2.3.
Biologiyani o’qitishda darsdan tashqari ishlar va sinfdan tashqari
mashg’ulotlarda pedagogik texnologiyalarning o’ziga xos xususiyatlari.
O’quv loyihasi asosan talabalarning mustaqil ishlariga asoslanadi. Bu ishlarni tashkilashtirish kattalarning ishi. Bu erda guruhlarda va individual o’quv loyihasini tashkil etishda farqlar bor. Maktab va kollejalarda guruhlarda ishlashga e’tibor berishadi, chunki bu erda o’qituvchi ko’p talabalar bilan ishlaydi.
Ijodiy loyihaviy ustaxonalarda darsdan tashqari vaqtlarda ko’p loyihalar ishlab chiqariladi. Bunday loyihalar juda murakkab (talabalar ishlariga rahbarlik qilish uchun). Shuning uchun biz buni batafsil ko’rib chiqamiz. Ijodiy loyihaviy ustaxona deganda kichik jamoa tushuniladi. Unda fan o’qituvchisi va har-xil yoshdagi talabalar bo’lishi mumkin. Ular bir fan yo’nalishi bo’yichi har-xil loyihalarda ishlashlari mumkin. Ijodiy loyihaviy ustaxona a’zolari ma’lum bir vaqtda har biri o’z predmeti ustida ishlaydi. Ustaxonada bir-birlari bilan uchrashganda yordamlashadilar, axborot almashishadi va loyiha ustida ishlash texnologiyasini o’rganadilar. Kattalar o’z tajribalarini yoshlar bilan o’rtoqlashadi, a’lochilar kuchsizlarni ilhomlantiradi. Bunday katta va kichiklarning bigalikdagi ishlari qiziqarli ijodiy muhitni yaratadi. Bu bilan nafaqat ta’limiy balki tarbiyaviy masalalar ham hal etiladi. Maktabda sog’lom muhitni yaratishga yordamlashadi. Bunda ustaxonalarda mashg’ulotlar haftasiga bir martadan ko’p bo’lishi mumkin emas. Bu narsa ustaxona qatnashchilarining tajribasi va o’qituvchining bandligiga bog’liq. Bunday ustaxonalarda o’qituvchiga bir talabaning loyiha ishi bilan aloxida tanishishga imkoniga ega bo’ladi. Ustaxonalarda bunday ishlarni tashkil etish,o’qituvchi bilan talabaning teng huquqli, hamkor,umumiy ish bilan mashg’ul hamkasblar bo’lishiga imkon beradi. Bunday ustaxonalar har-xil yoshdagi talabarlar o’rtasida umumiy ish doirasida aloqalar tashkil etishga xizmat qiladi. Ma’lumki, talabalar bir-birlaridan tez o’rganadilar.Umumiy ish sinfdan tashqari aloqalar o’rnatishga xizmat qiladi. Bunday ishlarni tashkil etish o’z atrofiga nafaqat talabalarni balki, maktabning ko’pgina o’qituvchilarini ham jalb etadiki, bu bilan ular o’z ishlarini, kasbiy bilimlarini ham to’ldiradilar.
O’quv loyihalarini tashkil etishning bir qator yo’llari mavjud bo’lib ular: guruhlarda va individual o’quv loyihasini tashkil etish, ijodiy loyihaviy ustaxonalarni tashkil etish. Guruhlarda loyihaviy ishlarni tashkillashtirish. O’qituvchilar guruhlarda loyihaviy ishlar olib borishni yoqtiradilar. Guruhlarda
loyihaviy ishlar olib borishi nafaqat ta’limiy, tarbiyaviy masalalarni hal etishga yordam beradi. Shu bilan birga guruhning loyihaviy ish olib borishiga raxbarlik qilish ma’lum qiyinchiliklar ham tug’diradi. Bu loyihaviy guruh tashkil etilshdan boshlanadi. Odatda bu guruh qatnashchilari faol, mustaqil va ma’suliyatli bo’lishlari kerak. Bundan tashqari guruh loyihani muvoffaqiyatli bajarishi uchun ular orasida: “g’oyalar generatori”- bu a’zo o’ylovchi, “erudit”- ko’p biluvchi, “tanqidchi”- shubhalanuvchi, tekshiruvchi, qayta tekshiruvchi. Bundan tashqari lider va ijrochilar bo’lishi kerak.
Talabalar o’zaro yordam berishlari, printspial bo’lishlari, boshqalar fikrini bilishi, o’zini nuqtai nazarini himoya qila olishi va umumiy maqsad yo’lida kelishuvchan bo’lishi kerak. To’g’risi maktab bunday sharoitni amalga oshiribbo’lmaydi. Agar loyihalar beshinchi sinf o’quvchilari doimiy amalga oshirilsa, sakkizinchi, to’qqizinchi sinfga kelib, ular guruh loyihalarida muaffaqiyatli ishlay oladilar. Guruh loyihalari uchun yana bir chegaralash bor: ular uzoq muddatli bo’lmaydi. O’quvchilar uzoq vaqt vaqt birga, mustaqil faoliyat olib bora olmaydi. O’qituvchi ham guruh ishini uzoq muddat nazorat qilishga qiynaladi. Shu sabablarga ko’ra guruh loyihalari qisqa muddatli yoki o’ta qisqa muddatli bo’ladi.
Sinf jamoasini shakllantirishga o’quvchilarga o’zaro hamjihatlik paydo qilishda guruh loyihalari foyda beradi. Lekin guruh ishlarida, uning har bir o’quvchiga bir xil darajada ishtirokni ta’minlab bo’lmaydi. Har doim kimdir asosiy ishni bajaradi, kimdir asosiy ishni bajaradi, kimdir ikkinchi darajaga tushib qoladi. Shuning uchun guruh loyihalarida ishtirok etishdan tashqari individual loyiha ishlarida ham ishtirok etishlari kerak. Bu metod hohlagan fan uchun mos keladi. Vazifani olgandan so’ng,sinf o’qituvchi ko’magida yoki o’zlariga 3 yoki 5 odamdan iborat bir necha guruhga bo’linadi.Deyarli har doim yakka holda ishlovchilar bo’ladiki, ular yolg’iz bo’lishni istashadi. O’qituvchi bunday o’quvchilar bilan o’zaro ishlashni to’g’ri tashkil etish uchun, ular nima uchun guruhda bo’lmasliklarini bilishi zarur. Birlari o’zlariga ishonishadi, boshqalari esa guruhda kuchsiz bo’lib qolishdan qo’rqadi. Yana biri odamovi bo’ladi. Bunday talabalarning har biri bilan alohida ishlash kerak. Manmanlarga tegish kerak emas, ular vaqt o’tishi bilan guruhga qo’shiladi (birga ishlash qiziq bo’ladi, bir o’zi ishni bajara olmaydi.).
O’qituvchi ishtirokisiz guruhlar qilinadigan ishlarni bo’lib olishadi. Guruhda talabalarning o’rni va vazifalari. Hamma narsa tartibli, ijodiy texnologiya asosida sodir bo’ladi.Talabalardan biri “muammoni paydo qiluvchi”, biri “tahlil qiluvchi tadqiqotchi”, biri “g’oya beruvchi va g’oya bunyodkori”, biri “tanqidchi” yana biri “har xil qarashlarni keltiruvchi” bo’ladi. Bu vazifalar doimiy bo’lmay, o’zgartirib turiladi. Qizg’in tortishuvlardan so’ng, berilgan vazifani javobi topiladi, bu narsa yozma hisobotda ko’rsatiladi. Yozma hisobot uchun mas’ul shaxs, hisobotni ovoz chiqarib o’qiydi va o’qish jarayonida hatoliklarni tuztib boradi. Natijada dastlabki “mahsulot” yaxshilanib boradi. Birinchi guruh ishni yakunlab, ma’ruza o’qishga kirishadi. Lekin ma’ruzadagi kamchilliklarni o’zi ham bilib, uni qayta ishlashni boshlaydi. Aytilganidek o’qituvchilar ko’pincha guruhlarning loyihalarini tanlashadi.
O’quvchi bilan individual loyiha ustida ishlashni tashkillashtirishda o’qituvchi o’quvchining nafaqat yosh imkoniyatlarini,balki uning individual hususiyatlari, shaxsiy qiziqish va talablarini hisobga olishi kerak. Demak, o’qituvchida o’quvchining bilimidagi kamchilikka ta’sir o’tkazish bilan birga, uning shaxs bo’lib shakllanishiga ham ta’sir o’tkazadi. Shunga individual loyihaning afzalligi ko’rinadi. Individual loyihaga ham cheklovlar bor. Bir loyiha misolida,qanday qilib individual loyihani tashkillashtirishni ko’rib chiqamiz. Ko’pincha o’quvchilar uchun loyiha tuzishda birinchi bosqich mavzu tanlash qiyin bo’ladi. Bunday vaqtda o’qituvchi mavzu bermasdan, o’quvchining muammo va qiziqishlarini aniqlashi kerakki, talaba loyiha ustida ishlash jarayonida bu muammolarni hal eta olsin.
To’qqizinchi sinf o’quvchi qanday loyihani oshirishni bilmas edi. Loyiha rejasini ishlab chiqish jarayonini o’zgartirish mumkinmi? Masalan: Avval savol javob qilib, so’ngra adabiyotni o’rganish va ma’lumotlar yig’ish va h.k. Biz qachon taqdimot bo’lishini bilamiz va ishning har bir bosqichi uchun jadval tuzishimiz mumkin. Endi bo’lajak ish uchun bizda qanday imkoniyatlar bor va yana qandaylari kerakligi haqida o’ylashimiz kerak. Qanday kitoblar va boshqa axborot manbalari bor bir yana kerak bo’ladi. So’rovnoma tuza olamizmi yoki o’rganishimiz kerakmi? Eksperimentga kim qatnashadi? Loyiha maxsuloti qanaqa bo’ladi? Bizning loyihaga avval adabiyotni o’rganish yoki muammo bo’yicha kerak edi. Keyin mustaqil ravishda talabalar va kattalar uchun savolnoma tuzish kerak edi. Keyin savol javob o’tkazib,natijani umumlashtirish kerak edi. So’ngra olingan ma’lumotlarni taxlil qilib,ularning asosida “Maslaxatlar” berish kerak. Bu “maslaxatlarni” talabalar va kattalarga berib, ularning fakrlarini muhakama etamiz, ular asolsida loyiha maxsulotiga o’zgarishlar kiritamiz va eksperiment bilan yana bir muhakama qilamiz. Oxirida “maslaxatlar”ning so’ngi variantini tuzamiz va uni devoriy paster sifatida rasmiylashtiramiz, tarbiyaviy soatda talabalarga ko’rsatamiz. Loyiha maxsuloti tayyor bo’lgach, loyiha bo’yicha qilingan ishlar haqida hisobot yozamiz va himoyaga tayyorlanamiz. Ishlab chiqilgan reja loyiha maqsadiga olib borishiga yana bir bor ishonch hosil qilishimiz kerak. Bu erda teskari aloqa ya’ni o’qituvchining yordami kerak. Bular o’qituvchilar yoki loyiha tayyorlash ustaxonlari a’zolari bo’lishi mumkin. Ko’pincha muallifga tuzilgan rejasining kamchiligi ko’rinmaydi, shuning uchun ekspert qilish kerak. Agar reja yaxshi bo’lib, loyiha reja bo’yicha ketsa loyiha muvafaqiyatli yakulanadi. Rejani batafsil muhakamsidan so’ng, uni amalga oshirish boshlanadi. Guruhiy va individual loyihalarning o’ziga hos tomonlari bor.
Guruhiy o’quv loyihalar:
Birgalikda mehnat qilish ko’nikmalari hosil qiladi.
Boshqalarni fikrini eshitadi.
Umumiy maqsad yo’lida kelishuvga o’rgatadi.
Loyiha har tomonlama chuqur ishlangan bo’lishi mumkin. Guruhlardagi ishlar har bir qatnashchiga vazifalarni bo’lib berish va o’zining kuchli tomonlarini ko’rsatishga imkon beradi. O’z kuchiga ishanmaydigan, havotirli talabalar uchun guruhlarda qulay va havfsiz psixologik sharoit yaratiladi. Birgalikdagi faoliyat natijasida bir-birida o’rganish jarayoni bo’ladi, o’quv jarayoning eng maqbul, foydali jihatlarini ko’rsatadi. Bunday loyihalr guruhlarni birlashuva-hamfikrligiga olib keladi. Bunday loyihalarda ayrim talabalar birovlarning hisobida “kun” ko’rishlari mumkin. Loyihaning barcha bosqichlarida har bir qanashchi uchun,har tomonlama ish amaliyotini olish mumkin emas. Ayrim talabalarda ishning borishi va natijasi uchun mas’uliyat hissi bo’lmaydi. Ishni maqbullashtirish va tashkillashtirish imkoni bo’lmaydi. Har bir qatnashchining ishtirokini baxolash qiyin bo’ladi
Individual loyihalar:
Loyiha muallifi ishning har bir bosqichida loyihaviy ishlarning to’liq va
har tomonlama tajribasini oladi.
Shaxsiy namuna, mas’uliyat, sobitqadamlik va faollik rivojlanadi.
Guruhlardagi birga ishlash tajribasi bo’lmaydi.
Birovlarning tajribasidan foydalanish imkoni yo’q.
Loyiha mavzusi muallif qiziqishlariga qarab tanlanadi.
Ishning matijasi va borishi faqat muallifga bog’liq bo’ladi
Yakuniy baholash muallifning ishini to’laqonli sifatini belgilaydi.
Loyihaning hamma bosqichlarida ish qiyin va mas’uliyatli bo’ladi.
Loyihaning har bir bosqichida mustaqil faoliyat olib boriladi.
Loyihalar ustida ishlashning individual va guruhiy faoliyatni tashkil etish. O’quv loyihasini amalga oshirish bir qator metod va texnologiyalarga tayanadi. O’quv loyihasini tashkil etishning turli bosqichlarida bir biridan farq qiluvchi metodlarga murojaat etishga to’g’ri keladi. Bu jarayonda o’qituvchi va o’quvchilarning faoliyatlari ham bir-biridan farqlanadi. Loyihaning guruhli yoki yakka tiplari o’zining afzalliklari va kamchilliklariga egadir. Ta’lim-tarbiya vazifalarini ko’p mehnatni talab qiluvchi loyihalash uslubi yordamida amalga oshirish va loyihaning ikki tipidan birini tanlashimizda o’quvchining ehtiyojini, shaxsiy xususiyatlarini va imkoniyatlarini, guruhdagi o’rnini, maqomini va shunga o’xshash xususiyatlarini hisobga olish zarurdir.
Guruhli va yakka loyihalarning afzalliklari va kamchiliklari quyidagi jadvalda ko’rsatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |