Mavzu: Sinfdan tashqari mashg’ulotlar jarayonida shaxsga yo’naltirilgan texnologiyalardan foydalanish Reja: I. Kirish



Download 52,46 Kb.
bet9/11
Sana20.07.2022
Hajmi52,46 Kb.
#826646
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
kurs ishi aaa

Bosqich

Pedagog

Talaba

Ish natijalarini taqdimoti

Natijalarni
umumlashtiradi,
yakunlaydi xulosalaydi

Muammo, maqsad, va
vazifalarni tushunganligini,
rejalashtira olish va loyiha muammosini echish
ishlarini amalga
oshirilganligini namoyish
etish.

Erishilgan va boshqa
bilimlarni, loyihalash
ko’nikmalarini, guruhda
ishlay olish
malakalarini baholaydi.

Tahlil va ta’sirlarni amalga
oshiradi, ishning amalga
oshirilishi va natijalarini
o’zicha va o’zaro
baholaydilar

Guruhli loyihalashni tashkil etishda o’quv maqsadlariga erishish bilan birgalikda o’quvchilarda hamkorlik qilish ko’nikmalarini ham shakllanib boradi. Lekin, guruhli loyihalashda har bir o’quvchiga loyihani amalga oshirish bosqichlarida bir xil faol va mas’uliyat bilan ishtirok etish malakasini shakllantirish uchun sharoit yaratish imkoniyati yo’q. Kimdir loyihani bajarishda asosiy ishni, kimdir ikkinchi darajadagi ishlarni bajaradi. Shuning uchun o’quvchilar guruhli loyiha ishlari bilan birgalikda yakka loyiha ishlari ("Xona o’simliklari", "Shifobaxsh o’simliklar", "Yosh zoologlar", "Yosh fiziologlar", "Yosh biologlar")da ham o’zlarini sinab ko’rishlari lozim bo’ladi. Ular ko’rsatmalarni umumiy tushuntirishda oladilar. Olib borilayotgan kundalik daftarlari talabalarga ma’qul bo’lgan erkin shaklida yozib boriladi. O’quvchi ishni bajarilish vaqtida kerak bo’ladigan hujjatlar, loyiha hisobotlarining yozuv qismini yozib, o’rganib borishlari lozim. Hujjatlarni to’g’ri yuritish loyiha mualliflarida intizomlilikni shakllantiradi, ishning asosiy maqsadidan chalg’imaslikka yordam beradi. Loyiha yoki loyiha ustaxonasi rahbari ham o’zining ishiga qulay, mos bo’lgan shaklidagi jurnal yoki tashkil etishning boshqa samarali shakllariga ega bo’lishi kerak. Unda har bir loyiha ishtirokchisiga alohida varaqlar (joylar) ajratilib, loyihada olib borilayotgan ishlari qanday amalga oshirilayotganini qayd etib boriladi. Bu yozuvlar ishning ayrim qismlarini bajarishda va ishning oxirida har bir o’quvchining faoliyati natijasiga ta’sir etish mumkinligi uchun e’tibordan qolmasligi zarurdir. Loyiha rahbar yozuvlari o’quvchilarning loyihalarini baholashda, ayniqsa “Ishga shaxsiy qiziqishi va ijodiy yondashuvi” mezonini aniqlashda yordam beradi. Agar loyiha tashkilotchisi bo’lsa, u ham “Ijodiy loyihalar ustaxonasi ishlari jurnali”ni o’ziga qulay shaklda yuritishi mumkin. Jurnalda quyidagi holatlar qayd etiladi:



  • Har bir loyiha bo’yicha yo’l-yo’riq ko’rsatuvchi yig’ilishlar, ustaxona rahbari va talabalarning o’tgan oylarda olib borilgan ishlari sifati va tavsiyalari;

  • “Jurnal” loyiha ustaxonalari rahbariga loyiha faoliyati tashkilotchisi tomonidan berilishi lozim bo’lgan uslubiy yordam, qanday tashkiliy muammolarni paydo bo’lishi, qanday ma’muriy zaxirani jalb qilish kerakligi ko’rsatadi, bundan tashqari, agar loyiha rahbari rahbarligi uchun qo’shimcha ish haqi olsa, unda jurnal moliyaviy hujjat hisoblanadi.

Yillik loyihalash yakunlanishidan keyin “Jurnal” tahlil etiladi. Tahlil natijalari esa yo’l quyilgan kamchiliklarni yo’qotishga, kelgusida tajriba almashishni yo’lga quyish uchun, samarali ishlayotgan pedagoglarni aniqlashga, OO’Yuda loyihalash faoliyatini tashkil etish tizimini yuqori darajaga ko’tarishga yordam beradi. Loyihani yozuv qismi, ya’ni ishning hisoboti haqida so’z borganda, ko’pincha loyiha ishining bu qismiga kam e’tibor berishadi. Shuni alohida ta’kidlash zarurki, loyihaning yozuv qismi ishning asosiy tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi.
Loyiha natijasi qanday ko’rinishidan (risola yoki maqola, ya’ni, yozuv shaklida bo’lsa ham) qat’iy nazar, loyihaga yozuv qismi ilova qilinishi shart, u ishning olib borilishi va natijalari haqida hisobot hisoblanadi. Ana shu qismisiz (hisobotsiz) loyiha o’zining mantig’ining asosiy ma’nolaridan birini yo’qotadi, ya’ni, aynan shu qismda talaba o’zi bajargan ishini ruhan tushunib, uning mohiyatiga etadi. Qilingan ishlar tahlil etib, qanday natijaga erishildi yoki erishilmadi, quyilgan maqsad nima uchun amalga oshmadi; yuzaga kelgan muammolarni hal qilish uchun barcha imkoniyatlar safarbar etildimi; ishning boshida qabul qilingan rejaga kiritilgan o’zgarishlar qanchalik asosli ekanligini o’rganib chiqadi. Shu erda loyiha muallifi o’zlashtirgan malakalarini, tajribalarini va o’zining harakatlarini baholaydi.
Loyihaning yozuv qismi o’z-o’zini baholash bilan bog’liq bo’lib, uning amalga oshirish loyiha qatnashuvchilar ayrim qiyinchiliklarni tug’dirishi mumkin, chunki ularda o’zlari haqida haqqoniy tushuncha shakllangan emas. Ularda o’z - o’zini baholash shakllanish bosqichida bo’lib, o’zlarining ishlarini mustaqil tahlil etishga undashi muhimdir, etalonning o’zi bilan qiyoslab baholash mezonlarini ifoda etadi, shu asosda o’z faoliyatining samaradorligini baholaydi. Bu holat loyiha qatnashchilarida o’z-o’zini to’g’ri baholashni ma’lum darajada shakllantiradi. Bu loyiha ustida ishlashning yana bir tarbiyaviy qirrasi, imkoniyatlaridan biri hisoblanadi.
O’quvchilar loyiha ishini hisobotini to’g’ri yozishga o’rgatishda, quyidagicha tuzilmadan foydalanishni tavsiya etish mumkin:
Kirish
Loyihaning mavzusi......................................................................................
Ishning maqsadi.............................................................................................
Loyiha natijasi...........................................................................................
Ushbu natija loyiha maqsadiga erishishga yordam beradi.........................
Ishimning rejasi (bajarish muddati va barcha bosqichlarini ko’rsatib
o’tiladi):
Mavzu tanlash va nomlanishini aniqlash...................................................
Axborot to’plash (axborotni qaerdan va qanday izlash)...........................
Mahsulotni tayyorlash (nimani qanday bajarildi)...............................
Loyihani yozuv qismini yozish (qanday amalga oshirildi).........................
Asosiy qism.
Ish “sana”, “oy”, “yil” boshlandi.
Keyin...................................... bajarildi.
Ishni............................... tugatildi.
Ishni bajarishda quyidagi muammolar yuzaga keldi:.................................
Muammolarni bartaraf etishda ...................................................................
(qachon ish tartibini buzilganligini ko’rsatiladi)..................................
......................... .......................................................................rejadan chetlanildi.
Ish rejasi.............................................................................da buzildi.
Ishni bajarish vaqtida..................................................................... loyiha
mahsulotini o’zgartirishga qaror qilindi.
.........................................................................loyiha maqsadiga erishildi.
Xulosa. Loyihani tugatib, rejalashtirilgan, narsalarning barchasi amalga
oshmadi. Masalan: ........................................................................................ Bunday holat ...........................................................................da sodir bo’ldi.
Agar ishni yana bir boshidan boshlansa.....................................................
Kelgusida..................................................bo’yicha ushbu ishni davom
etiriladi.
Loyihani muammosini hal qilindi...loyiha ustida ish olib borishda ma’lum bo’ldi (ish olib borilgan muammoning echimlarini topishda taklif etilgan va echimlar haqida). Albatta, ushbu tuzilmadan aynan to’laligicha foydalanish shart emas. Lekin ishining borishi va natijalari haqida hisobot berilganda, talaba o’zining yutuq va kamchiliklarini tahlil etishi, o’zining tuyg’u va hissiyotini his qilishi lozimdir.
Yuqori kurslardagi talabalar hisobotlarni chuqur va kengaytirilgan holda yozilishlari kerak. Loyihani himoya qilishda o’quvchi eng kerakli, eng zarur malakalardan birini, ya’ni bajargan ishini, loyiha mahsulotini taqdimotida so’zga chiqish va o’zining chuqur bilimga ega ekanligini ko’rsata olishi lozim. Chunki, o’zi va ishi haqida ishonchli va qisqa so’zlab berish hozirgi zamon talabi hisoblanadi. Loyihani himoya qilish, odatda taqdimot shaklida amalga oshirilib, muallif o’zining qisqa (7-10 daqiqalik) nutqi davomida ishining natija-lari bilan tanishtiradi. Taqdimot vaqtida vujudga keladigan muammolar, ya’ni, hayajonlanish, ko’rgazmali materiallarning kamligi, nutqi yaxshi tayyorlanmaganligi, tinglovchilarda qiziqish uyg’ota olmasligi, nutqga ajratilgan vaqtdan chiqib ketishi mumkin. Ushbu muammolarning yuzaga kelmasligi uchun talaba loyiha himoyasidagi nutqini qayta-qayta takrorlashi, mashq qilishi lozim. Bundan tashqari nutqni tayyorlashda talaba o’zining ustozi bilan hisobotni taqdimot qilish ustida jiddiy ishlashi kerak. Ushbu vazifani ijobiy hal qilishda talabaga quyidagi maslahatlar beriladi.
Talaba so’zga chiqishda: - tinglovchilarning qiziqishi va tayyorgarligi, nutqi mavzusi bilan tanishligi, mazmunidan xabardorligiga e’tibor qilinadi; - alohida
e’tiborga molik asosiy holatlar va ularning ketma-ketligini oldindan aniqlash;
- asosiy so’zlarni yozib, belgilab olish, matnni to’laligicha o’qimaslikka
harakat qilish, bunday holat tinglovchilarni zeriktiradi, faqat diqqatga sazovor muhim joylarni bayon etish;
- ko’rgazmali qurollardan, didaktik vositalardan foydalanishning aniq
rejasini ishlab chiqish;
- bu vositalar nutq mazmunini yoritishi, asosiy holatlarni ko’rsatib berishi va nima haqda so’zlanayotganingizni tushunishda tinglovchilarga yordam berishi lozim;
- nutqning nihoyasida yana bir bor bayon qilingan asosiy fikrlarni ta’kidlash qaytish, to’xtash;
- moslamalarning tayyorgarligini tekshirish;
- o’zining tashqi qiyofasi haqida o’ylab ko’rish;
- muvaffaqiyatga erishishga harakat qilish.
Taqdimot oldidan ozgina hayajonlanish ham foydalidir. U diqqatni bir joyga to’plash va barcha kuchlarni ishga solishga yordam beradi. Juda kuchli hayajonlanish esa qarama-qarshi natijaga olib keladi. Taqdimot nutqini takrorlash, mashq qilish hayajonni yo’qotishga yordam berib, sarosimaga aylanishini oldini oladi.
Taqdimotdagi hayajon bilan kurashishda e’tibor beriladigan omillar quyidagiladir:
- Nutqni barcha qismlarini oldindan o’ylab qo’yish, agar biron bir narsa rejalashtirilganday amalga oshmasa, masalan: slayd-shou, rangli namoyish materiallari bilan almashtirish yoki tinglovchilarga ko’rgazmali materiallarni tarqatish kerak va boshqalar.
- Taqdimotni yaxshi amalga oshiruvchini o’rganish, uning harakat-larida nusxa olish, xayolan o’zini uni o’rniga qo’yib ko’rish va boshqalar.
- Ko’rgazmali materiallarni namoyishi bilan birga taqdimotni bir necha takrorlash, nutqining qisqa matnidan chiqib ketmaslikka harakat qilish. Qancha vaqt sarflanishini aniqlash. Agar taqdimot nutqi keragidan ortiq bo’lsa qisqartirish, nutqni eshitib ko’rishni biron kishidan iltimos qilish, videoga yozib olish, uni ko’rish, tahlil qilish, kerak bo’lsa o’zgartirishlar, qisqartirishlar kiritish.
- So’zga chiqish oldidan bir necha chuqur nafas olish hayajonlanishni yo’qotadi, bosadi,jilovlaydi. Tinglovchilarni o’zining do’stlaring deb o’ylash. Asosiy urg’uni qiyinchilik tug’diradigan joyga emas, qiziqarli deb topgan joyga berish.
- Ortiqcha hayajonlanish qo’l, oyoq va tovushning qaltirashiga olib keladi. Bir necha oddiy jismoniy mashqlar bu holatni yo’qotishga yordam beradi.
- Bir joyda turib nutq so’zlayotgan notiq, asta-sekin hayajonlanishini seza boshlasa stol yoki doska yonida yurish, nutq so’zlashda bo’shashishga yordam beruvchi usullardan biri bo’lishi mumkin.
- Yig’ilganlar bilan ko’rishish aloqasini o’rnatishga harakat qilish
– bu ularda notiqqa bo’lgan mehrni shakllantiradi va oshiradi;
- bundan tashqari tinglovchilarning ko’zlaridan nutqning qanchalik qiziqish uyg’otganligi ma’lum bo’ladi.
Taqdimot vaqtida savollar berishsa savollarga javobni “Rahmat” bilan boshlash lozim. Har bir savolni nutqqa bo’lgan qiziqish deb biling. Qo’shimcha savollar – o’zingizni bilimdonligingizni ko’rsatishni yana bir imkoniyati ekanligi yoddan ko’tarilmasligi lozim. Ko’rgazmali vositalardan foydalanish. Yaxshi tanlangan va tayyorlangan ko’rgazmali va tarqatmali vositalar taqdimotni samarali o’tkazishga yordam beradi. Ular tinglovchilar diqqatini jalb qilish va qiziqishlarini so’ndirmasligi; so’zning ma’nosini kuchaytirishi lozim; eshitish orqali qiyin qabul qilinadigan ma’lumotlarni ko’rsatish, masalan, raqamlar, sanalar, nomlar, geografik nomlar, maxsus atamalar, grafiklar, chizmalar, diagrammalar va hokazolar matnni tushunishga yordam beradi. Ko’rgazmali vositalardan quyidagi holatlarda foydalanish mumkin emas: taassurot qoldirish; auditoriya bilan jonli muloqotni to’liq ko’rgazmali vositalar bilan almashtirish; nutqda katta hajmdagi ma’lumotni jamlash; so’zlar bilan tushuntirish mumkin bo’lgan oddiy fikrlarni faqat ko’rgazmali ko’rsatish.


Download 52,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish