Mavzu: sudyalarning huquqiy maqomi: xorijiy va milliy tajriba


I.BOB. XORIJIY MAMLAKATLARDA SUDYALARNING HUQUQIY MAQOMI



Download 320,13 Kb.
bet4/18
Sana02.01.2022
Hajmi320,13 Kb.
#308096
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
BMI-Dilnoza

I.BOB. XORIJIY MAMLAKATLARDA SUDYALARNING HUQUQIY MAQOMI

1.1.Sudyalarning huquqiy maqomi prinsiplari, ahamiyati

Sudya – odil sudlovni amalga oshirishda inson huquq va erkinliklarining sud tomonidan himoya qilinishi sud hokimiyatini organlari faoliyatining mazmuni va mohiyati ekanligini unutmasligi lozim.

Sudya har qanday vaziyatda o`z sha`ni qadr- qimmatini saqlash, odob-axloq normalariga rioya etishi, kamtar, xushmuomala bo`lishi hamda qo`polikka yo`l qo`ymasligi shart.

Halollik sudya o`z vazifalarini tegishli tarzda bajarishining zarur shartidir. Sudya o`z majburiyatlarini vijdonan, yuqori professional darajada bajarishi, ish o`z vaqtida va malakali ko`rib chiqilishi uchun barcha choralarni ko`rishi, shuningdek taraflarni yarashtirishga, nizoni tinch yo`l bilan hal etishga ko`maklashishi lozim.

Sudyalar bir xil maqomga egadirlar.

Maqom bu lotincha so`z hisoblanadi. Bu atama har qanday sub`ektning huquqiy maqomini bildiradi. Boshqaruv organining mansabdor shaxsini, yuridik shaxsni va hokazolar. Shundan kelib chiqqan holda sudyaning huquqiy maqomi sudyaning konsultantga biriktirilgan jamoatchi shaxs sifatida huquqiy pozitsiyasidir.4

Qonunning qoidalarini tahlil qilish sudyaning huquqiy maqomiga bir qator prinsplarni (tamoyillarni) ajratishga imkon beradi.

1.Sudyalar sud hokimiyatining egallari bo`lib, hokimiyatni boshqarish vakolatiga ega bo`lgan davlat organlari hisoblanadi. Sudyalar qonun hujjatlariga muvofiq adliya faoliyatiga va o`z vazifalarini professional darajada bajarishga vakolatli shaxslardir.

2. Barcha sudyalar o`zlarining vakolatlariga ko`ra bir xil maqomga ega. Maqomning birligi – sud organlari ichida sudyalarning tengligi, ularning huquqlarini teng himoya qilish, teng huquq va cheklovlarni qo`llashdir. Sudyalarning ayrim toifalari huquqiy maqomining o`ziga xos xususiyatlari federal qonunlar bilan belgilanadi va ular Rossiya Federatsiyasi sub`ektlari qonunlari bilan nazarda tutilgan hollarda qo`llaniladi.

3.Shuning bilan professional tarzda xalqaro sudyalar oqilona sudni amalga oshirishi kerak. Birinchi navbatda sudyalar sud bilan birga muvofiq ishlarini amalga oshirishlari kerak. Hech qachon sudya o`zidan-o`zi hukm chiqarmaydi. U faqat qonunga bo`ysunadi.

Xalqaro sud – BMT asosiy sudlov organi. 1945 yil tashkil topgan. Davlatlar o`rtasidagi yuridik nizolarni ularning roziligi bilan hal qiladi va huquqiy masalalar bo`yicha tavsiyaviy xulosalar beradi. 15 nafar sudyalardan iborat, ular BMT Bosh Assambleyatsi va Xavfsizlik kengashi tomonidan 9 yilga saylanadi. BMT Ustavining ajralmas qismi hisoblanadigan Statut asosida ish olib boradi. Xalqaro sudi Gaaga shahrida joylashgan.

Xalqaro huquq qonunchiligiga nazar tashlasak, sudya, advokat, tergovchi, jurnalist yoki shifokor bo`ladimi, barcha kasb egalarining sohasi bo`yicha, hatto davlat xizmatchisi sifatida ish vaqtida va ish vaqtidan tashqari nimalarga amal qilishi zarurligi, kasb etikasi haqida ustuvor qoidalar aks ettirilganiga guvoh bo`lamiz.

Boshqacha aytganda advokat qanday bo`lishi kerakligi, voyaga etmagan shaxslar huquqlari qanday tartibda himoya qilishini lozimligi ushlab turilgan shaxsga nimalarni tushuntirish kerakligi sudya yoki jurnalistning xolisligi va mustaqilligi qanday ta`minlanishiga oid asosiy mezon va qoidalar xalqaro huquqda allaqachon belgilangan bo`lib, bugungi kunda ushbu xalqaro standartlar davlatlar qonunchiligida o`z ifodasini topgan.

Masalan, odil sudlovga oid xalqaro standartlar xalqaro huquqda “Mirnada qoidasi”, “Bangalor prinsplari”, “ Sudyalar mavqei to`g`risida Evropa Xartiyasi”, “Inson huquqlari bo`yicha xalqaro bill”, “Milan qoidali”, “Yuvenal yustitsiyasi”, “Karakas deklaratsiyasi”, “Pekin qoidalari”, “Ar-Riyod prinsplari”, “Bangkok deklaratsiyasi", “Insoniylik mezonlari” deb o`ziga xos tarzda nomlanib, ularning barchasi inson huquqlari bo`yicha xalqaro huquqning asosini tashkil etadi va sudlar faoliyatida muhim o`rin tutadi.5

Gap inson huquqlari bo`yicha xalqaro huquqda umume`tirof etilgan sudlar faoliyati bilan bevosita bog`liq xalqaro shartnomalar haqida borarkan, bu borada quyidagi 3 ta muhim xalqaro hujjatni alohida qayd etib o`tish lozim.

Birinchi xalqaro hujjat BMTning asosiy shartnomalaridan biri “Fuqarolik va siyosiy huquqlar to`g`risida”gi xalqaro Pakt va unga 2 ta qo`shimcha protokoldir.

Ikkinchi xalqaro hujjat “Sud organlarining mustaqilligiga oid asosiy prinsplar to`g`risida”gi Rezolyutsiya hisoblanadi.

Chunki, xalqaro huquqda inson huquqlari bo`yicha yuzlab shartnomalar qabul qilingan, lekin asosiy shartnoma 9 ta. Ushbu asosiy shartnomalar, shu jumladan yuqoridagi xalqaro Pakt hozirgi zamon xalqaro huquq tizimining bosh huquqiy manbai bo`lib, birorta ham boshqa xalqaro hujjat zid kelishi mumkin emas va ularga muvofiq ravishda qabul qilinishi lozim. Shu bilan birga, a`zo davlatlar o`z hududida boshqa shartnomalar emas, balki aynan ana shu asosiy shartnomalarning bajarilishi BMTga davriy hisobotlarni taqdim etib boradi.

Bundan tashqari, mazkur xalqaro hujjat hozirgi zamon inson huquqlari tarixida o`zining ahamiyati va muhimligi bilan inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasidagi normalar ijrosini ta`minlash hamda inson huquqlari sohasida davlatlarning so`zsiz hisobdorligi va javobgarligini belgilab bergan yagona bosh shartnomadir.

Shu ma`noda, davlat ichida Konstitutsiya qanday ustuvor yuridik kuchga ega bo`lsa, “Fuqarolik va siyosiy huquqlar to`g`risida”gi xalqaro Pakt ham xalqaro hujjatlar ierarxiyasida shunday oliy yuridik maqomga ega bo`lgan fundamental xalqaro shartnoma hisoblanadi.6

Ushbu Paktda sudlar faoliyatiga oid muhim qoidalar, jumladan, inson va fuqarolarning huquqlari ustuvorligi, shaxs daxlsizligi, barcha fuqarolarning qonun va sud oldida tengligi, har bir shaxsning himoyalanish huquqiga ega ekanligi, aybsizlik prezumpsiyasi kabi umume`tirof etilgan minimal standart qoidalari mustahkamlangan.

Jumladan, Paktning 14-moddasida barcha shaxslarning sudlar oldida tengligi, jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan har qanlay kishi qonunga muvofiq aybi isbotlanmaguncha aybsiz deb sanalish huquqiga ega ekanligi, voyaga etmaganlarga nisbatan sud qayta tarbiyalanishga yordamlashish xohishi inobatga olingan holda olib borilishi kerakligi, bir jinoyat uchun ikki marta jazoga tortilish mumkin emasligi haqida normalar belgilangan.7

“Sud organlarining mustaqilligiga oid asosiy prinsplar to`g`risida”gi8 Rezolyutsiya ham xalqaro huquqda sudlar faoliyati bo`yicha qabul qilingan maxsus xalqaro hujjatlardan biridir. Aytish joizki, sud hokimiyati mustaqilligi va xolisligini ta`minlash bilan bog`liq normalar ko`plab xalqaro hujjatlarda u yoki bu tarzda belgilangan. Ammo, ushbu Rezolyutsiya bugungi kunda sud va sudyalarning mustaqilligi qanday ta`minlanishi kerak degan savolga atroflicha javob bergan yagona xalqaro hujjat hisoblanib, xalqaro huquq qonunchiligida hozircha bundan boshqa xalqaro shartnoma yo`q.

Ushbu shartnomaga O`zbekiston 1997 yil 30 avgustda qo`shilib, sud hokimiyatining mustaqilligi va xolisligini ta`minlashga qaratilgan rezolyutsiyadagi asosiy normalar Konstitutsiya va “Sudlar to`g`risida”gi Qonunda o`z ifodasini topgan.

Xususan, rezolyutsiyaning 1-bo`limida qayd etilishicha, sud organlarining mustaqilligi davlatlar tomonidan kafolatlanadi va Konstitutsiya yoki qonunlarda mustahkamlanadi. Barcha davlat organlari va boshqa tashkilotlar sud organlarining mustaqilligini hurmat qilishi va unga rioya qilishi shart.

Rezolyutsiyada sud organlari faoliyatining mustaqilligi, sudyalarning almashtirilmasligi, sudyaning daxlsizligi, favqulodda sudlar tuzish taqiqlanishi hamda sudlov jarayonida tomonlarning tortishuvi va teng huquqliligi kabi prinsplarga belgilangan.

“Sudyalarning xulq-atvoriga oid” Bangalor prinsplari jahon sud huquq sohasida XXI asrda qabul qilingan eng asosiy sudyaning sudya sifatida huquq va majburiyatlarini, umume`tirof etilgan kasb etikasi qoidalarini, professional faoliyatda ishda va ishdan tashqari vaqtda nimalarga amal qilishiga oid minimal standart qoidalarini belgilab bergan yagona xalqaro hujjatdir.

Bangalor prinsplarida sudyalar faoliyati va xulq-atvoriga oid quyidagi 6 ta muhim qoida belgilangan. Bular mustaqillik, ob`ektivlik, halollik, kasb etikasi qoidalariga rioya etish, sud majlisining barcha ishtirokchilariga nisbatan teng muomalada bo`lish, kompetentlik va intiluvchanlikdir.9

Bangalor prinsplariga muvofiq sudya uchun odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyat boshqa majburiyatlarga nisbatan ustuvor bo`lib, o`z vazifalarini yuqori professional darajada odilona, tezkor va muomalada bo`lish, kompetentlik va intiluvchanlikdir.

Bangalor prinsplariga muvofiq sudya uchun odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyat boshqa majburiyatlarga nisbatan ustuvor bo`lib, o`z vazifalarini yuqori professional darajada odilona, tezkor va vijdonan bajarishi shart.

Umuman aytganda, mazkur xalqaro hujjatlar jahon mamlakatlari sud-huquq islohotlari rivojiga katta hissa qo`shib, inson huquqlarini himoya qilishda sud va sudyalarning mustaqilligini ta`minlashda muhim asos bo`lib xizmat qilmoqda.

Xo`sh, nima uchun aynan uchta xalqaro hujjat alohida e`tirof etiladi , Ushbu xalqaro shartnomalarning sudlar faoliyatida ustuvor o`rni, o`ziga xos jihati va ahamiyati nimada?

Avvalo shuni aytish kerakki, 167 ta davlat a`zo “Fuqarolik va siyosiy huquqlar to`g`risida”gi xalqaro Pakt BMT tomonidan hozirgi kunga qadar qabul qilingan 9 ta asosiy shartnomadan biridir. e`tiborli jihati shundaki, mazkur xalqaro hujjatlar haqida so`z yuritganda, hech qachon “shartnoma” deb emas, hamma vaqt “asosiy shartnoma” deb so`z yuritiladi.

O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi. AQSH Xalqaro Taraqqiyot Agentligi (USAID) va BMT Taraqqiyot Dasturining “O`zbekistonda qonun ustuvorligi yo`lida hamkorlik” qo`shma loyihasi 2015 yildan faoliyat ko`rsatmoqda.

Loyiha O`zbekiston Respublikasi Oliy sudiga sudlov tizimiga nisbatan jamiyat ishonchini yanada kuchaytirish demokratik o`zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va sud-huquq tizimini erkinlashtirishga qaratilgan islohotlarni amalga oshirish uchun institutsional va texnik yordam taqdim etishga sud ishlarini yuritishda xalqaro e`tirof etilgan standartlar amaliyotini yaqindan tanishtirishga qaratilgan.



  1. Download 320,13 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish