Shaxs individlararo munosabatlar sub'yektidir. "Individ" va "shaxs" tushunchalarining bir-biriga mos
kelmasligi va aynan uxshash emasligi faktidan shu narsa ayonki, shaxs tushunchasi birgalikdagi faoliyatning xar bir
ishtirokchisi uchun ushbu faoliyatning mazmuni, kadriyatlari va moxiyati orkali namoyon buladigan shaxslararo
barkaror boglanishlar sistemasidagina anglanilishi mumkin. Bunday shaxslararo alokalar realdir, lekin ular tabiatan
"gayrixissiy"dir. Ular jamoaga kiradigan odamlarning konkret individual xususiyatlari va xatti-xarakatlaridan
namoyon buladi, lekin ularning sababchisi bula olmaydi. Ular xar bir individlararo alokalar sistemasida va undan
kengrok mikyosda-ijtimoiy munosabatlar sistemasida egallaydigan aloxida mavkeini belgilab beradigan ana shu
shaxsiy xislatlarini namoyon kiladigan gurux shaklidagi sha faoliyatning aloxida fazilatini tashkil etadi.
Shaxs va individuallik. Xar bir kishining shaxsi uning individualligi vujudga keltiradigan xislatlar va
fazilatlarning fakat unga xos birikuvidan tarkibtopgandir. Individuallik-kishining uziga xosligini, uning boshka
odamlardan farkini aks ettiruvchi psixologik fazilatlar birikmasidir. Individuallik temperament va xarakter
xususiyatlarda, odatlarda, ustun darajadagi kizikishlarda, bilish jarayonlariga oid fazilatlar (idrok, xotira, tafakkur,
tasavvur) da kobiliyatlarda, faoliyatning shaxsga xos uslubda va xokazolarda namoyon buladi. Zikr etilgan
psixologik xususiyatlarning bir xildagi birikmasini uzida mujassamlashtirilgan odam yuk-inson shaxsi uz
individualligi jixatidan betakrordir.
Shunday kilib individuallik inson shaxsiga xos fazilatlarning fakat bitta jixati bulib xisoblanadi, xolos!
Individuallik bilan shaxsning tuzilishi urtasidagi uzaro bogliklik.
"Shaxs
va
individuallik"
tushunchalari kanchalik darajada birlikdan iborat bulganiga karamay, bir-biriga mos kelmasligining uzi xam
shaxsning tuzilishini kishining individual-psixologik xislatlari va fazilatlaridan tarkib topadigan allakanday shakl
sifatida tasavvur kilish imkoniyatini bermaydi. "Shaxs" va "individuallik" tushunchalari (xuddi "individ" va "shaxs"
tushunchalari singari) aynan bir-biriga uxshaydi, deb tan olinadigan va shaxsga tabiat ijtimoiy munosabatlar
sub'yekti sifatida, individning sitemasi tarzidagi sosial fazilat sifatida karaladigan Garb psixologiya fanining
nomarksistik yunalishlarida shaxs bilan individuallikning strukturasi (ya'ni tuzilishi, tashkil topishi) bir-biriga
tamomila mosligi tan olinadi. Bunday psixologik maktablar va yunalishlarning vakillari individuallikning tuzilishi
anik ta'riflab berilsa bas, bu kishining shaxsini tulaligicha uz ichiga oladi va ta'riflab beradi, degan nuktai nazarni
ilgari surishadi. Jumladan, psixologlar maxsus shaxsiy suroknomalarni kullashadi (bular sinaluvchining uziga,
uzining individual-shaxsiy fazilatlariga uzi baxo berishini taklif etadigan savollardan tashkil topgan uziga xos
anketalardir). Ulardagi javoblar mazmunini taxlil kilgan va surok natijalarini matematik amallar vositasida kayta
ishlagan xolda tadkikotchi biron bir xislatning (tipning) ana shu xislatga mos keladigan darajasida namoyon
bulishining sonlar bilan ifodalanadigan belgisiga ega buladi. Lekin bunday metodlr yordamida nari borsa kishining
individualligi tavsiflanishini tasavvur kilish mumkin. Birok kishi jalb etilgan ijtimoiy munosabatlarning "yaxlit
birligida" shaxsni xar tomonlama tavsiflab bulmaydi.
Xakikatda esa, agar shaxs xamisha uzining konkret sosial muxiti bilan "xakikiy munosabatlari" sub'yekti
sifatida namoyon bulishi inobatga olinadigan bulsa, "shaxsning tuzilishiga konkret sosial guruxlar va jamoalar
faoliyati va munosabatida tarkib topadigan ana shu "xakikiy munosabatlar" va alokalar mukarrar tarzda kiritilishi
shart. Suroknomalar esa kishining uziga xali shakllanib bulmagan sosial muxit sharoitidagi, "umuman mavxum
muxitda"gi xolati buyicha beradigan baxosiga muljallangandir. Shaxsning individlararo real munosabatlaridan iborat
148
jixatini suroknomalarda aks ettirib va aniklab bulmaydi. aytib utilganidek, suroknomalar shaxsning tuzilishiga
umumiy ta'rif berish xukukiga da'vogarlik kilar ekan, aslida individuallikni tavsiflashga, individuallik xislatlarining
uning bir asosiy belgilari (omillari) atrofida tashkil bulishi prinsiplarini topishga urinishlar bilan cheklanadi.
Majoziy ma'noda aytganda individual-psixologik xislatlarning keng "kolleksiyasi" yorliklar takiladigan
("shizotimiya-siklotimiya" "introversiya-ekstroversiya", "xissiyotlilik-vazminlik" va xokazo) bir kancha
"vitrinalarda" joylashtiriladi.
Jumladan, psixologiyada individuallikning kupgina xislatlari-moslashuvchanlik, tajovuzkorlik, mayillik
darajasi, tashvishlanish va shular kabilar aniklangandir. Bular jumlani individning uziga xosligini kursatadi. Bu
psixologik xodisalar uz moxiyatiga kura uzaro munosabatda bulib, oshkor yoki oshkora bulmagan xolda allakanday
muxitning mavjudligini takozo etadi. Shaxs aynan ana shunday muxitga nisbatan moslashuvchanlik, tajovuzkorlik
tashvishlanish va xokazolarni namoyon kiladi. Bordiyu, agar odamlarning individual fazilatlari bu tadkikotlarda
izchil, uzgaruvchan, rang-barang mazmunli tarzda namoyon bulsa, u xolda sosial muxit uzgarmaydigan,
shakllanmagan (amorf), mazmunsiz, "umuman muxit" sifatida tasavvur kilinadi. Sosial muxitning "shaxs-
muxit"dan iborat uzaro munosabatiga kiyosan as'ana bulib kolgan mexanistik tarzda talkin kilinishi muxitni yo faol
shaxsning uz kuch-gayratlarini ishga soladigan maydon sifatida, yoxud gurux tarzida shaxsga tazyik kursatuvchi
kuch sifatida izoxlaydi. Shaxsning va uni kurshab turgan sosial muxitning uzaro birgalikdagi xarakatining faol
xususiyati tugrisidagi tasavvur garb fanida na shaxs psixologiyasining nazariy kismlari tukimalariga va na shaxsiy
tadkik etishning psixologik metodlariga kiritilmagandir.
Boshka tadkikotlarda kishi individualligining ekstrapunitivligi (uzining xususiy muvaffakiyatsizliklari
uchun aybni boshka odamlarga agdarish mayli) kabi belgisi yaxshi jamoa a'zosining fe'l-atvoriga xos bulish-
bulmasligi, ya'ni bu uning shaxsida mukarrar namoyon blish-bulmasligi aniklandi. Oldiniga shaxs testi yordamijda
ekstrapunitivligi yakkol sezilib turgan sportchilar (sportning uynaladigan turlariga oid komandalarning a'zolari ular
juda xam kupchilik edi) guruxi aniklanadi. Individuallikning ushbu belgisi ular uchun yetakchi xisoblanmish sport
faoliyatida ularning shaxsiga oid fazilatlarni anik kursatib beradigandek tuyuladi. Xakikatda esa sportchilarning
yaxshi uyushgan guruxlarida (xakikiy jamoalarda), shaxsiy test ma'lumotlariga binoan ekstrapunitiv shaxslar uz
komandasi a'zolariga nisbatan jamoaning aynan bir xil bulib kolishiga karatilgan munosabatda bula boshlashibdi
(11.6.ga karang), ya'ni shaxsning ekatrapunitiv belgisiga tomomila karama-karshi fazilatni namoyon kilishibdi.
Shunday kilib, inson shaxsining tuzilishi individuallikning tuzilishiga karaganda keng ekanligi
shubxasizdir. Shu boisdan bunga, birinchi navbatda, uning individualligini kursatadigan va fakat extirosda, ichki
kiyofada, kobiliyatlarda va xokazolarda ancha keng ifodalanadigan fazilatlari va umumiy tuzilishigina emas, balki
shaxsning rivojlanish darajasi xai xil bulgan guruxlarda, ana shu gurux uchun yetakchi xisoblangan faoliyat orkali
ifodalanadigan individlararo munosabatlarda uzini namoyon etishni xam kushish shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |