Mavzu: Sportchini tayyorlashning ilmiy nazariy taxlili. Reja


Yuklamalar dinamikasining xususiyatlari



Download 271,03 Kb.
bet8/18
Sana25.01.2022
Hajmi271,03 Kb.
#409500
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
Bog'liq
12-M. MK.

Yuklamalar dinamikasining xususiyatlari. Tayyorlov davrining birinchi bosqichidagi yuklamalar dinamikasining umumiy tendensiyasi ularning hajmi va shiddatligining asta-sekin ortib borishi (bunda ko‘proq hajmning o‘sishi) bilan xarakterlanadi. Bu yerda sport formasining mustahkam poydevorini shakllantirish uchun zarur bo‘lgan hajm jihatidan asosiy tayyorgarlik ishi bajariladi.

Umumiy tayyorlov xarakteridagi mashqlarning hajmi, shuningdek, tanlangan harakat faoliyati negizida ko‘rilgan mashqlarning jamlangan hajmi birinchi bosqich vaqtidayoq o‘zining yuqori cho‘qqisiga yetadi. Shiddatligi ko‘proq spesifik yuklamalar hajmi nisbatan kam sur’atda o‘sadi. Shiddatlilik ko‘rsatkichlari esa yana ham sekinroq sur’atda o‘zgaradi. Bunda nisbiy shiddatlilik, umuman olganda, absolyut shiddatlikka qaraganda biroz tezroq o‘sib boradi.

Yuklamalarning bayon etilgan tendensiyasi birinchi bosqichda mashg‘ulotlar tarkibiga kiritiladigan mashqlarning ko‘pchiligi uchun xarakaterlidir. Biroq qo‘llaniladigan vositalarning vazifasiga qarab u turlicha namoyon bo‘ladi. Shunday mashqlar guruhi ham borki, ularda shiddatlilik birinchi bosqichning o‘zidayoq stabillashib qoladi. Bunday turdagi mashqlarda yuklamalar hajmi shiddatlilikdan ustunlik qilayotgandek ko‘rinadi.

Umumiy chidamlilikni tarbiyalash uchun foydalaniladi­gan barcha mashqlar, shuningdek, kuch-chidamliligini tarbiyalashga qaratilgan mashqlarning bir qismini (ayniqsa, ko‘proq chidamlilik talab etadigan sport turlarida) ana shu turdagi mashqlarga kiritish kerak.

Tezkorlik hamda kuch-quvvatni rivojlantirishga qaratilgan tayyorlov mashqlarida holat boshqacha bo‘ladi. Bunda boshidanoq shiddatlilik o‘zining absolyut maksimumiga intiladi. Bu esa hajm ortishini chidamlilik mashqlaridagiga qaraganda ancha ko‘proq cheklaydi. Shuningdek, musobaqa mashqlarida hamda ularga yaqin maxsus-tayyorlov mashqlarida ham yuklamalar dinamikasi o‘ziga xos ko‘rinishda bo‘ladi. Maxsus-tayyorlov mashqlarining hajmi faqat ikkinchi bosqichdagina o‘z maksimumiga erishadi, musobaqa mashqlarining hajmi (tanlangan sport turida) esa undan ham kech — tayyorlov davri so‘ngida o‘z maksimumiga yetadi.

Nihoyat, yana shunday mashqlar guruhi ham mavjudki, ular mashq bosqichlari doirasidagi jamlangan hajm va shiddatlikning ozgina bo‘lsa ham yuksalishi bilan bog‘liq emas (faol dam olish, chigal yozish maqsadida qo‘llanadigan va boshqa ba’zi bir mashqlar). Bu tur mashqlaridagi yuklamalar ayrim mashg‘ulotlarning mazmuni hamda mikrosikllarning tuzilishiga qarab o‘zgarib turadi, umuman, esa bosqich davomida ular amalda standartligicha qolaveradi.

Zikr etilgan umumiy tendensiyaga muvofiq yuklamalar dinamikasining o‘rta «to‘lqin»lari birinchi bosqichda, odatda, undan keyingi bosqichlarga qaraganda anchagina uzun bo‘ladi (taxminan 4-6 hafta).


Download 271,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish