Joanna Bruks xonim (Buyuk Britaniya) bilan “Uzbekistan Today” gazetasi muxbirining muloqoti
Qonun ustuvorligini ta`minlash va fuqarolarning odil sudlov tizimiga murojaat etish imkoniyatlarini kengaytirish masalalari bo`yicha xalqaro ekspert. Serbiya, Norvegiya, Bangladesh, Nepal kabi davlatlarda mazkur yo`nalishdagi loyihalarni va tadqiqotlarni amalga oshirish borasida 15 yildan ziyod ish tajribasiga ega.10
Muhtaram Joanna Bruks xonim, 2013 yilda ham O`zbekistonga tashrif buyurgansiz. Aytingchi, bugungi kunda qadar mazkur mamlakatda sud tizimi sohasida qanday o`zgarishlar ro`y bergan?
2013 yildagi O`zbekistonga tashrifimdan keyingi davr mobaynida yurtingiz sud tizimida juda jiddiy yutuqlar qo`lga kiritilganligi va qator islohotlar amalga oshirilganligining guvohi bo`ldim. Jumladan, sudyalarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimi yanada mustahkamlangan, sudyalarning mustaqilligi va xolisligini ta`minlashga qaratilgan qator choralar ko`rilgan, sudyalarning malakasiga nisbatan talablar kuchaytirilgan, bir qancha tumanlararo sudlar tashkil etilgan “E-SUD” milliy elektron axborot sudlov tizimi joriy etilgan va hokazo. O`zbekiston Respublikasining bunday yutuqlarga erishganligi xalqaro miqyosda ijobiy baholanadi. Yana bir marotaba mamlakatingizga tashrif buyurish imkoniyati paydo bo`lganligidan va sud tizimini takomillashtirish jarayonlarida qisqa bo`lsada, ishtirok etayotganligimdan mamnunman. Sudyalar, sudyalik lavozimiga nomzodlar va sud xodimlarining ta`limi: xorijiy va milliy amaliyot
2016 yil 22 iyul kuni O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi majlislar zalida sudyalik lavozimiga nomzodlar va sud xodimlarini tayyorlash hamda sudyalar malakasini oshirishda xorijiy va milliy amaliyotni muhokama qilishga bag`ishlangan davra suhbati bo`lib o`tdi.
Mazkur tadbirda O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi AQSH Xalqaro Taraqqiyot Agentligi (USAID) va BMT Taraqqiyot Dasturi o`rtasida birgalikda amalga oshirilayotgan “O`zbekistonda qonun ustuvorligi yo`lida hamkorlik” qo`shma loyihasi tomonidan taklif etilgan qonun ustuvorligi va odil sudlov tizimiga murojaat etish imkoniyatini kengaytirish masalalari bo`yicha xalqaro ekspert Joanna Bruks xonim (Buyuk Britaniya) ma`ruza bilan ishtirok etdi.
Ma`lumki, sudyalar o`z faoliyati davomida amaldagi qonun hujjatlarini adolatli tarzda va bir xilda qo`llay olishlari uchun o`z professional mahoratini doimiy ravishda oshirib borishlari lozim. “Sudyalar odob-axloq qoidalari”da ham sudya o`z malakasini yuqori darajada ushlab turishga, nazariy bilimlari va amaliy ko`nikmalarini takomillashtirib borishga majburligi qayd etilgan. Shu bois uzluksiz ta`lim olish va o`z malakasini oshirib borish sudyaning odil sudlovni amalga oshirish bo`yicha faoliyatining asosiy yo`nalishlaridan biri hisoblanadi.
Sudyalar malakasini oshirishning qonun ustuvorligini ta`minlashdagi muhim o`rni inobatga olingan holda, qo`shma loyiha doirasida mazkur sohada mavjud xorijiy va milliy amaliyotning tahlili asosida “O`zbekiston Respublikasida sudyalik lavozimiga nomzodlar va sud xodimlarini tayyorlash hamda sudyalar malakasini oshirish mexanizmlarini yanada takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasi” ishlab chiqilmoqda.11
Mazkur masalada qonun ustuvorligi va odil sudlov tizimiga murojaat etish imkoniyatini kengaytirish masalalari bo`yicha xalqaro ekspert Joanna Bruks xonim hamda Oliy sud, Oliy xo`jalik sudi, Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi va Toshkent davlat yuridik universiteti vakillaridan iborat mahalliy konsultantlar guruhi tomonidan tadqiqotlar olib borildi..
Do'stlaringiz bilan baham: |