Omograflar. Yozilishi bir xil bo‘lgan so‘zlar omograflar deyiladi. So‘zlarning shunday munosabatda bo‘lish hodisasi omografiya deyiladi.
Omograflarning fonetik strukturasi ham, talaffuzi ham har xil bo‘ladi: tol (daraxt) va tol (qurilish materiali), tok (uzum butasi) va tok (elektr toki). Ko‘rinadiki, omograflar ma’nosi, fonetik strukturasi, talaffuzi jihatdan boshqa-boshqa, yozilish shalkli jihatdan bir xil bo‘lgan so‘zlardir. Yozilish shaklining bir xil bo‘lishi esa o‘zaro farqli fonemalar uchun imloda ayni bir harf qabul qilinishi natijasidir. Agar bu fonemalarning har biri uchun alohida harf qabul qilinsa, omograf yo ‘qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |