Mavzu: Sportchini tayyorlashning ilmiy nazariy taxlili. Reja


Vosita va uslublar tarkibidagi o‘zgarishlar



Download 271,03 Kb.
bet10/18
Sana25.01.2022
Hajmi271,03 Kb.
#409500
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18
Bog'liq
12-M. MK.

Vosita va uslublar tarkibidagi o‘zgarishlar. Umumiy va maxsus tayyorgarlikning nisbati. Ikkinchi bosqichda tayyorgarlikning turli vositalarini qo‘llashning o‘rni va xarakteri quyidagi qonuniyatlar bilan belgilanadi.

Birinchidan, maxsus mashq qilish faktori qanchalik tez va kuchli (albatta, ma’lum fiziologik me’yorlarda) ta’sir ko‘rsatsa, mashq ko‘rganlik rivojining darajasi ham shunchalik yuqori bo‘ladi.

Ikkinchidan, mashq ko‘rganlik o‘sib borgan sari uning turli xarakteridagi mashqlardan foydalanishga o‘tish darajasi, aftidan kamayib ketadi va bu o‘tish ko‘proq tanlanadigan bo‘lib boradi.

Uchinchidan, salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi hodisalar bo‘lmasa, shartli refleks aloqalarining har qanday sistemasi tez va yengil o‘rnatiladigan bo‘ladi; mazkur sistemani tashkil etish qanchalik murakkab va nozik bo‘lsa, uning noadekvativ ta’sirlarga boshlang‘ich chidamliligi shunchalik kam bo‘ladi.

Ikkinchi bosqichda bu qonuniyatlardan maxsus mashq ko‘rganlik tez yuksalishini ta’minlash va sport formasining komponentlari o‘rtasida o‘zaro nozik aloqalarni yo‘lga qo‘yish uchun foydalaniladi. Bu, avvalo, tanlangan musobaqa mashqlarida va ularga juda yaqin bo‘lgan maxsus tayyorlov mashqlaridan ancha kengroq foydalanishda o‘z ifodasini topadi. Tayyorlov davri tugallana borgan sayin ular tobora ko‘proq o‘rin oladi va mashg‘ulotning boshqa vositalarini qo‘llashga yanada kuchliroq ta’sir ko‘rsatadi.

Mashg‘ulot uslubiyatlarida ham ana shunday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Tanlangan sport turi ixtisosiga ko‘proq muvofiq keladigan uslubiyatlar tanlab olinadi. Sportning muayyan turida muvaffaqiyatni bevosita ta’min etadigan funksional imkoniyatlarni oshiruvchi talablar qo‘yuvchi uslubiyatlarga (masalan, o‘rtacha masofaga yuguruvchilarda dam olish intervali qat’iy va kamayib boradigan intervalli mashg‘ulot tipidagi uslubiyatlarga; og‘ir atletikachilarda esa, chegaraga yaqin va chegara og‘irliklari bilan bajariladigan takroriy o‘sib boruvchi mashqlar uslubiyatiga va hokazo) ancha ko‘p o‘rin beriladi. Musobaqa mashqlari uslubiyatining roli ham ortadi.

Musobaqa uslubiyatlaridan dastlab, asosan, tayyorlov mashqlari negizida, shu jumladan, sportning tanlangan turiga qo‘shimcha yoki uning bir qismini tashkil etuvchi sport turi materiali sifatida foydalaniladi. Masalan, yengil atletikachilar dastlab asosiy musobaqa masofalaridan qisqa masofaga yoki, aksincha, undan uzunroq musobaqa masofasiga yuguradilar, ko‘p kurashchilar esa dastlab ayrim turlarda musobaqalashadilar. Tayyorlov davrining oxiriga yaqinlashgan sari tanlangan sport turi bo‘yicha tobora ko‘proq musobaqalashadilar. Biroq hali ham bu mashqlar mashg‘ulot xarakterida bo‘lishi kerak. Bu yerda taqvim musobaqalarda ishtirok etishga tayyorgarlik ko‘rishni buzmay, bo‘lajak asosiy musobaqalarga tayyorgarlik ko‘rish vositalaridan biri sifatida xizmat qilishi kerak.

Ikkinchi bosqichda umumiy tayyorgarlik vositalari tarkibidagi xilma-xillik ancha kamayib qoladi. Umumiy tayyorgarlik mashqlarining ko‘pchiligidan foydalanish xarakteri ham o‘zgaradi. Ularning bir qismi stabillashtiruvchi ahamiyatga ega bo‘ladi, ya’ni endi ular yuksalishdan ham ko‘ra ko‘proq erishilgan umumiy mashq ko‘rganlik darajasini mustahkamlashni ta’min etadi. Bunga, asosan, mashq ko‘rganlikning «bilvosita o‘tish» mexanizmi bo‘yicha tanlangan sport turida kamol topishga yordam beruvchi barcha mashqlarni kiritish kerak (masalan, juda yuksak chidamlilik namoyish etishni talab qiladigan sport turlari bo‘yicha ixtisoslashayotganda kuch-quvvat mashqlari yoki kuch-quvvat, tezkorlik va kuchlilik talab qiladigan sport turlari bo‘yicha ixtisoslashayotganda umumiy chidamlilikni tarbiyalovchi mashqlar). Ilgari mashg‘ulot ahamiyatiga ega bo‘lgan ayrim mashqlar ikkinchi bosqichda ko‘proq dam olish vositasi sifatida ishlatiladi.

Nihoyat, bir qator umumiy tayyorlov mashqlari ixtisoslashtiriladi. Bu bajariladigan harakatlarning tezligi, kuchi va boshqa xarakteristikasi tegishlicha o‘zgarishida, shuningdek, mashq jarayonida yuklama bilan dam olishni me’yorlashda o‘z ifodasini topadi. Misol uchun, yuguruvchi-sprinterlar, sakrovchilar, uloqtiruvchilar, bokschilar mashg‘ulotida shtanga bilan bajaradigan mashqlar yorqin ifoda etilgan tezkor-kuchlilik xarakteriga ega bo‘ladi. Bunga shtanga og‘irligini va takrorlash miqdorini qisman kamaytirib, harakat tezligini oshirish yo‘li bilan erishiladi.

Umumiy tayyorgarlikning salmog‘i kamayadi. Shunga yarasha maxsus tayyorgarlik salmog‘i ortib boradi.


Download 271,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish