Mavzu: Sportchini tayyorlashning ilmiy nazariy taxlili. Reja


Yuklamalar dinamikasining xususiyatlari



Download 271,03 Kb.
bet11/18
Sana25.01.2022
Hajmi271,03 Kb.
#409500
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18
Bog'liq
12-M. MK.

Yuklamalar dinamikasining xususiyatlari

Ikkinchi bosqichda yuklamalarning umumiy tendensiyasi jamlangan hajmning kamayishidan va shiddatkorlikning tobora yuksalishidan iborat.

Bosqich davomida yuklamalar hajmi bir qator ko‘rsatkichlar bo‘yicha ancha sezilarli darajada (ayrim hollarda yarmidan ko‘proq) kamayishi mumkin. Bu, birinchidan, mashqning bundan keyingi taraqqiyoti uchun yetakchi faktor bo‘lgan shiddatni ancha oshirishga sharoit yaratish zaruriyati bilan izohlanadi. Ikkinchidan, birinchi bosqichda bajarilgan katta hajmdagi tayyorlov ishlari natijasida «kechikuvchi transformatsiya» mexanizmi bo‘yicha organizmda sodir bo‘ladigan uzoq muddatli o‘zgarishlarning o‘tishini yengillashtirish uchun kerak bo‘ladi. Faqat yuklamaning umumiy hajmini uzoq muddat yetarli miqdorda kamaytirish va shunga yarasha shiddatlilikni oshirish yo‘li bilangina avvalgi ishlar natijasini sport ko‘rsatkichlarining juda tez o‘sishiga aylantirib yuborish mumkin. Hajmning kamayish darajasi, albatta, uning oldingi bosqichdagi kattaligiga bog‘liq. Chunki hajm qancha katta bo‘lsa, «kechikuvchi transformatsiya» muddatlari ham shuncha uzoq bo‘ladi.

Yuklamalar hajmining kamayishi dastlab umumiy tayyorlov mashqlari hisobiga bo‘ladi. Ko‘pchilik maxsus-tayyorlov mashqlarining hajmi bir qancha vaqt mobaynida o‘sib borishda davom etadi yoxud stabillasha boradi. Keyinchalik yuklamalar umumiy hajmining bu komponenti ham asta-sekin kamaya boradi. Musobaqa mashqlari va ularga yaqin bo‘lgan maxsus-tayyorlov mashqlari bundan mustasnodir. Ularning bir oydagi jamlangan hajmi ortib boradi.

Ikkinchi bosqichda shiddatkorlik, asosan, maxsus tayyorgarlik sohasida o‘sadi. Mashqlar absolyut shiddatligining tezlik, sur’at va boshqa parametrlarining ortishi bilan birga mashqning nisbiy shiddati ham yuksalib boradi. Biroq bu umumiy jismoniy tayyorgarlikning anchagina qismiga taalluqli bo‘lmaydi. Aftidan, bu yerda faqat mashq samarasini tanlangan sport turiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri «foydali o‘tkazadigan» umumiy tayyorgarlik mashqlarining ayrim parametrlarigina ortishi lozim bo‘lsa kerak. Mashg‘ulot shiddatligining o‘sib borishi va hajmining kamayishi natijasida ikkinchi bosqichda yuklamalar dinamikasining o‘rta “to‘lqin”lari, odatda, 3-4 haftagacha qisqaradi. «Yuklama tashlash» farqlari ham qisqaradi. Bunga mashq ko‘rganlik o‘sa borgani sari, bir tomondan, yuklamalar hajmi kamayishi sabab b o‘lsa, ikkinchi tomondan, tiklanish jarayonlarining tezroq o‘tishi sabab bo‘ladi.

Mikrosikllarda yuklamalar dinamikasi umumiy tendensiyaga va mikrosikllarning butun tuzilishidagi o‘zgarishlarga muvofiq almashinadi. Tuzilma esa o‘tkazilajak musobaqalarning eng muhimlariga yaqinlashtira borish sharoitiga va ularda ishtirok etish sharoitiga muvofiq qayta tuziladi hamda shu yo‘l bilan musobaqa mikrosikllariga o‘xshay boradi.


Download 271,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish