Tayyorgarlik davrlarining xususiyatlari
Sport mashqi davrlari xususiyatlarini ko‘rsatish — har bir davrda mashq qilish jarayonining mazmuni va tuzilishini tavsiflab beruvchi o‘ziga xos belgilarni ko‘rsatish va shu bilan birga bir davrdan ikkinchi davrga o‘tilishi munosabati bilan bu belgilar qanday o‘zgarishini kuzatib borish demakdir. Shuni unutmaslik kerakki, davrlash, asosan, sportchini tayyorlashning amaliy bo‘limlariga taalluqlidir. Sportchining ongini va xulqini, umuman, uning axloqini tarbiyalash singari bo‘limlarning esa o‘z taraqqiyot va rivojlanish mantiqi bo‘lib, ular sport mashqi davrlariga qismangina bog‘liqdir. Bularni tushunish uchun sport mashqi davrlarining oziga xosligi va ularning mohiyatini yoritib berish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |