3. Saylov tizimi: tushunchasi, turlari. “Saylov tizimi – jamiyatda davlatning vakillik organlarini saylash yo’li bilan yuzaga keluvchi davlat-siyosiy munosabatlari tizimidir”1 – degan tushuncha saylov tizimining ba’zi tomonlarini chetda qoldirgan. Bu tushuncha faqat davlat vakillik organlariga saylov bilan bog’liq munosabatlarnigina e’tiborga olib, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlariga saylov munosabatlarini yoki umuman saylov tizimining muhim elementi (qismi) saylov munosabatlarini tartibga soluvchi huquqiy normalarini chetda qoldirgan. Saylov tizimi – bu saylov o’tkazilishi tartibi va shu tartiblarni mustahkamlovchi huquqiy normalar yig’indisidir. Saylov o’tkazish tartiblari huquqiy normalar bilan belgilanadi va ular birgalikda saylov tizimini tashkil etadi.Saylov tizimining prinsiplari Saylov tizimi demokratik bo’lishi va rivojlanishi uchun u ma’lum prinsiplar asosida tashkil bo’lishi kerak. Saylov tizimining prinsiplari ham saylov huquqining prinsiplariga o’xshab Konstitusiyaga asoslanadi. Saylov tizimi prinsiplari quyidagilar hisoblanadi.Birinchi – saylov tizimining Konstitusiyaga to’la mos kelishi.Ikkinchi – davlatchilik va hokimiyatning legitimligi (qonuniyligi).Uchinchi – saylov tizimi tartibotlari va vazifalarining qonuniylik va huquqiy jihatdan ta’minlanganligi.To’rtinchi – saylov tizimining demokratiyaviyligi, fuqarolarning, siyosiy partiyalarning teng huquqliligi.Beshinchi – saylov tizimining barqarorlik, taraqqiyot, qonuniylik, huquqiy tartibot, inson huquqlarini himoya qilishga yo’naltirilganligi. Oltinchi – saylov tizimining xalqchilligi, barcha fuqarolar uchun tushunarli,qulay bo’lishi.Yettinchi – saylov tizimining uyushganligi Konstitusiyaviy, huquqiy, sud nazorati ostida bo’lishi va qonuniy boshqarilishi.Sakkizinchi –saylov tizimining tejamli bo’lishi.To’qqizinchi – ovoz berish va saylanishni ziddiyatsiz bo’lishi, uning uchun еtarli bo’lgan natijalarni olishga kafolat yaratilishi. Bu prinsiplarning maqsadi va qo’llanilishini ko’rib chiqamiz. Saylov tizimini Konstitusiyaga to’la mos kelishi prinsipi.Avvalo Konstitusiyada saylov tizimi haqida maxsus bobni borligi, saylov munosabatlarining konstitusiyaviy-huquqiy normalari bilan tartibga solinishi, saylov qonunlarining asosini konstitusiyaviy normalar tashkil etishi – bu prinsipni namoyon qiluvchi belgilardir. Saylov tizimining elementlari – tarkibiy qismi hisoblanuvchi fuqarolarning saylov huquqlari, saylov huquqining prinsiplari, saylov o’tkazish tartiblari Konstitusiyada belgilangan. Davlatchilik va hokimiyatni legitimligi (qonuniyligi) prinsipi – bu davlat hokimiyati tuzilmalari konstitusiya asosida tashkil qilishda va konstitusiya hamda qonunlarda belgilangan vakolatlarni, qonunlarda belgilangan shakl va usullarda amalga oshirilishida ifodalanadi. Hokimiyatning yagona manbai xalq ekanligi saylov tizimi orqali xalqni hokimiyatni tuzishda faol va bevosita ishtiroki ta’minlanishini ko’rsatadi. Davlat hokimiyatini xalq manfaatlarini ko’zlab Konstitusiya va uning asosida qabul qilingan qonunlar vakolat bergan idoralar tomonidangina amalgaoshirilishi davlat hokimiyatining lеgitimligini bildiradi va u saylov tizimini belgilashga ta’sir qiladi. Saylov tizimining tartibotlari va vazifalarning qonuniyligi va huquqiy jihatdan ta’minlanganligi. Saylov o’tkazish tartiblari Konstitusiya va saylov to’g’isidagi maxsus qonunlarda va boshqa qonunlarda, shuningdek, Markaziy saylov komissiyasi tomonidan qabul qilinadigan hujjatlar bilan belgilab qo’yilgan. Qonunlarda saylov kampaniyasi boshlanganligini e’lon qilishdan tortib, saylov yakunlari e’lon qilinguncha bo’lgan davrda amalga oshiriladigan tadbirlarning aniq muddatlari, tartibi aniq belgilab qo’yilgan. Saylovning (saylov tizimining) vazifasi fuqarolarni davlat jamiyat ishlariga jalb qilish hamda demokratik hokimiyat tuzilmalarini tashkil etish vazifasi qonunlarda u yoki bu ko’rinishda belgilangan.Saylov tizimining demokratligi, fuqarolarning, siyosiy partiyalarning teng huquqliligi. Bu saylovlar umumiy ekanligida, qonunda belgilangan hollardan tashqari hеch kim saylov huquqidan mahrum qilinmaslikda, saylovlar umume’tirof etilgan prinsiplarda o’tkazilishida namoyon bo’ladi. Saylov tizimining demokratligi yana saylovlarda fuqarolar o’z xohish-irodasini erkin, ixtiyoriy bildirishida aks etadi.Saylov tizimining muhim shartlaridan biri unda barcha fuqarolarning, siyosiy partiyalarning teng huquqligidir. Bular qonun bilan ta’minlangan. Bu prinsip faqat fuqarolar va siyosiy partiyalar teng huquqligi bilangina xarakterlanmay, umuman saylovlardagi barcha saylov ishtirokchilarini teng huquqligi bilan xarakterlanadi. Saylov tizimining barqarorlik, taraqqiyot, qonuniylik, huquq-tartibot, inson huquqlarini himoya qilishga yo’naltirilganligi. Saylov huquqi orqali davlat hokimiyati tuzilmalari tashkil qilinadi. Ularning natijasi, qabul qilgan qarorlari mamlakat taraqqiyotiga ta’sir qiladi. Saylovlarning adolatli o’tishi fuqarolar, jamiyatning turli a’zolari o’rtasida totuvlik bo’lishini, bu esa barqarorlik bo’lishini ta’minlaydi. Saylov tizimi natijasida vujudga kelgan hokimiyat organlari legitim bo’lib, mamlakatda qonuniylikni ta’minlash, huquqiytartibotni o’rnatilishida muhim rol o’ynaydi. Saylov tizimi fuqarolar tengligini ta’minlash bilan birga, uning natijasida vujudga kelgan hokimiyat tuzilmalari fuqarolarning birinchi navbatda saylov huquqlarini, qolaversa, boshqa barcha huquqlarini himoya qilinishini ta’minlaydi.6. Saylov tizimini xalqchilligi, uni barcha uchun tushunarli bo’lishi.Saylov-huquqiy normalari oddiy fuqarolar tushunadigan tilda vujudga keladi.Bu sohadagi munosabatlarda barcha bir xil ishtirok etadi. Huquqiy normalar orasida saylov huquqlari eng ko’p tashviqot ob’ekti bo’ladi. Uning mazmun-mohiyati har bir fuqaroga еtkazilishi uchun katta ishlar olib boriladi. Uning normalarida hamma bir xil naf ko’rishi choralari belgilangan. Saylov tizimi konstitusiyaviy, huquqiy va sud nazoratida bo’lishi, u qonuniy boshqarilishi prinsipi, avvalo, saylov tizimini himoyalashni, uning buzilishlari oldini olishning, ma’lum sabablar bilan unga zarar еtkaziladigan bo’lsa, unga qarshi еtarli choralar ko’rish mexanizmi mavjudligini bildiradi. Eng muhim yuridik faktlar,munosabatlar singari saylov tizimi ham Konstitusiya bilan, turli maxsus va boshqa qonunlar bilan, shuningdek, maxsus normativ hujjatlar bilan belgilanib nazoratqilinadi. Saylov tizimi sud tomonidan alohida himoya qilinadi. Konstitusiyaviy sud saylov qonunlarini, boshqa qonuniy hujjatlarni Konstitusiyaga mosligini nazorat qiladi, zarur deb topsa qonun va boshqa qonuniy hujjatlarni bekor qilishi mumkin. Odil sudlov organlari fuqarolarning, nomzodlarning, siyosiy partiyalarning shikoyatlarini ko’rib chiqib adolatni tiklaydi. Saylov tizimi doirasidagi barcha tadbirlar qonun asosida boshqariladi. Saylovlarning erkin o’tishi. Saylovlarning erkin o’tishi O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyada va saylov to’g’risidagi qonunlarda belgilangan. Erkin saylov deb saylovchilarga biror bir tarzda bosim o’tkazilmaydigan sharoitlarda o’tkazilgan saylovlarni hisoblash mumkin. Saylovlarga biror-bir bir tazyiq o’tkazish, qo’rqitish yo’l qo’yilmaydigan saylovlarni erkin saylov deyiladi. Erkin saylov – saylovning prinsipi – teng saylovni to’la ro’yobga chiqaruvchi sharthamdir. Erkin saylov natijasidagina saylovchilar o’z xohish-irodasini iхtiyoriy amalga oshira oladi. Uning natijasida barcha saylovchilarga teng imkoniyat yaratiladi. Erkin saylov saylovchining saylovda qatnashganligi yoki qatnashmaganligi uchun biron bir tarzda manfaatiga zarar еtishiga yo’l qo’ymaydi. Erkin saylov natijasida fuqaro saylovlarda boshqa qonuniy erkinliklardan ham (so’z erkinligi, fikr erkinligi, axborot olish, tarqatish erkinligidan) foydalanadi. Saylovlarda erkinlik faqat ovoz berishda emas saylovning barcha tadbirlarida (tashviqot ishlari olib borishda, o’z nomzodini ko’rsatishga rozilik berishda, kuzatuvchilar, vakillar, saylov komissiyalari tarkibida ishtirok etishga roziligida) amal qilgandagina haqiqiy erkinlik hisoblanadi.
O’zbekistonda saylov tadbirlarida, ovoz berishda ishtirok etmaslik uchun ta’qib qilinmaydi, aksincha fuqarolarning saylov erkinligi boshqa erkinliklari kabi sud tomonidan himoya qilinadi. Saylov erkinligining buzilishlari uchun tegishli jazolar belgilangan.
Saylovlarning xalqaro standarlaridan yana biri – saylovlarni adolatlilik xarakteriga ega bo’lishidir. Saylovlarda adolatning namoyon bo’lishi, avvalo O’zbekiston saylov huquqinig demokratiyaviyligidan kelib chiqadi. Adolatlilikni saylovlarning umumiy, teng, yashirin ovoz berish orqali o’tishi ta’minlasa, o’z navbatida, adolatlilik shu prinsiplarning to’la namoyon bo’lishiga, ro’yobga chiqishiga, foydali bo’lishiga ijobiy ta’sir qiluvchi holatdir. Aktiv saylov huquqi voyaga еtgan fuqarolarning (qonundagi istesnodan tashqari) ortiqcha cheklashlarsiz saylov huquqiga ega bo’lishi adolat natijasidir. Saylovchilarni, shuningdek, saylov ishtirokchilarini barcha masalalarda tengligi, hеch kim imtiyozga ega emasligi, saylov huquqlarining samarali himoya qilish mexanizmini mavjudligi adolatlilikning amaliy ifodasidir. Saylov tadbirlari turli kuzatuvchilar ishtirokida oshkora o’tishi ham adolatni ro’yobga chiqaruvchi omillardandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |