VISUCAPS
Ko'zni davolashning ilg'or usuli
4-Mavzu: SHAXS PSIXOLOGIYASI VA KASBIY SHAKLLANISH.
R e j a :
5.
Shaxsning biogenetic na sotsiogenetik nazariyalari.
6.
Shaxsning tuzilishi.
7.
Shaxs faolligi va yo'naltirilganligi.
8.
Kasbiy shakllanish tarixi.
T a ya n ch s o' z v a i b o r a l a r :
Shaxs, individ, individuallik, faollik, faoliyat, motiv, qiziqishlar, shaxsning shakllanishida ta'sir qiluvchi
omillar, shaxs sifatlari.
«Shaxs» tushunchasi keng va ko‗p qirralidir. Shaxsni u yoki bu yo‗nalishda bir qator fanlar: falsafa, tarix,
pedagogika, sotsiologiya, tibbiyot va psixologiya o‗rganadi. Psixologiya fani boshqa fanlardan farqli o‗laroq,
shaxsning ichki dunyosini, boshqacha qilib aytganda, uning ruhiy jarayonlarini, hissiy-irodaviy holatlarini,
individual psixologik xususiyatlarini tadqiq qiladi.
Psixologiya fanida shaxs muammosini o‗rganish bo‗yicha turli nazariyalar mavjud bo‗lib, ularga biogenetik,
sotsiogenetik, psixogenetik, kognitivistik, psixoanalitik, bixevioristik kabi qarashlar, yondashuvlar kiradi.
Biogenetik nazariya negizida insonning biologik rivojlanishi bosh omil sifatida qabul qilingan bo‗lib,
qolgan jarayonlarning taraqqiyoti ixtiyoriy xususiyat kasb etadi, ular bilan o‗zaro aloqalar tan olinadi, xolos.
Mazkur nazariyaga binoan, taraqqiyotning bosh maqsadi - biologik determinantlarga (aniqlovchilariga) qaratiladi
va ularning mohiyatidan sotsial-psixologik xususiyatlar kelib chiqadi.
Taraqqiyot jarayonining o‗zi avval biologik rivojlanishning universal bosqichi sifatida sharhlanadi va talqin
qilinadi.
Biogenetik qonuniyat F. Myuller va E. Gekkellar tomonidan kashf qilingan bo‗lib, ular ushbu qonuniyat
taraqqiyoti nazariyasini tashviqot qilish hamda antidarvinchilarga qarshi kurashda muayyan darajada tarixiy rol
145
o‗ynagan. Biroq, inson organizmining individual va tarixiy taraqqiyoti munosabatlarini tushuntirishda qo‗pol
xatolarga yo‗l qo‗yilgan. Jumladan, biogenetik qonuniyatga ko‗ra, shaxs psixologiyasining individual taraqqiyoti
(ontogenez) butun insoniyat tarixiy taraqqiyotining (filogenez) asosiy bosqichlarini qisqacha takrorlaydi, degan
g‗oya yotadi.
Psixologiya tarixida biologizmning yaqqol ko‗rinishi Z. Freydning shaxs talqinida o‗z ifodasini topgan.
Uning ta‘limotiga binoan, shaxsning barcha xatti-harakatlari (xulqi) ongsiz biologik mayllar yoki instinktlar bilan
shartlangan, ayniqsa, u jinsiy (seksual) maylga (libidoga) bog‗liqdir. Bunga o‗xshash biologizatorlik omillari inson
xulqini belgilovchi birdan- bir mezon yoki betakror turtki vazifasini bajara olmaydi.
Sotsiogenetik nazariya. Biogenetik nazariyaning qarama-qarshi ko‗rinishi sotsiogenetik nazariya hisoblanadi.
Sotsiogenetik yondashuvga binoan, shaxsda ro‗y beradigan o‗zgarishlar jamiyatning tuzilishi, ijtimoiylashish
(sotsializatsiya) usullari, uni qurshab turgan odamlar bilan o‗zaro munosabati vositalaridan kelib chiqqan holda
tushuntiriladi. Ijtimoiylashuv nazariyasiga ko‗ra, inson biologik tur sifatida tug‗ilib, hayotning ijtimoiy shart-
sharoitlarining bevosita ta‘siri ostida shaxsga aylanadi.
Kognitivistik yo„nalish. Kognitivistik yo‗nalishning asoschilari qatoriga J. Piaje, Dj. Kelli va boshqalarni
kiritish mumkin.
J. Piajening intellekt nazariyasi ikkita muhim jihatga ajratilgan bo‗lib, u intellekt funksiyalari va
intellektning davrlari ta‘limotini o‗z ichiga qamrab oladi. Intellektning asosiy funksiyalari uyushqoqlik (tartiblilik)
va adaptatsiya (moslashish, ko‗nikish)dan iborat bo‗lib, intellektning funksional invariantligi deb yuritiladi.
Muallif shaxsda intellekt rivojlanishining quyidagi bosqichlarni ajratadi:
1)
sensomotor intellekti (tug‗ilishdan to 2 yoshgacha);
2)
operatsiyalardan ilgarigi tafakkur davri (2 yoshdan to 7 yoshgacha);
3)
muayyan operatsiyalar davri (7-8 yoshdan 11-12 yoshgacha);
4)
formal (rasmiy) operatsiyalar davri.
J. Piajening g‗oyalarini davom ettirgan psixologlarning bir guruhini kognitiv-genetik nazariyaga biriktirish
mumkin. Bu yo‗nalishning namoyandalari qatoriga L. Kolberg, D. Bromley, Dj. Birrer, A. Vallon, G. Grimm va
boshqalar kiradi.
Shaxs psixologiyasining rivojlanishi muammosini o‗rganishga Rossiyalik atoqli olimlar L. S. Vigotskiy, P.
P. Blonskiy, S. L. Rubinshteyn, A. N. Leontyev, B. G. Ananyev, A. G. Kovalev, L.I.Bojovichlar o‗zlarining
salmoqli hisslarini qo‗shganlar.
Quyida psixologlarning ayrim fikrlariga qisqacha to‗xtalib o‗tamiz.
A. G. Kovalevning fikricha, shaxs - ijtimoiy munosabatlarning ham obyekti, ham subyekti. A. N.
Leontyevning tushuntirishicha, shaxs faoliyat subyektidir. K. K. Platonov jamiyatda o‗z vazifasini anglovchi, ishga
layoqatli, yaroqli individni shaxs deb ataydi. Bu muammo mohiyatini chuqurroq ochishga harakat qilgan S. L.
Rubinshteynning ta‘rificha, shaxs tashqi ta‘sirlar yo‗nalishini o‗zgartiruvchi, ichki shart-sharoitlar mahsulidir.
A. V. Petrovskiyning quyidagi ta‘rifini shaxsning psixologik ta‘rifi sifatida qabul qilish mumkin: «O‗z
mehnati tufayli hayvonot olamidan ajralib chiqqan, jamiyatda rivojlanuvchi va odamlar bilan til yordamida
munosabatga kirishuvchi odam shaxsga voqelikni beruvchi hamda faol o‗zgartiruvchi subyektga aylanadi».
Ko‗rinib turibdiki, psixolog olimlar shaxsni tushunishga turli tomonlardan yondashib, unga har xil ta‘rif berishgan.
Muayyan fikrlarni jamlagan holda shaxsga quyidagicha ta‘rif berish mumkin. «Shaxs o „z menligini
146
anglagan, o „zgalar bilan o „zaro munosabatlarga kirisha oladigan tabiat va jamiyatga faol ta‟sir o„tkaza oladigan
har qanday individ».
Yuqorida bayon qilingan nazariyalar va psixolog olimlarning fikrlaridan kelib chiqib, psixologiyada «shaxs»
masalasini tushunish bo‗yicha quyidagi xulosalarga kelish mumkin.
1)
jamiyatning a‘zosi hisoblangan va ong egasi bo‗lgan har bir individ shaxsdir;
2)
shaxs hamma vaqt muayyan, faqat o‗ziga xos bo‗lgan murakkab individual sifatlar va xususiyatlar
egasidir. Bu sifatlar va xususiyatlar shaxs xulqida, boshqa shaxslar bilan munosabatlarida, irodasi va xulq-
avtorida, xislatlarida, qobiliyatlari, mayllari va qiziqishlarida ifodalanadi;
3)
odam shaxs bo‗lib tug‗ilmaydi, balki u ijtimoiy taraqqiyot jarayonida shaxs sifatida shakllanadi.
4)
shaxs psixologiyasini aniq tarixiy sharoitlardan, u mansub bo‗lgan jamiyatdan, jamiyatda egallagan
mavqeidan kelib chiqqan holda o‗rganish mumkin.
|