Sudyalar malakasini oshirish odil sudlov samaradorligini ta`minlashning muhim omilidir.
Huquqiy madaniyat darajasi faqat qonunlarni bilish, huquqiy ma`lumotlardan xabardor bo`lishdangina iborat emas. Prezidentimiz ta`kidlaganidek, huquqiy madaniyat – odil sudni hurmat qilish, o`z haq-huquqlarini himoya qilish uchun sudga murojaat etish ehtiyoji hamdir.
Aytish kerakki, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va “Sudlar to`g`risida”gi Qonunga asosan, sudyalar odil sudlovni amalga oshirish jarayonida fuqarolarning huquq va erkinliklari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning huquqlari hamda qonun bilan qo`riqlanadigan manfaatlari bilan bog`liq fuqarolik, jinoyat va ma`muriy huquqbuzarlikka doir ishlarni ko`radi. Bunda ular ana shu ishlarni qonuniy, adolatli, hal etishdek mas`uliyatli vazifani amalga oshirishini ta`kidlash lozim.12
Bu o`z navbatida sudyadan chuqur huquqiy bilimga ega bo`lishni va ishlarni ko`rib chiqishda mavjud bilim va amaliy ko`nikmasini beg`araz, xolisona va to`g`ri qo`llay olishini taqozo etadi. Shu bilan birga, sudya doimiy ravishda o`z kasbiy bilim darajasini oshirib borishi, jamiyat hayotida yuz berayotgan o`zgarishlar bilan hamnafas yashashi darkor. Zero, “Sudyalar odob-axloqi qoidalari”da alohida qayd etilganidek sudya o`z malakasini yuqori darajada ushlab turishga nazariy bilimlari va amaliy ko`nikmalarini takomillashtirib borishga majbur.
Shu o`rinda qayd etish joizki, mamlakatimizda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal rivojlanib bormoqda va boshqa sohalar kabi sudlar faoliyatida ham ushbu zamonaviy texnologiyalar keng qo`llanilmoqda. Albatta, bu sudyalarning zamonaviy texnologiyalar sohasida ham zarur bilim va ko`nikmaga ega bo`lishini takozo qiladi. Jumladan, “E-SUD” milliy elektron sudlov axborot tizimidan foydalanish uchun sudyalarning bu yo`nalishda maxsus malakaga ega bo`lishi talab etiladi.
Shuning uchun odil sudlovni amalga oshirish borasidagi sudyalar faoliyatining asosiy yo`nalishlaridan biri hisoblangan ayni masala yuzasidan ayrim mulohazalarimizni bayon etib, bu borada yaratilgan imkoniyatlar xususida so`z yuritmoqchimiz.
Avvalambor sudyalar mustaqil ta`lim olish usuli orqali o`z bilim va ko`nikmalarini orttirib borishi lozim. Sudyaning mustaqil ta`lim olishi – kundalik faoliyatining bir qismi bo`lib, bunda u o`z bilim va ko`nikmalarini maxsus ta`lim muassasalariga bormasdan, tegishli dasturlar asosida o`qimasdan, uyda va ish faoliyati davomida malakasini oshirib borishi talab qilinadi.13
Mustaqil ta`lim olish jarayonida sudya doimiy ravishda izlanishi, amaldagi qonun hujjatlari va ularni amaliyotda to`g`ri qo`llashga oid adabiyotlar hamda sud amaliyotining muntazam kuzatib, tahlil qilib borishi lozim. Bunda u yo`l qo`yilgan xato va kamchiliklarning sabablarini o`rganishi, o`z faoliyatida ularni takrorlamaslik choralarini ko`rishi zarur.
Bu haqda prof. SH.Ro`zinazarov o`z fikrini bildirib agar mamlakatimizda qiyosiy jihatdan hakamlik sudi Akademiyasi tashkil etilib, faoliyat yuritayotganligini inobatga olsak umumiy yurisdiktsiya va xo`jalik sudlari Akademiyasining huquqiy maqomi belgilanib, uning faoliyat yuritishi uchun shart-sharoit yaratilishi, sud tizimi borasidagi islohotlarni sifat va mazmun jihatdan tamomila yangi shaklda amalga oshirish imkoniyatini yaratadi deydi.
Darhaqiqat sud hokimiyati mustaqil davlat hokimiyati tarmog`idan biri bo`lib, ijro hokimiyatidan xoli, uning tarkibiga kiruvchi adliya organlari tizimidan alohida faoliyat olib borishi va u o`z tizimidagi sud organlari uchun kadrlarni, jumladan sudya va sud xodimlarini o`zi tayyorlashi va malakasini oshirishni tashkil etuvchi Milliy sud akademiyasiga mustaqil ta`lim tizimiga ega bo`lishi kerak.
Bunday amaliyot 1998 yil 10 iyuldagi sudyalar maqomi to`g`risidagi Evropa xartiyasi, 1999 yil qabul qilingan sudyalar Umumjahon xartiyasi 1995 yil 19 avgustda Pekinda qabul qilingan “Osiyo mintaqasida sudyalarning mustaqilligi prinsplar”, 2010 yil 25 iyunda Kievda qabul qilingan “SHarqiy Evropa Janubiy Kavkaz va Markaziy Osiyo mamlakatlarida sud hokimiyati mustaqilligi masalalariga bag`ishlangan Kiev Konferentsiyasi tavsiyalari” talablariga mos kelar edi.14
Bugungi kunda:
AQSHda sudyalar malakasini oshirishga xizmat qiluvchi Milliy yuridik kollej va AQSH federal sud markazi;
Germaniya Federativ Respublikasida Germaniya Sud akademiyasi;
Armaniston sud maktabi;
Ukrainada Sudyalar milliy maktabi;
Rossiya Federatsiyasida Rossiya davlat odil sudlov universiteti faoliyat olib boradilar.
Ushbu tajriban kelib chiqqan holda shakllantirilishi taklif etilayotgan Milliy sud akademiyasi tarkibiga O`zbekiston Respublikasi Oliy sud huzuridagi Sud qonunchiligini demokratlashtirish va liberallashtirish hamda sud tizimi mustaqilligini ta`minlash bo`yicha tadqiqot markazini kiritilishi ham maqsadga muvofiq bo`lardi.
Milliy qonunchiligimizda sudyalikka nomzodlarni o`rganish tartibi tanlash shartlari va huquqiy asoslari Oliy malaka komissiyasi suhbatidan o`tish tartibi, muddatlari va baholash mezonlari aniq ko`rsatilmagan.
Bundan tashqari sudyalar korpusini shakllantirishning qat`iy tartib-tamoyillari, muddatlari qonunda aniq belgilanmagan. Bu esa sudyalar korpusini doimiy barqaror asosda faoliyat yuritishiga to`sqinlik qilmoqda, birinchi marta sudyalik lavozimiga yangi vakolat muddatiga tayinlanadigan yoki saylanadigan shaxslarni ma`lum muddat davomida kuttirib qo`yishga sabab bo`lmoqda.
U yoki bu toifadagi shaxslarning tanlovda ishtirok etishini cheklovchi mezonlar va uning asoslari;
Nomzod va talabgorlarni maxsus tekshiruvdan o`tkazig shakllari va usullari;
Birinchi marta sudyalikka tayinlanadigan nomzodlarzaxirasiga kiritish tartibi va asoslari.
O`qitish davri va imtihonlarni topshirish tartibi bilim va ko`nikmalarni baholash mezonlari;
Sud etikasi sud jarayonini olib borish madaniyati protsess ishtirokchilari bilan muomala qilish psixologiyasi.
Rahbarlik lavozimiga nomzodlar uchun boshqaruv bilan bog`liq talablar tibbiy va ruhiy ko`rikdan o`tish shartlari;
Tanlovni tashkil etish va uni o`tkazish tartibi, sudyalikka nomzodning yoki yangi muddatga o`tish istagidagi sudyaning hujjatlarini ko`rib chiqish bosqichlari va muddatlari va hokazo.
Bunday qonunlar jumladan Fransiya, Ispaniya, Portugaliya va Italiya kabi davlatlarda qabul qilingan.
Sudyalarning ijtimoiy himoyasi ta`minotini yanada kuchaytirish maqsadida ularning pensiya ta`minoti bilan bog`liq qonunchilikni qayta ko`rib chiqish lozim. Chunki sudyalar amaldagi pensiya ta`minoti to`g`risidagi qonunchilikka binoan imtiyozli asosda pensiya oladigan shaxslar qatoriga kirmaydi.
Sudyalar korpusini yaxshi kadrlar hisobidan shakllantirishning maqbul usullaridan biri bu stajyor sudya va sudyaning yordamchisi institutlarini joriy etishdir. Ko`plab xorijiy mamlakatlarda, jumladan AQSH, Kanada, SHvetsiya, Germaniya, Rossiya kabi davlatlarda bunday tajriba samarali ekanligi kuzatilmoqda.
Bundan tashqari mamlakatimizda ham muhim yuridik soha vakillaridan bo`lgan prokurorlar advokatlar notariuslar faoliyatida stajyorlik institutining mavjudligi va amaliyotga tadbiq etilishi natijalari shuni ko`rsatmoqdaki, yanada murakkab kasb hisoblanmish sudyalik faoliyatida stajyorlik va yordamchi institutini joriy etilishi sud tizimi faoliyatining samaradorligini oshirishga va sudyalik lavozimiga nisbatan tayyorlangan kadrlarni tanlash imkonini beradi.
GFRda sudyalar maqomining to`rt xil shakli bor sudya o`z lavozimiga umrbod muddatli, sinov muddati bilan yoki o`ziga yuklatilgan vazifadan kelib chiqib tayinlanishi mumkin. (“Sudyalar to`g`risida”gi Qonunning 8-moddasi).15
GFRda sudyalarni tayyorlash va malakasini oshirish uzoq davom etadigan uzluksiz jarayondir. Respublikada birinchi yuridik ma`lumot olish normativlarga ko`ra kamida 9 semestr (4, 5 yil) davom etishi lozim. Lekin o`qishning qiyinligi tufayli odatda 5-6 yil davom etadi. Birinchi bosqichdan keyin davlat imtihoni topshiriladi va bitiruvchilarga diplomli yurist maqomi beriladi. Ikkinchi bosqich amaliy faoliyat bo`lib 2 yil davom etadi, amaliyot odatda fuqarolik sudida jinoyat ishlari bo`yicha sudda prokuraturada ma`muriy sudda o`tiladi.
Sudyalar 40 yoshdan kam bo`lmagan barristerlar orasidan tayinlanadi. Barristerlar hisobidan sudyalar tayinlanishi tarixan yuzaga kelgan amaliyotdir.
Barristerlarning umumiy soni 9000 taga yaqin kishini tashkil etadi. Sudyalik lavozimiga davo qilish uchun barristerlar 7 yilda 10 yilgacha bo`lgan mehnat stajiga (advokaturada) ega bo`lishi lozim.
Sudyalarni tayinlash tartibi sudyaning martabasiga bog`liq holda belgilangan. Oliy martabali sudyalar uchta bo`g`indan, qolgan sudyalar esa ikkita bo`g`indan iborat tartib asosida tayinlanadi. Uchta bo`g`indan iborat tizimda sudyaning nomzodini lord-kantsler taklif kiritadi, prem’er-ministr tavsiya etadi, monarx esa lavozimga tayinlaydi.
Yuqori sud sudyalarini tayinlash tartibi uchta bo`g`indan iborat, ammo o`z farqli jihatlariga ega. Sudyalik lavozimiga nomzod to`g`risida yuqori unvonga ega bo`lgan sudyalar taklif kiritishadi, lord-kansler ularga asoslangan holda tavsiya beradi, monarx esa tayinlaydi. Yuqori sud sudyasi lavozimiga amaliy tajribasi 10 yildan kam bo`lmagan barristerlar tayinlanishi mumkin.
GFRda sudyalar o`z malakalarini sud akademiyasida oshirib boradilar. Sud akademiyasi 1973 yilda tashkil etilgan bo`lib, butun respublika hududidagi sudyalar va prokurorlarning malakasini oshirish bilan shug`ullanadi. Har yili 5000 ortiq sudyalar va prokurorlar mazkur dargohning turli o`quv kurslarida malaka oshiradi.
GFRda sudyalar va prokurorlar uchun boshlang`ich yoki tayyorlov kurslari o`tkazilmaydi. O`quv tadbirlarini tashkil etish bilan asosan shtatlar shug`ullanadi. Federal miqyosda sudyalar va sud xodimlariga uzluksiz ta`lim berish mas`uliyati Sud akademiyasiga yuklangan. Bu tashkilotga barcha 16 ta shtatlar va federal hukumat tomonidan homiylik ko`rsatiladi. Respublikadagi 16 ta shtatga qarashli malaka oshirish muassasalari bir biridan farq qiladi.
Sudya yordamchilaridan tayinlangan sudyalar maxsus yangi tayinlangan sudyalar uchun o`quv kursiga yo`naltiriladi. Shunga qo`shimcha, yangi lavozimlarga tayinlangan sudyalar boshqaruv sohasi, kadrlarni boshqarish bo`yicha seminarlarda qatnashadilar.
Intizomga bog`liq nizolar bilan shug`ullanuvchi sudyalar ilk bor tayinlanganidan keyin Huquqiy ta`lim va ilmiy tadqiqot institutida ikkita bosqichdan iborat o`quv dasturlarida ishtirok etishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |