Mavzu: Sportchini tayyorlashning ilmiy nazariy taxlili. Reja


Musobaqalar taqvimi, iqlim sharoitlari va tayyorgarlik jarayonini davrlashtirish



Download 271,03 Kb.
bet3/18
Sana25.01.2022
Hajmi271,03 Kb.
#409500
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
12-M. MK.

Musobaqalar taqvimi, iqlim sharoitlari va tayyorgarlik jarayonini davrlashtirish.


Sport mashqini davrlashga butun yil davomida sport musobaqalarining taqsimlanish sistemasi, shuningdek, (sportning «mavsumiy» deb atalgan turlarida) yil fasllariga qarab iqlim sharoitining almashinishi ancha ta’sir etadi. Biroq musobaqalar taqvimi ham, yil fasllari ham mashq jarayonining mohiyatini belgilay olmaydi va shuning uchun uni davrlashga bosh asos bo‘lib xizmat qila olmaydi.

Yil fasllari sportning «mavsumiy» turlarida musobaqa davri uzunligini cheklashga va ma’lum miqdorda mashq vositalarini tanlashga ta’sir etish bilan davrlar muddatini u yoki bu darajada tashkil qilishga qisman ta’sir etadi.

Moddiy-texnika bazasi rivojlana borgan (yopiq stadionlar, muz maydonlari, basseynlar va hokazolar qurilishi) va uslubiyati takomillasha borgan («mavsumlararo» davrda maxsus-tayyorlov mashqlaridan foydalanish va hokazo) sari mavsum faktorlarining mashqni cheklash darajasi tobora kamayib bormoqda. Shu sababdan ham bugungi zamonaviy sport iqlim sharoitlari va boshqa faktorlar mashg‘ulotlar tizimiga ta’sir darajasi pasaymoqda.

Demak, zamonaviy sportni rivojlanish tendensiyalari mashq jarayonini iqlim sharoitiga moslashtirishdan emas, balki, aksincha, sportchi organizmining imkoniyatlarini oshirish, ilg‘or metodlarni qo‘llash va qisqa qilib aytganda turli subyektiv ta’sirlarni yengishdan iborat. Iqlim faktorlarining foydali ta’sir etadiganlaridan — quyosh radiatsiyasi, suv, havo kabilardan esa mashqning barcha bosqichlarida sportchi ish qobiliyatini oshirish uchun nihoyat darajada keng foydalanish maqsadga muvofiq.



Musobaqalar taqvimi sport musobaqalari o‘tkaziladigan vaqtni ko‘rsatib yuzaki jihatdan musobaqa davri chegaralarini belgilab qo‘yadi. Biroq har qanday holatda ham mashqni davrlashni musobaqa taqvimidan «chiqarib olib» bo‘lmaydi. Chunki taqvimning yolg‘iz o‘zi to‘liq tayyorgarlik ko‘rish uchun zarur bo‘lgan muddatlar haqida ham, sportchi musobaqalargacha sport formasiga kirib olishi uchun o‘tishi zarur bo‘lgan tayyorgarlik bosqichlarining mohiyati haqida ham hech nima deya olmaydi. Buning ustiga sport taqvimi mashqni davrlash qonuniyatlariga qarshi emas, balki unga muvofiq bo‘lgandagina uni ratsional deb hisoblash mumkin. Aks holda, u eng yuksak sport natijalari yuzaga chiqishiga to‘sqinlik qiladi.

Binobarin, musobaqalar taqvimini rejalashtirayotgan vaqtda mashg‘ulotni ratsional sur’atda davrlashdan, uning obyektiv qonuniyatlaridan kelib chiqish kerak.

Shu bilan birga musobaqalarning umumiy taqvimi ko‘pgina faktorlar (ularning bir qismi ustoz bilan sportchiga bog‘liq bo‘lmaydi) ta’siri ostida paydo bo‘ladi va shuning uchun ham mashqni davrlashga nisbatan ma’lum darajada mustaqil bo‘ladi. Shu sababdan sport taqvimi bilan mashqni davrlash o‘rtasidagi qarama-qarshiliklarga barham berishga imkon beradigan shartlarni aniqlab olish kerak.

Agar yuqorida ko‘rsatilgan shartlarga rioya qilinsa, sport taqvimi bilan mashqi davrlash o‘rtasida hech qanday kelishib bo‘lmaydigan qarama-qarshiliklar paydo bo‘lmaydi va ular gormonik tarzda bir-biriga moslashtiriladi. Shunday bo‘lsa, sport taqvimi mashqni maqsadga muvofiq ravishda tuzishga qarshilik qilmay, aksincha, unga ko‘maklashuvchi qudratli faktorlardan biriga aylanadi.

  1. Download 271,03 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish