2. Saylov huquqi prinsiplari. Prinsip atamasi o’zbek tilida ko’pincha tamoyil deb yuritiladi. Bularningma’nosi deyarli bir xil. Lekin shunday atamalar borki, ular barcha tillarda aslicha qo’llaniladi. Bu atama O’zbekiston Konstitusiyasida ham qo’llanilgan, masalan, 14-moddada. Prinsip ijtimoiy kategoriya bo’lib, eng muhim g’oyalarni qoida sifatida namoyon bo’lishidir. Davlat va huquqning turli sohalarida prinsip tushunchasi qo’llaniladi. Masalan, qonuniylik prinsipi, tashqi siyosat prinsipi. Saylov huquqida ham prinsip atamasi qo’llanilib, u eng avvalo saylovlarning adolatliligini, qonuniyligini ko’rsatuvchi asosiy mezon sifatida namoyon bo’ladi.Saylovlar eng qadimiy hodisalardan ekanligini aytib o’tgan edik. Ular kishilik jamiyatining hamma bosqichlarida qo’llanilib kelingan bo’lib, jamiyat rivojiga mos ravishda takomillashib bordi. Uning takomillashuvida ma’lum qoidalarni vujudga kelishi, ularni bajarilishi, qo’llanilishi shart etib belgilanishi muhim rol o’ynaydi. Saylov huquqining asosiy prinsiplari muhim ahamiyatga ega “Inson huquqlari umumjahon deklarasiyasi”da xalqaro miqyosda o’z ifodasini topdi. Uning 21 - moddasida: “har bir inson bevosita yoki erkin saylangan vakillari orqali o’z mamlakatini boshqarishda qatnashish huquqiga ega. Xalq irodasi davriy va soxtalashtirilmagan, yalpi va teng saylov huquqidan yashirin ovoz berish yo’li bilan, ovoz berish erkinligini ta’minlaydigan boshqa teng qiymatli shakllar vositasida o’tkaziladigan saylovlarda o’z aksini topishi zarur” – deb belgilab qo’yildi O’zbekiston Respublikasining Konstitusiyasida va saylov qonunlarida umumiy, teng, to’g’ridan-to’g’ri saylov huquqi prinsiplari, saylovlarning yashirin o’tishi, oshkora o’tishi, xohish-irodani erkin bildirish saylov huquqining asosiy prinsiplari sifatida belgilab qo’yildi. Bu prinsiplar asosiy prinsiplar bo’lishi bilan birga umum e’tirof etilgan prinsiplardir. Ayrim adabiyotlarda saylov huquqining muhim, umum e’tirof etilgan prinsiplari deb faqat umumiy, teng, to’g’ri va yashirin ovoz berish ko’rsatilgan. Ayrimlarida esa saylovda ishtirok etish erkinligi, oshkoralik ham saylov huquqining asosiy prinsiplaridan deb baholangan. O’zbekiston Konstitusiyasining 117-moddasida: “saylovlar umumiy, teng, to’g’ridan-to’g’ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo’li bilan o’tkaziladi” degan qoida kiritilib, umumiy, teng, to’g’ri, yashirin ovoz berish konstitusiyaviy prinsip darajasida mustahkamlangan. Fuqarolarning o’z xohish-irodasini bildirishda tengligi va erkinligi ham Konstitusiyaning shu moddasida mustahkamlab qo’yildi. Saylov to’g’risidagi qonunlarda ham bular saylov huquqining asosiy prinsiplari sifatida qayd qilingan. Teng saylov prinsipi.Bu huquq Konstitusiyamizda va Prezident saylovi to’g’risidagi, vakillik organlariga saylovi to’g’risidagi qonunlarda mustahkamlab qo’yilgan.Konstitusiyaning 117-moddasi saylovchilarning o’z xohish-irodasini bildirish tengligi kafolatlanishi, saylovlar teng saylov huquqi asosida o’tkazilishi belgilangan. “O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to’g’risida”gi qonunning 1-moddasida saylov teng saylov huquqi asosida o’tishi, 3-moddasida har bir fuqaro bittadan ovozga ega ekanligi belgilangan bo’lsa, “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to’g’risida” va “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to’g’risida”gi qonunlarning tegishlicha 3-moddasi “Teng saylov huquqi” – deb nomlanib, unda:“Har bir fuqaro — saylovchi bir ovozga ega.
O’zbekiston mustaqil taraqqiyotining dastlabki kunlaridan to hozirgacha saylovladrni teng asosida o’tkazilishini ta’minlash borasida izchil ishlarni amalga oshirib kelmoqda.
Masalan: Dastlabki davrlarda nomzod ko’rsatish huquqi davlat hokimiyati vakillik organlariga va partiyalarga berilagan edi (fuqarolarga ham). Bu saylovlarda notenglikni keltirib chiqarar edi. Siyosiy partiyalar nomzod ko’rsatish huquqiga ega bo’lish uchun saylovchilarning imzosini to’plashi, vakillik organlariga esa hеch qanday imzo to’plamay nomzod ko’rsatishi mumkin edi. Saylov kampaniyasi davrida ham siyosiy partiyalar bilan vakillik hokimiyati organlarining imkoniyati har xil edi. Shuning uchun ham saylovda hokimiyat organlari tomonidan nomzodi ko’rsatilib saylangan deputatlar ko’pchilikni tashkil etar edi. Amaldagi qonunchilikda vakillik hokimiyati organlari tomonidan nomzod ko’rsatish tartibi bekor qilingan va faqat siyosiy partiyalarda nomzod ko’rsatish huquqi qoldirilgan.
Mamlakatimizda hozirgi fuqarolik jamiyatini shakllantirish davrida saylovlarda tenglikni ta’minlashga yanada ehtiyoj ortdi. “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Konsepsiyasi”da saylovlarda raqobat kuchayayotganligi, saylovoldi tashviqotlarining shakl va usullarini kengayib borayotgani ko’rsatiladi. “Shuning uchun saylov qonunchiligida saylov kampaniyasining ushbu muhim bosqichini amalga oshirish jarayonida, deputatlikka nomzodlar va siyosiy partiyalarga teng sharoitlar yaratish mexanizmlarining samaradorligini oshirishga qaratilgan normalarni nazarda tutish lozim” – deb qayd qilindi.
Konsepsiya asosida saylov qonunlariga 2013-yil 19-dekabrda muhim qo’shimcha va o’zgartirishlar kiritildi va ular saylovoldi tashviqotlarining tushunchasini, olib borish shartlarini, ruxsat etilgan shakl usullarini qonun normalari asosida belgilab qo’ydi. Natijada saylovdagi tenglik yanada kuchaydi.
Saylovlarda saylov ishtirokchilariga teng imkoniyat yaratishda ommaviy axborot vositalarining o’rni alohidadir.
Qonunga asosan O’zbekiston Respublikasining ommaviy ahborot vositalari saylovga tayorgarlikning borishi va saylov qanday o’tayotganligini yoritib boradilar. Shu bilan birga, Markaziy saylov komissiyasi bilan kelishgan holda o’zlarida nomzodlarni, siyosiy partiyalarni chiqishlari uchun efir vaqti ajratilishiga ko’maklashadi. Bunday ishlar teng asosida bo’lishi uchun Markaziy saylov komissiyasi ishtirokchilarni ommaviy axborotdan foydalanishining teng efir vaqtlarini belgilab beradi.
Mustaqillikka erishganimizdan to hozirgi kungacha o’tkazilib kelinayotgan siyosiy va davlat qurilishidagi islohotlar davlat hokimiyati vakillik organlarini va jumladan fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlarini tashkil qilishni demokratlashtirishni maqsad qilib qo’yadi. O’tkazilayotgan demokratik islohotlarni, saylov tizimini islohotisiz tasavvur qilib bo’lmaydi va usiz tegishli natijaga ham erishib bo’lmaydi. Saylov tizimining islohoti hamma vaqt demokratik islohotlarning tarkibiy, ajralmas qismi bo’lib qolaveradi. Buning isbotini O’zbekistonning Birinchi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan “Mamlakatimizda
rivojlantirish” – deb nomlangan maxsus bo’limning mavjudligidan ham ko’rsa bo’ladi.
Saylov huquqi rivojlanar ekan, saylov huquqi va qonunchiligini ilmiy tadqiq etish, saylovlarni tashkil etish va o’tkazishning muhim masalalari va muammolarini еcha olish qobiliyatiga ega mutaxassis kadrlarni tayyorlash davr talabi bo’lib qolaveradi.
Saylov huquqi, saylov tizimi takomillashib borgani sari, saylash va saylanish huquqi, umumxalq ovozida (referendumda) ishtirok etish huquqi ommaviy huquqning eng muhim va markaziy masalalaridan bo’lib boraveradi.
O’zbekistonda o’tkazilayotgan saylovlar borgan sari sifat jihatidan yuqori saviyada o’tkazilmoqda. Saylovlar endi faqat umumiy, to’g’ri, teng asosda emas, balki yanada erkin o’tishi uchun chora tadbirlar ko’rish asosiy vazifa bo’lib qolmoqda.
Har qanday fan, o’quv kursi bir biridan o’zining predmeti bilan farq qiladi. “Saylov huquqi” o’quv kursining predmeti shu kurs o’rganayotgan narsalar, hodisalar hisoblanadi. “Saylov huquqi” o’quv kursi saylov-huquqiy munosabatlarni va ularni tartibga soluvchi huquqiy normalarni o’rganadi. Bunda qanday ijtimoiy munosabatlar saylov-huquqiy munosabatlar bo’lishi, ular qanday vujudga keladi yoki bekor bo’ladi, qaysi huquqiy normalar ijtimoiy munosabatlarning rivojlanishiga to’sqinlik qiladi, ya’ni eskirib qolgan degan masalalar o’rganilib, tahlil qilinib, muammolar aniqlanib, ularni hal etish yo’llari haqida fikr, mulohazalar bildiriladi.
Saylov murakkab jarayon bo’lib, u uch elementdan tashkil topgan, ya’ni – saylov huquqi, saylov jarayoni, saylov tizimi. Mazkur o’quv kursi shu masalalarni o’rganadi va ular haqidagi bilimlarni fuqarolarga, mutaxassislarga еtkazadi. O’quv kursini vazifasi ham shundan kelib chiqadi.
Hozirgi kunda saylov huquqi faqat davlat hokimiyati vakillik organlarini shakllantirishdagina qullanilmay, fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarishni tashkil etishda ham asosiy vosita bo’lib turibdi va bu bilan saylov tizimining demokratik xususiyatini yanada ko’proq aks ettirmoqda.
Saylov huquqi fuqarolarning va ularning jamoat birlashmalari (siyosiy partiyalar) siyosiy faoliyati bilan bog’liq yuridik xodisa kategoriyasidir. Shuning uchun uning mazmuni jamiyat va davlat, fuqaro va hokimiyat o’rtasidagi munosabatlarning o’zgarishiga (demokratlashuviga) qarab o’zgarib boradi.
Saylov natijasida hokimiyat tarkibida muntazam o’zgarishlar bo’lishi, yangilanib turishi, fuqarolarning siyosiy tizimga bo’lgan ta’sirini ta’minlaydi.
Mamlakatimizda saylov qonunchiligini demokratlashtirish bo’yicha ilgari surilgan, ilmiy asoslangan g’oyalar natijasida saylov qonunchiligi takomillashdi va ko’plab muammolar o’z еchimini topdi.
Bu bilan hamma muammolar hal bo’ldi degani emas, hayot va u bilan yuog’liq ijtimoiy munosabatlarning rivojlanib borishi saylovlarni o’tkazish va unda ishtirok etishning yangi shakl va texnologiyalarini ishlab chiqish zaruriyatini vujudga keltiraveradi va buni hal qilish uchun mutaxassislarning fuqarolarning bilimini oshirishda “Saylov huquqi”ga tayaniladi. Ana shu narsa saylov huquqini vazifasini belgilab beradi.
Saylovlarning teng asosda o’tishi, saylov okruglarida (vakillik organlariga) saylovchilar sonini bir xil bo’lishida, saylov uchastkalarini teng normada tuzilishida ham o’z aksini topadi.
Ayrim manbalarda teng saylov huquqi fuqarolarning bir ovozga egaligi va saylov okruglarini bir xil saylovlardan iborat normada tashkil etish bilan ta’minlanadi deb ta’kidlanadi1. Buni e’tirof etish bilan birga teng saylovni ta’minlashda saylov ishtirokchilariga bir xil, teng imkoniyat yaratilishini e’tibordan chetda qoldirmaslik kerak.
O’zbekistonda saylovlarni to’g’ridan-to’g’ri (bevosita) o’tkazilishi Konstitusiyaning 117-moddasida belgilangan. “O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to’g’risida”gi Qonunning 1-moddasida ham saylovlar to’g’ridan-to’g’ri o’tkazilishi ko’rsatilgan.
“O’zbekiston Respublikasining Oliy Majlisiga saylov to’g’risida”gi Qonunning 2-moddasi va “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to’g’risida”gi Qonunning 2-moddasi “to’g’ridan-to’g’ri saylov huquqi” – deb nomlanib, ularda Qonunchilik palatasining bir yuz o’ttiz besh deputati, Kengashlarning barcha pog’onasi deputatlari fuqarolar tomonidan bevosita saylanishi mustahkamlangan.
To’g’ridan-to’g’ri saylov ovoz berishda fuqarolarning bevosita, shaxsan ishtirok etishidir. To’g’ridan-to’g’ri saylov orqali fuqarolar o’zlari bilgan, ishongan nomzodiga, siyosiy partiyalarga ishonchini bildiradi va ularga shu mansab yoki darajani loyiq deb hisoblaydi.
To’g’ridan-to’g’ri saylovlar orqali eng qo’yi vakillik organlari deputatlari ham, oliy vakillik organlarining deputatlari ham, davlat boshlig’i – Prezident ham bevosita fuqaro – saylovchilar tomonidan saylanadi. To’g’ri saylov mavjud bo’lganda saylovchi bilan deputat, prezident o’rtasida bevosita hеch qanday oraliq bog’lovchilarsiz, vositachilarsiz aloqa vujudga keladi. Saylanganlar fuqarolar, saylovchilar oldida javobgar, mas’ul bo’ladi.
To’g’ri saylov natijasida fuqarolar barcha bo’g’indagi deputatlarni, Prezidentni o’zlari istiqomat qilib turgan yashash joyidan saylaydi.
Lekin hozirga qadar ayrim mamlakatlarda to’g’ri saylovlarning aksi pog’onali saylovlar ham qo’llaniladi, bu degani shunday saylovlar demokratiyaga zid degani emas. Saylovlarni qaysi turini tanlashni, saylaydigan organlarning darajasiga, mavqеiga qarab har bir mamlakatni o’zi hal qiladi.
Masalan, eng demokratik mamlakat hisoblangan Amerika Qo’shma Shtatlarida to’g’ri saylov bilan birga pog’onali saylovlardan ham foydalaniladi. AQSh Prezidenti har to’rt yilda saylovchilar tomonidan saylanadigan 438 kishi (saylovchi) tomonidan saylanadi. Ya’ni, Prezident saylash uchun saylovchilar 438 vakilni saylaydi.
O’zbekistonda parlament – Oliy Majlis ikki palatali tuzilishida tashkil qilingandan so’ng, quyi palata – Qonunchilik palatasining 135 ta deputati to’g’ridan-to’g’ri saylov orqali, 15 tasi pog’onali saylov orqali va Senatning ko’pchilik qismi pog’onali saylov orqali saylanish tartibi belgilanadi. Bu bilan saylov tajribamizga pog’onali saylov prinsipi kirib keldi. Bu aslo demokratiyaga zid emas, aksincha uni to’ldiradi, yuqorida tilga olingan organlarning a’zolarini tanlashni samarali vositasi hisoblanadi.
Amaldagi saylov qonunchiligiga asosan Qonunchilik palatasining o’n bеsh deputati O’zbеkiston ekologik harakatidan (bundan buyon matnda, Ekoharakat) saylanadi. Bu 15 deputat Ekoharakatni hududiy tuzilmalarining vakillari ishtirok etadigan Respublika anjumanlarida saylanadi. Ya’ni Ekoharakatning hududiy tuzilmalari Qonunchilik palatasiga deputat saylash uchun vakillarini saylaydi.Ular o’z navbatida 15 ta deputatni saylaydi.
Senatning 16ta a’zоsi О’zbekistоn Respublikasi Prezidenti tоmоnidan tayinlanadi.
O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 77-moddasiga asosan “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning Senati a’zolari Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarning qo’shma majlislarida mazkur deputatlar orasidan yashirin ovoz berish yo’li bilan Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan teng miqdorda – olti kishidan saylanadi” – deb belgilangan. Konstitusiyaning shu moddasiga binoan, saylov kuni yigirma besh yoshga to’lgan hamda kamida besh yil O’zbekiston Respublikasi hududida muqim yashayotgan O’zbekiston fuqarosi Senat a’zosi bo’lib saylanishi mumkin.
Konstitusiyasining 117-moddasiga asosan, Senat a’zolari Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar davlat hokimiyati va vakillik organlarining qo’shma majlislarida mazkur deputatlar saylangandan so’ng bir oy ichida ular orasidan yashirin ovoz berish yo’li bilan saylanadi.
“O’zbekiston Respublikasining Oliy Majlisiga saylov to’g’risida”gi Qonunning II-qismi “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatini shaklantirish” deb atalib, uning normalari yuqoridagi Konstitusiya normalarini rivojlantiradi va Senat saylovini boshqa jihatlarini tartibga soladi. Shu qonunning 55-moddasi Senat a’zolarini saylash tartibi to’g’risidagi nizom ishlab chiqish vakolatini Markaziy saylov komissiyasiga yuklagan. Shundan kelib chiqib, Markaziy saylov komissiyasi 2004-yil 18-sеntyabrdagi 198-sonli qarori bilan “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolarini saylash tartibi to’g’risida Nizom”ni tasdiqlagan. Keyinchalik Markaziy saylov komissiyasining qarorlari bilan unga bir necha o’zgartirishlar ham kiritilgan. Хususan, ushbu Nizomga Markaziy saylov komissiyasining 2005-yil 4-yanvardagi 240-sonli va 2006-yil 14-aprеldagi 270-sonli qarorlari bilan bir qator o’zgartishlar kiritilgan.
Konstitusiya va boshqa qonun hujjatlariga asosan Senat hududiy vakillik palatasi. Uning a’zolari fuqarolar saylagan deputatlar tomonidan saylanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |