Mavzu: sudyalarning huquqiy maqomi: xorijiy va milliy tajriba


I.Sudyalarning malaka hay`atlarini saylash tartibi, ularning faoliyatini tashkil etish va vakolatlari



Download 320,13 Kb.
bet11/18
Sana02.01.2022
Hajmi320,13 Kb.
#308096
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18
Bog'liq
BMI-Dilnoza

I.Sudyalarning malaka hay`atlarini saylash tartibi, ularning faoliyatini tashkil etish va vakolatlari

1. «Sudlar to`g`risida»gi O`zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq sudyalarning malaka hay`atlari sudya kadrlar bilan ishlashda demokratik asoslarni, munosib nomzodlar ko`rsatish hamda sudyalar mustaqilligi kafolatlarini kuchaytirish maqsadida tuziladi.

2. Umumiy yurisdiktsiya sudlari sudyalarining oliy malaka hay`ati (bundan buyon matnda Sudyalar oliy malaka hay`ati deb yuritiladi) O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyalari orasidan besh yil muddatga saylanadi.

Fuqarolik va jinoyat ishlari bo`yicha Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar sudlari va harbiy sudlar sudyalarining malaka hay`atlari tegishli sudlar sudyalarining konferentsiyalarida, tumanlararo, tuman (shahar) sudlari, okrug va hududiy harbiy sudlar hamda tegishli yuqori sudlarning sudyalari orasidan besh yil muddatga saylanadi.

Sudyalar oliy malaka hay`ati raisi O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyalari orasidan saylanadi.

O`zbekiston Respublikasi Oliy sudining Plenumi va sudyalarning konferentsiyasi, agar ularda Plenum yoki konferentsiyani tashkil etuvchi sudyalarning kamida uchdan ikki qismi hozir bo`lsa, sudyalarning malaka hay`atlarini saylashga vakolatlidir.33

Sudyalar malaka hay`atlari a`zolarining soni ularning ish hajmiga qarab belgilanadi, ammo sudyalar malaka hay`ati raisi va uning o`rinbosarlari bilan birgalikda to`qqiz kishidan oshib ketmasligi kerak.

Sudya, agar ovoz berish natijalariga ko`ra ovoz berishda ishtirok etgan sudyalarning yarmidan ko`pi ovozini olgan bo`lsa, sudyalarning malaka hay`atiga saylangan hisoblanadi.

Sudyalarning malaka hay`atlari o`z faoliyati to`g`risida o`zlarini saylab qo`ygan organlarga bir yilda kamida bir marta axborot beradilar.

Sudyalarning tegishli malaka hay`ati raisi sudyalarning malaka hay`ati faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi hamda sudyalarning malaka hay`ati zimmasiga yuklatilgan vazifalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi. Hay`at raisi yo`qligida uning vazifasini sudyalarning tegishli malaka hay`ati raisi o`rinbosari amalga oshiradi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish bo`yicha oliy malaka komissiyasi sudyalar malaka hay`atlari raislarining sudya kadrlar bilan olib borilayotgan ishlarning ahvoli haqidagi hisobotlarini muntazam ravishda eshitib boradi.

Sudyalarning malaka hay`atlari faoliyatida sudya kadrlarning zaxirasini shakllantirish va ularni tanlashda oshna-og`aynigarchilik, mahalliychilik, xizmat mavqeini suiiste`mol qilish hamda boshqa yo`sindagi qoidabuzarlik faktlari aniqlangan taqdirda, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish bo`yicha oliy malaka komissiyasi sudyalarning tegishli malaka hay`ati raisini egallab turgan lavozimidan ozod etishgacha bo`lgan intizomiy javobgarlikka tortish haqida taqdimnoma kiritishga haqli.

Sudyalarning malaka hay`atlari o`z vakolatlarini amalga oshirish uchun zarur bo`lgan ma`lumotlarni sudlar, boshqa davlat organlari va jamoat birlashmalari rahbarlaridan, shuningdek mansabdor shaxslar va fuqarolardan talab qilib olish huquqiga ega.

Sudyalar malaka hay`atining majlisida bayonnoma yuritiladi va u raislik qiluvchi hamda sudyalar malaka hay`atining kotibi tomonidan imzolanadi.

Sudyalar malaka hay`atining ish bo`yicha qabul qilingan qaroriga rozi bo`lmagan a`zosi sudyalar malaka hay`atining qaroriga imzo qo`yadi va o`zining alohida fikrini yozma ravishda bildiradi, bu fikr majlis bayonnomasiga qo`shib qo`yiladi.

Sudyalarning malaka hay`ati sudyalarning ma`muriy va intizomiy javobgarligi to`g`risidagi hamda ularning vakolatlarini to`xtatib turish haqidagi masalalar ko`rilganda qaror chiqaradi, boshqa masalalar ko`rilganda esa xulosa beradi.

Sudyalar malaka hay`atining qarori yoki xulosasida quyidagilar ko`rsatilishi kerak: sudyalar malaka hay`atining nomi, uning tarkibi, ish ko`rilgan joy va vaqt; ishi ko`rilayotgan sudyaning mansabi va familiyasi, ismi, otasining ismi; taqdimnoma kiritgan yoki intizomiy javobgarlik to`g`risida ish qo`zg`atgan shaxsning mansabi va familiyasi; ish holatlari; sudyaning tushuntirishlari va uning shaxsini tavsiflovchi ma`lumotlar; qabul qilingan qaror yoki xulosaning daliliy asoslari; belgilangan intizomiy jazo chorasi yoki intizomiy javobgarlik to`g`risidagi ishni tugatish asoslari; qaror (xulosa) ustidan shikoyat qilish tartibi va muddatlari.

Sudyalarning boshqa malaka hay`atlari qarorlari va xulosalari ustidan qaror yoki xulosa qaysi sudya xususida chiqarilgan bo`lsa, shu sudya, shuningdek taqdimnoma kiritgan yoki intizomiy javobgarlik to`g`risida ish qo`zg`atgan shaxs Sudyalar oliy malaka hay`atiga shikoyat qilishi mumkin.

Masalani qayta ko`rish to`g`risidagi shikoyat yoki takdimnoma qaror qabul qilingan yoki xulosa chiqarilgan kundan boshlab o`n kun ichida qaror yoki xulosa chiqargan sudyalar malaka hay`ati orqali beriladi34.

SHikoyat yoki takdimnoma tushishi bilanoq material zudlik bilan Sudyalar oliy malaka hay`atiga yuborilishi lozim. Sudyalar oliy malaka hay`ati shikoyat yoki takdimnoma bilan kelgan materialni bir oy muddat ichida ko`rib chiqadi. Sudyalar oliy malaka hay`ati:



  • qaror yoki xulosani o`zgarishsiz, shikoyat yoki taqdimnomani esa qanoatlantirishsiz qoldirishga;

  • qaror yoki xulosani bekor qilish va materialni yangidan ko`rish uchun yuborishga;

  • qaror yoki xulosani bekor qilish va materialni o`z ish yuritishiga olishga;

  • qarorni bekor qilish va intizomiy javobgarlik to`g`risidagi ishni tugatishga;

  • qarorni o`zgartirish va sudyaga boshqa intizomiy jazo chorasi qo`llashga haqlidir.

20. Quyidagilarning:

O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyaligiga nomzodlarning malaka imtihoni hamda ularning shu lavozimda ishlashga tayyorligini baholash — O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi taqdim etgan materiallar asosida yoki vakolati muddati o`tayotgan O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasining arizasiga binoan Sudyalar oliy malaka hay`ati tomonidan;

Sudyalikka nomzodning malaka imtihoni u bilan suhbat o`tkazish, og`zaki savol-javoblar, ro`yxati sudyalarning tegishli malaka hay`ati majlisida tasdiqlanadigan amaliy masalalarni hal etishdan iborat bo`ladi.. Sudyalarning malaka hay`ati sudyalikka nomzodning malaka imtihonidan o`tgan yoki o`tmaganligi to`g`risida xulosa beradi. Malaka imtihonini topshira olmagan sudyalikka nomzod kamida bir yildan keyin qaytadan imtihonga qo`yilishi mumkin.

Sudyalarning malaka hay`ati raisi nomzodning yoki sudyaning tayyorligi haqidagi masalaga oid xulosani O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish bo`yicha oliy malaka komissiyasiga yuboradi.

2425. Sudyalarning malaka attestatsiyasi «Sudlar to`g`risida»gi O`zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq hamda sudyalar sifat tarkibini yaxshilash, ularning kasb malakasi oshishiga baho berish va rag`batlantirish, odil sudlovni amalga oshirish borasidagi mas`uliyatini oshirish maqsadida o`tkaziladi.O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyalari, Qoraqalpog`iston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari bo`yicha oliy sudlarining, fuqarolik va jinoyat ishlari bo`yicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining, O`zbekiston Respublikasi Harbiy sudining raislari va rais o`rinbosarlariga nisbatan — O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining taqdimnomasiga binoan Sudyalar oliy malaka hay`ati tomonidan;

Qoraqalpog`iston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari bo`yicha oliy sudlarining, fuqarolik va jinoyat ishlari bo`yicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining, fuqarolik ishlari bo`yicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlarining, jinoyat ishlari bo`yicha tuman (shahar) sudlarining sudyalariga nisbatan — Qoraqalpog`iston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari bo`yicha oliy sudlari, fuqarolik va jinoyat ishlari bo`yicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari raislarining taqdimnomasiga binoan sudyalarning tegishli malaka hay`ati tomonidan;

Birinchi marta sudyalik lavozimiga saylangan (tayinlangan) shaxslarning malaka attestatsiyasi ular ish faoliyatining dastlabki uch oyi ichida o`tkazilishi kerak.35

Sudyalarning navbatdagi malaka attestatsiyasi ularga berilgan malaka darajasida bo`lish muddati tamom bo`lgan kundan e`tiboran bir oydan kechiktirmay o`tkaziladi.

Sudyaga muddatidan oldin yuqoriroq malaka darajasi berish uchun unga avval berilgan malaka darajasida bo`lish muddatining yarmi o`tganidan keyingina navbatdagi malaka attestatsiyasi o`tkazilishi mumkin.

. Sudyaga malaka darajasi berilganligi to`g`risida guvohnoma beriladi. Sudyalar tegishli malaka hay`atining malaka darajasi berish to`g`risidagi qarori tegishincha O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi yoki O`zbekiston Respublikasi Oliy xo`jalik sudi matbuot organlarida e`lon qilinadi, shuningdek sudyaning shaxsiy ishiga qo`shib qo`yiladi.

Agar sudyalarning davriy malaka attestatsiyasini o`tkazish chog`ida «Sudlar to`g`risida»gi O`zbekiston Respublikasi Qonunining 72-moddasi birinchi qismining 1, 3 va 8-bandlarida nazarda tutilgan holatlar aniqlangudek bo`lsa, sudyalarning malaka hay`ati barcha materiallarni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish bo`yicha oliy malaka komissiyasiga yuboradi.

36. «Sudlar to`g`risida»gi O`zbekiston Respublikasi Qonunining 73-moddasiga muvofiq sudya:

odil sudlovni amalga oshirish chog`ida qonuniylikni buzganligi uchun;

sud ishini tashkil etishdagi beparvoligi yoki intizomsizligi oqibatida yo`l qo`ygan kamchiliklari uchun, shuningdek xizmat borasidagi yoki obro`siga putur etkazadigan boshqa xatti-harakati uchun faqat sudyalar malaka hay`atining qaroriga asosan intizomiy javobgarlikka tortilishi mumkin.

Harbiy sudning sudyasi harbiy intizomni buzganligi uchun ham intizomiy javobgarlikka tortilishi mumkin.

O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyalarining;

Qoraqalpog`iston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari bo`yicha oliy sudlari, fuqarolik va jinoyat ishlari bo`yicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari raislari va rais o`rinbosarlarining;

Fuqarolik va jinoyat ishlari bo`yicha Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, shuningdek harbiy sudlar sudyalarining malaka hay`atlari sudyalarning intizomiy javobgarligi haqidagi ishlarni o`z vakolatlari doirasida ko`radilar.

Xo`jalik sudlari sudyalarining malaka hay`ati xo`jalik sudlari sudyalarining intizomiy javobgarligi haqidagi ishlarni ko`radi.

. Sudya, nojo`ya xatti-harakat qilganligi aniqlangan kundan boshlab xizmat tekshiruvlariga ketgan vaqt, sudyaning uzrli sabablarga ko`ra ishda bo`lmagan vaqti hamda sudyalarning malaka hay`atida intizomiy javobgarlik to`g`risidagi ishni ko`rib chiqishga ketgan vaqtni hisoblamaganda, kechi bilan bir oy ichida, ammo nojo`ya xatti-harakat sodir etilgan kundan e`tiboran esa, kechi bilan olti oy ichida intizomiy jazoga tortilishi mumkin.

Zarur hollarda, ishni ko`rib chiqish boshlangunga qadar sudyani intizomiy javobgarlikka tortish asoslari qo`shimcha ravishda tekshiriladi, bunday tekshirishni o`tkazishni sudyalar malaka hay`atining raisi sudyalar malaka hay`ati a`zolaridan biriga topshiradi. Bunda qo`shimcha hujjat va materiallar, shuningdek ko`rib chiqish chog`ida sudya qonun buzilishiga yo`l qo`ygan sud ishlari ham talab qilib olinishiga yo`l qo`yiladi.. Sudyalarning tegishli malaka hay`ati quyidagi qarorlardan birini chiqarishi mumkin:

intizomiy jazo chorasi qo`llash to`g`risida;

intizomiy javobgarlik to`g`risidagi ishni tugatish to`g`risida;

intizomiy javobgarlik to`g`risidagi ish materiallarini sudyaning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish masalasini qo`zg`atish huquqiga ega bo`lgan organlarga yuborish haqida.




Download 320,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish