Mavzu: So‘z – tilning lug‘aviy birligi sifatida Reja: Kirish


So‘zning leksik va grammatik ma’nolari



Download 170 Kb.
bet3/15
Sana31.12.2021
Hajmi170 Kb.
#256998
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Shoxsanam yangi kurs ishi

So‘zning leksik va grammatik ma’nolari. Leksik ma’nolar, avvalo, bosh ma’no va hosila ma’no deb farq qilinadi. Boshqa bir leksik ma’noning yuzaga kelishi uchun asos bo‘lgan ma’no bosh ma’no deyiladi. Bosh ma’noning taraqqiyoti bilan yuzaga kelgan leksik ma’no hosila ma’no deyiladi. Bir leksemaning leksik ma’nolari tizimidagi birlamchi leksik ma’no to‘ng‘ich bosh ma’no deyiladi. O`zidan keyingi ma’noning taraqqiy etib chiqishi uchun asos bo‘lgan hosila ma’no nisbiy bosh ma’no deyiladi.7. Boshqacha qilib aytganda, bosh va hosila ma’nolar so‘zlarning o‘z va ko‘chma ma’nolaridir. Masalan, ochiq- leksemasining bosh ma’nosi – “berklanmagan”, yopiq- leksemasining antonimi: ochiq eshik-, kitobni ochiq qoldir- kabi. Quyidagi ma’nolar shu bosh ma’nodan taraqqiy etib chiqqan hosila ma’nolar: 1)ochiq gapir- (“tushunarli qilib”, “aniq”, “yashirmay”), 2)ochiq odam- (“xushmuomala”), 3)ochiq bo‘g‘in- (“ovoz tovush bilan tugaydigan”) .

Leksemani gavdalantirgan tovushlar tuzumining voqelikka nisbat beriladigan lug‘aviy mazmuniga (nimanidir nomlashiga, ifodalashiga) leksik ma’no deyiladi. Masalan, kuz- leksemasi yoz bilan qish o‘rtasidagi faslni nomlaydi, oq leksemasi qoraning ziddi bo‘lgan leksemani bildiradi, to‘rt- leksemasi uch bilan besh orasidagi butun miqdorning nomi bo‘lib xizmat qiladi: so‘zlamoq-, uxlamoq- leksemalari ma’lum harakat va holatni anglatadi.

Tovush o‘zicha leksik mazmunga ega bo‘lmaydi. Buning uchun tovushlarning ma’lum tovushlar tuzumi voqelikdagi biror narsa, belgi yoki ularning munosabati haqidagi tushuncha bilan bog‘lanishi, nimanidir nomlashi, ifodalashi shart. Leksik ma’no ma’lum tovushlar tuzumi bilan voqelik orasidagi bog‘lanishdan kelib chiqadi. Bunday bog‘lanish esa, o‘z navbatida, shu tilda so‘zlashuvchilar tomonidan e’tirof etilgan bo‘lishi shart.

Tovushlar tuzumi bilan leksik ma’no orasida qandaydir tabiiy bog‘lanish yo‘q. Voqelikdagi ayni bir narsa, belgi yoki shular orasidagi munosabat tushunchasi tilda turli tovushlar tuzumi bilan anglatilishi buni yaqqol ko‘rsatadi. Masalan, eshitmoq- leksemasi ma’lum harakatni anglatadi, shu harakat o‘zbek tilida yana tinglamoq- leksemasi bilan ham anglatiladi. Kishi organizmining ma’lum bir qismi yuz deb ham, bet deb ham nomlangan va boshqalar.

Ikkinchi tomondan, biror tovushlar tuzumi bilan leksik ma’no orasidagi bog‘lanishni tasodifiy, o‘tkinchi deb ham bo‘lmaydi.

Leksik ma’no tarixan shakllanuvchi hodisa bo‘lib, o‘zida shu til kollektivining borliqni anglashi natijasini aks ettiradi, ma’lum tovushar tuzumiga berkitilgan bo‘ladi8.

Ma’lumki, grammatik ma’no ifodalashning turli vositalari mavjud. Masalan, fonetik, leksik, morfologik va sintaktik vosita shular jumlasidan. Demak, grammatik ma’noni faqat so‘z yoki so‘zshaklga nisbat berish ma’qul emas. Nutqni shakllantiruvchi barcha til birliklari grammatik ahamiyat kasb etishi mumkin.

Grammatik ma’no deganda til (fonetik, leksik, morfologik va sintaktik) birliklarning nutqni shakllantiruvchi umumlashma abstrakt ma’nolari tushuniladi9. Ta’rifni qisqacha sharhlaymiz. Ko‘rinadiki, ta’rifda uch muhim unsur mavjud. Ular quyidagilar:



  1. Grammatik ma’noning barcha til birliklariga xosligi;

  2. Umumlashmaligi;

  3. Abstraktligi.

Grammatik ma’noning bevosita nutqni shakllantirishi deganda shuni tushunish lozimki, lisoniy birlik grammatik ma’nodan holi qilinsa, u nutq uchun tayyor bo‘lmay qoladi. Leksemaning nutqqa tayyor bo‘lishi uchun unga grammatik ma’no qo‘shilishi lozim. Masalan, bola- leksemasining lug‘aviy ma’nosi nutqqa grammatik ma’no vositasida kiradi. Uning kelishik, son, subyektiv baho, hokim yoki tobe uzvlik, qaysi gap bo‘lagi ekanligi kabi ma’nolari lisoniy sathda yo‘q. Demak, leksema lug‘aviy ma’nosi ustiga ana shu grammatik ma’no qo‘shilsa, u nutq tarkibiga kira oladi.

Grammatik ma’no nutqda to‘g‘ridan to‘g‘ri voqelanaveradi. Bunga morfologik shaklning grammatik asosida amin bo‘lish mumkin.

Grammatik ma’no umumlashma tabiatga ega deganda uning juda ko‘p lisoniy birliklarga birday tegishli, umumiy ekanligi nazarda tutiladi. Masalan, “ot”, “sifat”, “son” grammatik ma’nosi juda katta miqdordagi so‘zlar uchun umumiy. Lug‘aviy ma’no har bir leksemada o‘ziga xos va yakka, xususiy bo‘lsa, grammatik ma’no bir tipdagi juda ko‘p leksema uchun umumiy.

Grammatik ma’noning abstraktligi deganda uning bevosita kuzatishda berilmaganligi nazarda tutiladi.

Grammatik ma’no morfologik sathda so‘zlarning umumiy ma’nosi bo‘lgan so‘z turkumlari (masalan, otlarda umumiy predmetlik, fe’llardagi jarayonlilik), shuningdek, har bir so‘zshaklning ma’lum bir morfologik kategoriya doirasida qarama-qarshi qo‘yiluvchi ma’nosi (masalan, zamon, shaxs-son, egalik, kelishik) sifatida yuzaga chiqsa, sintaksis doirasida predikativlik, so‘z birikmasidagi hokim va tobe qismlarning, gap bo‘laklarining bir-biriga o‘zaro munosabati sifatida namoyon bo‘ladi. Keng ma’noda so‘z yasalish hodisasi ham grammatik ma’noga daxldor. Chunki yasalish natijasida so‘zning turkumlardagi o‘rni o’zgarib ketadi. Bu esa ularning yangi grammatik tabiat kasb etganligini ko‘rsatadi. Masalan, [aql] so‘zi “ot”, “mavhum ot” grammatik ma’nolariga ega. Undan [-li] so‘z yasovchi shakli vositasida sifat yasalishi bilan, albatta, grammatik ma’noda ham katta o‘zgarish yuz beradi. Ko‘rinadiki, birorta lisoniy birlik (bir planli bo‘lgan fonetik birliklardan tashqari) grammatik ma’nodan holi bo‘lolmaydi. Faqat mustaqil leksemadagina lug‘aviy va grammatik ma’no dialektik bog‘liqlikda bo‘ladi. Sintaktik qolip, yordamchi leksema va grammatik shaklda faqat grammatik ma’no mavjud.

Grammatik ma’no grammatik shakllanmagan leksemaning lisoniy mohiyatida mavjud bo‘lishi ham, grammatik shakl yoki grammatik qolip yordamida ifodalanishi ham mumkin. Masalan, [kitoblar] so‘zshaklining “turdosh ot” grammatik ma’nosi boshqa barcha turdosh otda bo‘lgani kabi uning mohiyatida mavjud, “ko‘plik” ma’nosi esa ma’lum bir shakl (-lar) yordamida ifodalangan. Kitobni o‘qimoq birikuvidagi [kitob] so‘zining “tobe uzv” grammatik ma’nosi unga lisoniy sintaktik qolip asosida “yopishtirilgan”.




Download 170 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish