bosqichma bosqich amalga oshirilishi ayonida sudyalarning moddiy va texnikaviy, sudyalarning moliyaviy va ijtimoiy taminotini yuqori darajada tashkil etish masalalarini yanada takomillashtirish talab etilmoqda. Shu o`rinda aytish lozimki, sudyalar odil sudlovni amalga oshirar ekan, ularning moddiy hamda ijtimoiy ta`minoti to`g`ri va oqilona tashkil etilishi, o`z navbatida sudyalarning xar tomonlama mustaqilligini ta`minlashda muhim ahamiyatga ega.
Aytish lozimki, “Sudyalar to`g`risidagi” Qonunning 76-moddasi 5-qismiga ko`ra, sudyalarga etkazilgan zararni qoplash bo`yicha to`lovlar respublika budjeti mablag`lari hisobidan amalga oshiriladi va keyinchalik ular abdor shaxslardan qonunda belgilangan tartibda undirib olinadi.27 Bu borada M.Mamasiddiqov “Sudyalar va va sud protseslari xavfsizligini ta`minlash masalalariga oid alohida qonun ishlab chiqilishi maqsadga muvofiq. Bu qonunda sud ijrochilarining sudyalar va sud protseslari xavfsizligini ta`minlash borasidagi vazifalari, ularning huquqiy va tashkiliy asoslari, huquqiy va ijtimoiy himoyasining kafolatlari, moliyaviy, moddiy texnika taminoti kabi masalalarda o`z aksini topishi lozim”-deb o`z taklifini asoslashga xarakat qilsa, D.Habibullaev “Sudyalarning ijtimoiy himoya to`g`risida”gi qonun qabul qilinsa hamda ushbu qonunda sudyalarning moddiy ta`minoti, rag`batlantirish, vakolat muddati tugagandan so`ng keyingi muddatga saylanmagan hollarda ularning avvalgi lavozimibilan teng bo`lganish bilan ta`minlashi va boshqa ijtimoiy himoyasiga oid normalar belgilashi maqsadga muvofiq bo`ladi”-deb takidlaydi.
Darhaqiqat, sudyalik faoliyatining kafolatlari va sudyalarning ijtimoiy himoyasi to`g`risidagi qonun qabul qilinsa va mazkur qonunda,albatta Konstitutsiyaviy sud, umumiy yuridik sudlari, shuningdek xo`jalik sudlari sudyalari hamda sud aparati xodimlari moddiy va ijtimoiy himoya qilish bilan bog`liq huquqiy masalalar yaxlit tarzda huquqiy jixatlardan kafolatlansa maqsadga muvofiq bo`lardi.
Hozirgi kunda sudyalarning davlat xizmatchisi sifatidagi huquqiy maqomini qonun hujjatlarida mustaxkamlash, vakolat muddati tugagan sudyalarning ijtimoiy-iqtisodiy huquqlari himoyasini taminlash, ularning vakolat muddatlari davomida hal etilishi mumkin bo`lgan dolzarb masalalardir.
Sudya-sud hokimiyatini amalga oshiruvchi mansabdor shaxs. Sudyaga qonun bilan odil sudlovniamalga oshirish vakolatlari berilgan berilgan bo`lib, u o`z vazifalarini professional asosda amalga oshiradi.
O`zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi sudyalarni tanlash va lavozimlariga qoidalariga rioya tavsiya etish bo`yicha oliy malaka komissiyasining 2013-yil 28-fevraldagi 5-sonli varori bilan tasdiqlangan “Sudyalar odob-axloq qoidalari” 17 moddadan iborat bo`lib, unda sudyaning odob axloq qilish majburiyati, odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatning ustuvorligi,Sudyaning xulq atvori qo`yiladigan umumiy talablar va boshqa qoidalar o`rin olgan.28
2017-2021 yillarda o`zbekiston respublikasini rivojlantirishning beshta ustivor yunalishi bo`yicha harakatlar strategiyasida fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kengaytirishga aloxida etibor qaratilgan.
“Sudyalar odob-axloq” kodeksi juda muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Bu kodeks sudyalar yurish-turish, odob axloqini belgilaydi. Sudyalarning malaka hay`ati to`g`risidagi nizomi ham muhim axamiyatga egadir.
Sudyalar odob axloq kodeksi O`zbekiston respublikasi Sudyalar oliy kengashining 2017-yil 22-avgustdagi 247-sonli qarori bilan tasdiqlangan .
O`zbekiston Respublikasi Sudyalar Oliy kengashining2018 yil 29 yanvardagi SOKQ-490-III-son Qarori bilan"Sudyalarning odob-axloq kodeksi"ning yangi tahriri tasdiqlandi
Do'stlaringiz bilan baham: |