Shaxsning tuzilishdagi biologik va ijtimoiy omillar. Inson shaxs tuzilishida biologik (tabiiy) va ijtimoiy
omilllarning uzaro nisbati masalasi xozirgi zamon psixologiyasida eng murakkab va munozarali masalalarda biridir.
Psixologiyada shaxsda ikkita omil-biologik va ijtimoiy omillar ta'siri ostida shakllangan ikkita asosiy kichik
struktura borligini aloxida ta'kidlaydigannazariya sezilarli urin egallaydi. Inson shaxsining uzi "endopsixik" va
"ekzopsixik" tuzilishga bulinadi, degan fikr xam ilgari murildi. Shaxs tuzilishining kichik strukturasi sifatidagi
"endopsixika" bamisoli kishining nerv-psixik tuzilishiga uxshash bulgan inson shaxsining ichki mexanizmi kabi
psixik kismlar va funksiyalarning uzaro ichki boglikligini ifoda etadi. "Ekzopsixika"ning tashki muxitga
munosabati bilan, ya'ni shaxs kanday bulmasin, baribir munosabatga kirishishi mumkin bulgan va shaxsga karama-
karshi turadigan tuzilishlarning barchasiga nisbatan munosabati bilan belgilanadi.
Inson shaxsning individualligida uning tabiiy, biologik tuzilishi uzining izini koldiradi, albatta. Gap
shaxsning tuzilishida biologik va ijtimoiy omillarni xisobga olish kerakmi, yukligi xakida emas (ularni e'tiborga
olish shart, albatta), balki ular urtasidagi uzaro munosabatlarni kanday tushunish kerakligi xakidadir. Ikkita omil
nazariyasi ijtimoiy va biologik omillarni, muxit va biologik tuzilishni, "ekzopsixika"ni beixtiyor ravishda bir-biriga
karama-karshi kuyadi. Xakikatda esa bunday tashki, uzidan-uzi buladigan karama-karshi kuyish samarasizdir va
shaxsning tuzilishini anglab olish uchun xech bir naf keltirmaydi. Lekin shaxsning shakllanishi va tuzilishidagi
tabiiylik va ijtimoiylik masalasiga boshkacha yondashish xam mumkin.
Buni buyi 80-130 santimetrdan oshmaydigan odamlar shaxsiga xos belgilarning shakllanishini urganishga
bagishlangan tadkikot misolida kurib chikamiz. Buyining pastligidan boshka biron-bir patologik cheklanishlari
bulmagan bu odamlar individualligining tuzilishida anchagina uxshash jixatdan mavjudligi aniklandi. Ularda uziga
xos bachkana yumor, muloxazasiz nekbinglik, samimiylik, anchagina xissiy zurikishni takozo etadigan vaziyatlarga
yuksak sabr-bardoshlik, biron-bir darajada iymanib utirmaslik va shu kabilar kuzatildi. Tabiiy, tarkibiy jixatlar va
belgilar kishi shaxsning individualligi tuzilishida uning ijtimoiy jixatdan takozo etilgan kismlari sifatida mavjud
buladi. Tabiiy (anatomik, fiziologik va boshka fazilatlar) va ijtimoiy xislatlar birlikni tashkil toptiradi va shaxsning
mustakil kichik tuzilishi sifatida bir-biriga uzidan-uzi karama-karshi kuyilishi mumkin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |