MAVZU: SUDYALARNING HUQUQIY MAQOMI: XORIJIY VA MILLIY TAJRIBA
REJA:
1-BOB. Xorijiy mamlakatlarda sudyalarning huquqiy maqomi
1.1.Sudyalarning huquqiy maqomi tushunchasi, prinsiplari va ahamiyati
1.2.Sudya maqomining xalqaro standartlari,xususiyatlari
2-BOB. O`zbekiston Respublikasida sudyalarning huquqiy maqomi
2.1.O`zbekistonda sud huquq tizimining isloh qilinishi va huquqiy asoslari
2.2.O`zbekiston Respublikasida sudya maqomining mazmuni
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Ilova
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: Ma`lumki, 2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasida fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish qilish kafolatlarini kengaytirish, ularning odil sudlovga erishish darajasini, sud ish yurituvining samaradorligi va sifatini oshirish, nomzodlarni tanlash va sudyalik lavozimiga tayinlash tizimini takomillashtirish sud huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning eng muhim yo`nalishlari sifatida mustahkamlandi.
Hammamizga yaxshi ma`lumki, sud jamiyat hayotida qonun ustuvorligi, adolat barqarorligini ta`minlaydigan mustaqil hokimiyat tarmog`idir. Prezidentimizning tashabbuslari bilan Konstitutsiyamizning 7 ta moddasiga sud-huquq sohasidagi islohotlar bilan bog`liq prinsipial o`zgarishlar kiritildi.
Sudyalarni nomzodlarni tanlash va lavozimiga tayinlash tizimini tubdan takomillashtirish, yuqori malakali sudyalar korpusini shakllantirish maqsadida O`zbekiston Respublikasi sudyalar oliy kengashi tashkil etildi.
Shuni alohida qayd etish kerakki, mamlakatimiz tarixida ilk bor sudyalar oliy kengashi tashkil etilishi munosabati bilan amalda sudyalarning mustaqilligi va daxlsizligini ta`minlovchi himoya tizimi yaratildi.
Yurtboshimiz ta`kidlaganlaridek, “Yuksak ma`naviy axloqiy saviyaga ega bo`lmagan yurist kadrlar hech qachon sudya lavozimiga tayinlanmasligi kerak. Adolat va ma`naviyat-o`zaro chambarchas bog`liqdir. Ma`naviyat yo`q joyda hech qachon adolat bo`lmaydi”1.
Muhtaram Prezidentimiz SH.M.Mirziyoev tomonidan 2017 yil 13 iyunda sudyalar bilan o`tkazilgan uchrashuvdagi “Qonun va ustuvorligini ta`minlash barcha ezgu maqsadlarimizga erishishning eng muhim sharti” mavzusidagi ma`ruzalarida2 belgilangan vazifalardan kelib chiqib, hozirda har qaysi sudyani keyingi muddatga tayinlash masalasini ko`rishda ularning oxirgi ish joyidagi faoliyatini sinchiklab o`rganishga alohida e`tibor qaratilmoqda.
Sudyalar Oliy Kengashi – bu xalqaro standartlarga to`liq javob beradi.
Sudyalar bir xil maqomga ega hisoblanadilar.
O`zbekiston Respublikasi sudyalari qasamyod qabul qildi.
Sudyalik – bu mashaqqati, shu bilan birga sharafli kasb hisoblanadi. Chunki har bir insonning taqdirini hal qilishda sudyalarning roli beqiyosdir. Ular vijdonan qaror qabul qilishlari kerak. Sudyalar sudni “adolat qo`rg`oniga” aylantirishda bor bilim va tajribalarini safarbar etishlari kerak.
Bunday olib qaraydigan bo`lsak, xorijiy mamlakatdagi sudyalar ham o`z kasbiga vijdonan yondashadi. Har bir davlatda sudyalarning asosiy majburiyatlari belgilangan.
Sudyalar mustaqildirlar, faqat qonunga bo`ysunadilar. Sudyalarning huquqiy maqomi har bir davlatning Konstitutsiyasi va qonunlarida belgilangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |